N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Shamol tarzi (rejimi) va chang to‘zon


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

Shamol tarzi (rejimi) va chang to‘zon. Nam iqlimli xududlarda shamol 
konstruksiyalarning qurishini tezlashtiradi.
Qurg‘oqchil xududlarda shamol gruntning ustki qatlamlarini yemirib, grunt 
zarrachalarni ko‘chirib chang-to‘zon ko‘taradi. SHamol ta’siridan ko‘tarilgan 
chang, grunt zarralari, qor qurilish maydonini, konstruksiyalar yuzasini, mashina 
uzellari, detallarini qoplaydi. Grunt, qor ko‘chkilarini oldini olishga, 
konstruksiyalar, transport kommunikatsiyasi yuzalarini tozalashga qo‘shimcha 
sarflar qilishga to‘g‘ri keladi. Kuchli shamollar qurilish mashinalaridan 
foydalanishni, ochiq havoda ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi, konstruksiyalarni 
qo‘shimcha maxkamlashni talab etadi. 
Grunt sharoitlari. Murakkab geologik va gidrogeologik sharoit 
gruntlarning fizik, mexanik tavsiflarini dastavval yaxshilashni, maxsus suvdan 
himoyalash choralarini olib borishni va chuqur joylashgan va yer osti bino va 
inshootlarni barpo etishning alohida usullarini qo‘llashni talab etadi. Bular qurilish 
ishlarini murakkablashtiradi, qurilish narxini va mehnat sarfini, ish davomiyligini 
oshiradi. Asos, poydevorlarni va injener kommunikatsiyalarini qurishda yo‘l 
qo‘yilgan xatoliklar bino va inshotlarning deformatsiyalarning jiddiy oshishiga, 
xatto ularning buzilishiga olib keladi. 


121 
Zilzilaviy (seysmik) faollik. Zilzilaviy faol xududlarda qurilish 
qo‘shimcha maxsus chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi: binoning “kub” 
shaklligini ta’minlash; devor va pardadevorlarda ochiq joylarni kamaytirish
binoning ustuvorligini oshirish maqsadida qo‘shimcha armaturalash va 
bog‘lovchilarni o‘rnatish; konstruksiyalar birikkan(tutashuv) choklari, tugunlarni 
nazoratini jiddiy kuchaytirish; bino va inshootlarni barpo etish jarayonida 
qo‘shimcha vaqtinchalik maxkamlash. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling