N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/55
Sana15.09.2023
Hajmi7,04 Mb.
#1679064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Adizova

Safasargulday tikka qulog‘i. 
Olxo‘riday quralay ko‘zi, 
Bosvoldiday cho‘zinchoq yuzi. 
Baqbaqasi marjon osganday
Tumshug‘iga chakich bosganday
Mitemirning “Tut” she’rida ham o‘ziga xos o‘xshatishlar qo‘llangan. 
G‘arq pishibti tut, 
Rangi go‘yo sut. 
Ta’mi ham naq bol
Ko‘rmaysan zavol. 



Terib-terib ye, 
Cholga quluq de 
Shu-da bog‘bon chol, 
Mehnati halol. 
Bag‘ishlar shifo 
Davodan davo 
Gapning sirasi... 
Tonglar yorug‘i 
Tuproq shirasi, 
Quyosh yallig‘i ‒ 
Shu nuqra tutda, 
Bol bilan sutda 
To‘yib-to‘yib ye 
Cholga rahmat de. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘xshatishlar ma’nosini izohlashda Nizomiddin 
Mahmudov hamda Durdona Xudoyberganovalarning “O‘zbek tili 
o‘xshatishlarining izohli lug‘ati” dan foydalanish mumkin. 
Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar 
ustida ishlash o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga, ularda 
jonlantirish, o‘xshatish, mubo-lag‘a kabi adabiy tushunchalar 
yuzasidan dastlabki tasavvur hosil qilishga yordam beradi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘z nutqida o‘xshatishlardan 
foydalanishga o‘rgatish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish 
mumkin. 
1. Nuqtalar o‘rniga o‘xsatish mazmuniga mos so‘zni qo‘yib o‘qing. 
… day tiniq ko‘l, …day beozor odam, …day qattiq non. 
2. Ikki ustunchadagi so‘zlardan foydalanib o‘xshtishlar hosil qiling. 
qo‘y 
kaft 
shisha 
yoqut 
asal 
zahar 
odam 
tosh 
suv 

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling