N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


-rasm. Ko‘p qavatli sanoat binolari yig‘ma konstruksiyalarini taxlash


Download 359.27 Kb.
bet18/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1764339
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org (1)

3.4-rasm. Ko‘p qavatli sanoat binolari yig‘ma konstruksiyalarini taxlash: 
a – ustunlar; b – rigellar; c – yopma plitalari; d – zinapoya marshlari. 

Bir qavatli sanoat binolarining konstruksiyalari o‘zi yurar kranlar bilan


montaj qilganda, montaj zonasida bir qator qilib taxlanadi.

37


IV BOB. TAYYORLOV DAVRI ISHLARI 

Bino va inshootlar qurilishidan oldin uchun qurilish maydonini


tayyorlash bir qator ishlarini bajarish kerak. Fuqaro va sanoat qurilishi uchun
ishlar tarkibi umumiy xarakterga ega, ammo maydonning mahalliy sharoiti,
uning ochiq erkin yoki shaharning tig‘iz territoriyasida joylashganligi va yilning
fasliga bog‘liq. Tayyorlov ishlarining tarkibi ob’yektni – yangi qurilish,
kengaytirish, qayta qurish va boshqalar kabi xususiyatlariga bog‘liq.
Tayyorlov ishlari tarkibiga kiradi:
• muhandislik-geologik tadqiqotlar va geodezik rejalash asoslarini yaratish;
• territoryani tozalash va tekislash;
• yer usti va grunt suvlarini qaytarish;
• maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlash.

4.1. Muhandislik-geologik tadqiqotlar va geodezik rejalash asoslarini 
yaratish 
Qurilish maydonidagi muhandislik-geologik tadqiqotlarga kiradi:
• gruntlarning muhandislik baholanishi va ularning yuk
ko‘taruvchanligi;
• qurilish maydonida grunt suvlari sathini aniqlash;
• geodezik rejalash asosini yaratish;
• bino va inshootlarni quriladigan joyda rejalashtirish

Gruntlarni muhandislik baholanishi oldindan ob’yektni loyihalashga
qadar bajariladi. Unga gruntni qurilishga doir xususiyatlari – granulometrik
tarkibi, zichligi, namligi, yumshatilishi va boshqalarni baholash kiradi. Bu
maqsadda maxsus tashkilotlar qo‘yilgan texnik topshiriqqa asosan chuqurlikdan
yoki yuzadan burg‘ilash yordamida namunalar olishadi. Olingan ma’lumotlar
asosida loyihalanish jarayonida tayyorlanish usullari, ko‘chaytirish, maqsadga
muvofiq mexanizatsiyalashtirish va ishlarni olib borish , ayrim hollarda barpo

38


etilayotgan binoni konstruktiv xususiyatlari haqida ham kerakli qarorlar qabul
qilinadi.

Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling