N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

 



KIRISH 
Jamiyat taraqqiyotida qurilish asosiy ishlab chiqarish sohalaridan biridir. 
Qurilish ishlab chiqarishining natijasida, tugallangan qurilish mahsuloti − 
funksional mo‘ljalga ega bo‘lgan bino va inshootlar yaratiladi. Bino va inshootlar 
konstruksiyalarining xilma-xilligi keng miqyosda qurilish texnologiyalarining 
yaratilishi va qo‘llanilishini taqoza qiladi.Har bir qurilish texnologiyasining
yetakchi elementi bu − qurilish jarayonidir. 
Qurilish jarayonlarining
nazariy va amaliy asoslari
“Qurilish jarayonlari 
texnologiyasi“ fanida o‘rganiladi.
Qurilish texnologiyalarining 
tarkibi va 
strukturasi
“ 
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fanida ko‘rib chiqiladi. 
Bu fanni o‘rganish qurilish materiallari va buyumlari, bino va inshootlarning 
arxitektura-rejaviy yechimlari, konstruktiv tizimlari, qurilishni tashkil etish va 
boshqarish, qurilish mashinalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi
sohalarida o‘rganilgan ilmlarga asoslanadi.
“Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fanida o‘rganiladigan 
qurilish texnologiyalari o‘z ichiga bino va inshootlarni yig‘ma, monolit, yig‘ma-
monolit va g‘isht konstruksiyalardan barpo etishdagi texnologiyalarini oladi. 
Qurilish ishlab chiqarish texnologiyalarining soni ko‘p, ular doimo yangilanib
taraqqiylashib rivojlanmoqda. Qurilish texnologiyalari mukammallanishining 
asosiy yo‘nalishlari resurstejamkorlik, qurilish texnologiyalarini moslashuvchanlik 
darajasini oshirish, ularning xavfsizligi, sifati, atrof-tabiat va ijtimoiy muhitga 
bo‘ladigan ta’sirlarni kamaytirishdan iboratdir 
Bu darslikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, unda zamonaviy bino va 
inshootlarni barpo etishning keng ko‘lamdagi sharoitlari ko‘rib chiqilgan. 
SHuningdek, zamonaviy qolip turlari va sistemalarining qo‘llanilishiga keng 
e’tibor qaratilgan. 
Ushbu darslikda “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” o‘quv 
kursining 
asosiy 
beshta 
bo‘limi ketma-ket ko‘rib chiqilgan: qurilish 



texnologiyalarining asosiy qoidalari; bino va inshootlarni yer osti qismini barpo 
etishning o‘ziga xos xususiyatlari; bino va inshootlarni yig‘ma konstruksiyalardan 
barpo etish; binolarni monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning
tabiiy-noqulay sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. 
Darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, ushbu ikkinchi qismida bino va 
inshootlarni yig‘ma konstruksiyalardan barpo etish (қолган қисми); binolarni 
monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning tabiiy-noqulay 
sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi yoritilgan; 




Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling