120
Havo namligining ortishi natijasida g‘ovak material va konstruksiyalarning
teplotexnik xususiyatlari o‘zgaradi, ularda shishish va qayishish holatlari yuz
beradi; metallarda zanglash tezlashadi. CHangsimon
materiallarni saqlash
qiyinlashadi. Havoning yuqori namligida sutkadagi haroratning keskin o‘zgarishi
konstruksiya yuzasida va uning ichki qismida kondensat (terlash) hosil bo‘lishiga
olib kelib, ularda namlikning ortishi natijasida, ularni quritish sarflari ortadi. Havo
namligining sovuq xaroratda ortishi kondensatning muzlashga olib kelib, bu
konstruksiyalarda ichki zo‘riqishlar
hosil qiladi, bu esa konstruksiyalarning
buzilishini tezlashtiradi.
Quruq va o‘ta nam havo odamga noxush ta’sir etib –
ortiqcha terlash,
chanqash va charchash kabi holatlar ro‘y berib, bu odamning ish qobiliyatini 7-
40% ga pasaytirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: