119
gruntlarda
(muzlash,
qurib
qolish);
beton
va
qorishmalarda
(bog‘lovchilarning gidratatsiya reaktsiyasi); yog‘och (qurib qolishi, tob tashlashi);
ayrim polimerlarda, bo‘yoqlarda, bitum materiallarda, germetiklar, asbestosement
buyumlarda (darz ketish va uvalanish xolatlarining ortishi) va boshqalar. Havoning
yuqori (past) haroratlari va uning sutkadagi o‘zgarishi
konstruksiyalarda
deformatsiyalar paydo bo‘lishiga, birikish choklarining germetikligining
buzilishiga, qurilish mashinalarining ish unumdorligi
va ishonchli ishlashining
pasayishiga olib keladi. Odamlarning ish qobiliyati 6...30% gacha kamayib, ochiq
havoda bo‘lishi cheklanadi.
Quyosh radiatsiyasi va insolyatsiya. Quruq-issiq iqlimli xududlarda
qurilish konstruksiyalarining yuzasi 80
0
gacha qizishi mumkin, bu ularda
kimyoviy
va struktura o‘zgarishlariga sabab bo‘lib, ularning eskirishini tezlashtiradi. Qurilish
mashinalaridan foydalanishda qiyinchiliklar to‘g‘iladi. Qish kunlari quyosh
gorizontdan past ko‘tarilishi sababli konstruksiyalarning
vertikal va gorizontal
yuzalari bir tekis yoritilmaydi va isimaydi. Quyosh radiatsiyasi va
insolyatsiyasining haddan tashqari ortishi va kamayishi
odamga noxush biologik
ta’sir ko‘rsatib, uning ochiq havoda bo‘lish vaqtini chegaralaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: