N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 SHaxtalar uchun mo‘ljallangan yirik blokli qolip


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

19.5. SHaxtalar uchun mo‘ljallangan yirik blokli qolip 
Standart elementlardan bo‘lgan devor qoliplarining qolip shchitlari va 
burchak elementlari qolipni ajratish elementlari bilan birgalikda “NOYe” 
firmasining tez o‘rnatiladigan ichki blok qolipini hosil qiladi (19.6-rasm).


114 
19.6-rasm. “NOE” firmasining shaxtalar va bikirlik yadrosini barpo etishga 
mo‘ljallangan qolipi: 
a va b –ishchi va ko‘tarish uchun siqilgan holatdagi ichki qolip; v –qolipdan ajratish 
ulamalari; 1 – devorning standart shchitli qolipining shchitlari; 2 – qolipni ko‘chirish prujina 
qurilmasi; 3 – xuddi shunday ko‘tarishdagi siqilgan holati uchun; 4 – qolipdan ajratish ulamasi 
(qo‘yilmasi). 
Shaxta qoliplarini dastlab ko‘tariladigan stolga o‘rnatish va qolipni 
ko‘chirish (ajratish) elementlari bilan biriktirish maqsadga muvofiqdir (19.7-rasm). 
19.7-rasm. “NOE” firmasi shaxta qoliplarining ko‘tarish platformasi: 


115 
a va b – platformaning “nolinchi belgidagi”dagi fasad (old ko‘rinishi) va rejasi (plani); v 
– qolip va betonlangan devorning birinchi yarusi; g – qolipni platformada ko‘tarish; 1 – qolipni 
ko‘chiruvchi ulama; 2− yuk ko‘taruvchi to‘sin; 3 – ishchi pol (to‘shama); 4 – chiqariladigan 
tayanch (chiqarma tayanch); 5 – qolipdan ajratish prujina qurilmasi; 6 – shaxta qolipi; 7 – 
chiqarma tayanch uchun ochiq joy. 
Betonlash balandligi beton quyish tezligi va beton qorishmasini 
zichlanishiga bog‘liq, ko‘p qavatli uy-joy binolarini betonlashda yarus balandligi 
qavat balandligiga teng ravishda qabul qilinadi. Yirik blokli qoliplarni ajratish va 
ko‘tarish jarayonida ajratilish elementlari yangi pozitsiyaga ko‘chirish uchun 
avtomatik ravishda bemalol taxlanadi.
“NOE” qolipi to‘rtta tortib ajratuvchi elementlari bo‘lgan standart shchitli 
konstruktiv yechimga ega, bu esa shaxtaning ichki qolipini kran yordamida butun 
blokni bir marta ko‘tarishda o‘rnidan siljitish va o‘rnatish imkonini beradi. Bunda 
ajratish elementlari o‘zining konstruktiv yechimiga ko‘ra avtomatik tarzda 2,5 sm 
ga siqiladi (qisqaradi) va butun konstruksiyaning yangi yarusga ko‘tarilishini 
ta’minlaydi.


116 
19.8-rasm. “NOE” firmasining sirg‘aluvchi taxta supa (so‘ri) si: 
a – umumiy ko‘rinishi; b – supa (so‘ri) ning konstruktiv yechimi; v – ankerlar va 
vaqtinchalik mahkamlash elementlari; 1 – tayanch konsol; 2 – himoya to‘sig‘i; 3 – kashak 
(tirgak) qolip ajratish ishchi mexanizmi bilan; 4 – devor qolip shchitlari; 5 – rezbali tortib 
mahkamlovchi sterjen. 
Agarda inshoot qurilishida bikirlik yadrosi (o‘zak)ini qurish boshqa 
konstruksiyalar qurilishidan ilgarilab ketsa “NOYe” sistemasining sirg‘aluvchi 
taxta supasini (surisini) qo‘llash maqsadga muvofiq (19.8-rasm). Ikkita ankerga 
osib qo‘yilgan supalar (surilar) katta zo‘riqishga bardosh beradi, eng muhimi osma 
ankerlarning aniq o‘rnatilishini ta’minlashdir. Qachonki, beton yetarlicha 
mustahkamligini olgach va zarur yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lgach, 
supalarni vertikal bo‘ylab qayta o‘rnatish mumkin. 


117 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling