N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org (1)
3.2.1. Qurilish maydoni yo‘llari
Qurilish avtoyo‘llari, qurilish maydonini umumiy avtomobil yo‘llarini tarmog‘i bilan bog‘lovchi shoxobcha yo‘llar va qurilish maydoni ichra yuk tashiladigan qurilish maydon ichidagi yo‘llardan iborat. Odatda, shoxobcha yo‘llar doimiy, qurilish maydon ichidagi yo‘llar vaqtinchalik quriladi. Bu yo‘llar asosiy ob’yekt qurilishi boshlangunga qadar quriladi. Qurilish maydonida yo‘llar berk va halqasimon bo‘lishi mumkin. Berk yo‘llarni oxirida aylanish maydonchalari, o‘rta qismida kerakli holatda 30
raz’ezdlar bo‘lishi kerak. Avtomobilni normativ gabaritlaridan kelib chiqqan holda (kengligi 2.5 va balandligi 3.8 m bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak) bir tomonlama harakatda avtomobil yo‘lini kengligi 3.5 m dan, ikki tomonlama harakatda 6 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar yo‘l bir tomonlamali qilib loyihalangan bo‘lsa , yuklarni tushirish joylarda kengaytirilgan joylar bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak va yo‘lning umumiy kengligi 6 m dan kam bo‘lmasligi kerak. (3.2-rasm). Yuk ko‘taruvchanligi 25...30 t va undan ortiq bo‘lgan og‘ir mashinalar qo‘llanilganda, yo‘lning transport yuradigan qismining kengligi 8 m gacha kengaytiriladi. Agar qurilish maydoniga yirik gabaritli va uzun o‘lchovli yuklar yetkaziladigan bo‘lsa yo‘llar kengligi qo‘shimcha oshirilishi mumkin. Yo‘llarni qayrilish radiusi alohida mashina va avtopoyezdlarning manevr qilish imkonlaridan kelib chiqqan holda, ya’ni ularning orqaga yurmay oldinga harakat qilgandagi aylanaolishligidan kelib chiqadi. Odatda minimal qayrilish radiusi 15m qabul qilinadi, usha yerda yo‘lni yurar qismini kengligi oshiriladi – yo‘l kengligi 3.5 m bo‘lganda qayrilishida 5m bo‘ladi. Konstruktiv jihatdan avtomobil yo‘llari yer ko‘tarmasi va yo‘l qoplamasi qismlaridan iborat. Yer usti suvlarini qochirish uchun yo‘llarni to‘g‘ri bo‘laklarida ikki taraflama nishablik, egri chiziqli bo‘laklarida bir tomonlama nishablik hosil qilinadi. Yo‘l qoplamasi bir necha qatlamlardan iborat – to‘shaladigan qo‘mli qatlam, yuk ko‘taruvchi zamin (shebenkali, betonli, temirbetonli) va qoplama. Qurilish maydonida qurilish davrida bo‘ladigan xarajatlarni kamaytirish uchun doimiy yo‘llar yuqori qoplamasiz barpo etiladi. Faqat yo‘lning pastki qatlamlari barpo etilib temir betonli yo‘l plitalaridan vaqtinchalik qoplama hosil qilinadi. Asosiy qoplama bu holatda ob’yekt topshirilishidan oldin qoplanadi. Temirbeton yo‘l plitalari sifatida plandagi ko‘rinishi to‘g‘riburchakli yoki ponasimon plitalar qo‘llaniladi.( 3.3-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling