N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 bob  YIRIK PANELLI BINOLARNI BARPO ETISH


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

12 bob 
YIRIK PANELLI BINOLARNI BARPO ETISH 
12.1. Ishlarning asosiy sikllari va montaj ishlarini geodezik ta’minlash 
Yirik panelli binolarni barpo etishda qurilish jarayonlarini uch xil sikllarga 
tegishli bo‘lgan texnologiyasi qo‘llaniladi:
nolinchi sikl texnologiyasi, ya’ni kotlovan, transheya qazish, poydevor 
bloklari va yerto‘la devorlarini montaji, yerto‘la orayopmalarini montaji, yer osti 
kommunikatsiyalarini yotqizish va binoga ulash;
• binoni yer usti qismini barpo etish texnologiyasi – devor va 
pardadevorlarni barpo etish, deraza va eshik o‘rinlarini to‘ldirish, zinapoyalar, 
orayopma plitalar, tom panellari montaji, tomqoplamalarini qurish, ichki sanitar-
texnika va elektromontaj kommunikatsiyalarini joyiga qurish, lift uskunalarini 
montaji, duradgorlik mahsulotlarini (deraza va eshiklarni) montaji, suvoqchilik 
ishlari, pol asosini
tayyorlash;
• bino ichidagi va fasadlardagi pardozlash ishlari texnologiyasi – qoplash 
va bo‘yoqchilik ishlari, pollarni va ichkariga qurilgan uskunalarni barpo etish 
ishlari, sanitar-texnika va elektromontaj armaturasi va konstruksiyalarini o‘rnatish 
va tarmoqlarga ulash. 
Montaj ishlarini geodezik ta’minlash. Ko‘p qavatli yirik paneli 
binolarning montaj qilish konstruksiyalarni yuqori aniqlikda o‘rnatish talab 
qilinishi bilan ajralib turadi. Ruxsat etilgan joiz o‘lcham-qo‘yimlarga rioya 
qilmaslik va xatoliklarni yig‘ilishi montaj ishlarini qiyinlashiga, eng muhimi ayrim 
elementlarning xattoki butun binoning mustahkamligini va turg‘unligini 
kamayishiga olib kelishi mumkin.
Binoning konstruksiyalarini to‘g‘ri va aniq montaj qilishni quyidagi 
kompleks geodezik rejalash ishlarini bajarish orqali ta’minlash mumkin:



• yuqori qavatlarga o‘tkazish imkonini saqlagan holda o‘qlarni binoda 
mahkamlash, ya’ni geodezik rejalash planini tuzish. Buning uchun binoni yerdan 
yuqori qismini barpo etishdan oldin sokolda va yerto‘laning orayopmalarida o‘q 
belgilari qo‘yib chiqiladi; 
• vertikal bo‘yicha asosiy o‘qlarni har bir qavat orayopmasiga
,
ya’ni yangi 
montaj gorizontiga
ko‘chirish. O‘tkaziladigan asosiy o‘qlar soni binoning 
konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq. Yirik panelli binolar uchun qamrov 
chegaralarida ikkita ko‘ndalang o‘qlarni va bitta krandan eng uzoqdagi chetki 
bo‘ylama o‘q ko‘chiriladi; 
• har bir montaj qilinayotgan qavatda oraliq va yordamchi o‘qlarni
rejalash. Bunda o‘qlarni qavatlarga o‘tkazish uchun tayanch nuqtalar binoning 
asosiy o‘qlarida emas, balki parallel siljitilgan bo‘ylama va ko‘ndalang 
chiziqlarlarda (tashqi devorlarni ichki tekisliklari holatini aniqlovchi chiziqlar) 
ammo ichki yuk kutaruvchi
devorlar o‘qida bo‘ladi. Ishlayotganda montajchilarga
asosiy o‘qlar emas, balki yordamchi o‘qlar kerak bo‘ladi. 
• elementlarni montaji sharoiti uchun kerakli bo‘lgan o‘rnatuvchi o‘q 
belgilarini (chiziq) o‘rnini qo‘yib chiqish. Montaj qilingan qavat orayopma 
plitasida hamma ichki va tashqi devor panellarini loyihaviy holati o‘lchov lentasi 
bilan belgilab chiqiladi. Har bir elementni aniq loyihaviy holati (holatni belgilash) 
uch tekislikdagi belgilari bo‘yicha aniqlanadi, har bir panelni bo‘ylama 
yo‘nalishda tashqi devorlar o‘qiga nisbatan o‘rnatuvchi o‘q belgilarini va panelni 
shu o‘qqa nisbatan holatini belgilovchi ko‘ndalang o‘q belgisi; 
• qavatda montaj gorizontini aniqlash. U har bir qavatda nivelir yordamida 
aniqlanadi. Yirik panelli binolarda o‘rnatilgan tashqi va ichki devor panellarini 
tutashuv joyidagi qavatlararo panellarni yuzasi nivelirlanadi. Eng yuqori no‘qtani 
belgisi montaj gorizonti sifatida qabul qilinadi. Montaj gorizontini sathi mayaklar 
yasash bilan tayyorlanadi. 
• qavatlar bo‘yicha ishlarni bajarish (ijro etish) tasvirini tuzish. Montaj 
ishlarining har bir bosqichida geodezik ijro etish tasviri ishlari bajariladi, unda har 



bir montaj qilingan konstruksiyaning rejalash o‘qlariga nisbatan holati hujjatli
qayd qilinadi. 
Bu xatolarni to‘planishini hisobga olishga va keyingi qavatlarni 
montajida konstruksiyalar holatini korrektirovka qilinishga imkoniyat yaratadi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling