N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
Download 7.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
“Ayamajiz”
(Qudrat Hikmat) she’rida “Bo‘ralar qor kapalak”, “Bog‘lar sokin mizg‘ishar, Misoli oq kapalak”, “Muz oynalar sovuq yeb” misralarida o‘xshatish, jonlantirish; “Saxiy ona tabiat”, “quchog‘ida havo sof” misralarida 8 metafora; “Ayamajiz izg‘iydi, Ko‘chalarda tutoqib, Shox-shabbani tortqilar, Yalmog‘izdek yutoqib” kabi misralarda jonlantirish va o‘xshatishlar qo‘llangan. Bular ustida ishlaganda quyidagicha savol- topshiriqlardan foydalanish mumkin: 1. Shoir qorni nimaga o‘xshatadi? (oq kapalakka). 2. Ayamajizni nimaga o‘xshatadi? (Yalmog‘izga). 3. “Muz oynalar sovuq yeb” misrasini qanday tushunasiz? Oyna sovuq qotadimi? 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi matnlarda ham o‘xshatish ko‘p uchraydi. Ayniqsa “Bahor ta’rifida” matnida juda go‘zal o‘xshatishlar qo‘llangan. Jumladan quyidagi gaplarga e’tibor beraylik: Mag‘rur turnalar ko‘kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilgan tuya karvoni-dek uchmoqda. Kaklik xushovoz bilan sayrab, qah-qah urib kulmoqda, uning tumshug‘i qon kabi qizil, qoshi esa qop-qora. Qora qarg‘a tumshug‘ini ko‘pirtirib qag‘illaydi, uning ovozi tantiq qizning ovozi kabi yoqimsiz. Bu o‘xshatishlar ustida ishlashda quyidagi savollardan foydalanish mumkin: 1. Uchayotgan turnalar nimaga o‘xshatilyapti? Nima uchun? 2. Kaklikning tumshug‘i nima uchun qonga o‘xshatilyapti? Uning qoshini nimaga o‘xshatish mumkin? 3. Tantiq deganda nimani tushunasiz? Nima uchun qarg‘aning ovozi tantiq qizning ovoziga o‘xshatilyapti? Darslikagi G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Ola buzoq” she’rida ham buzoqni tasvirlash uchun chroyli o‘xshatishlardan foydalanilgan. Quyida mazkur she’rdagi o‘xshatish qo‘llangan misralarni keltiramiz: Tili xuddi lola yaprog‘i, Download 7.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling