32
3.3-rasm. Temirbeton plitalardan vaqtinchalik yo‘llar:
a – izli, to‘g‘riburchakli plitalardan bir tomonlama; b – shuning o‘zi ikkitomonlama;
c – transport raz’ezdida yo‘lni kengaytirilishi; d – ponasimon shakldagi plitalardan;
1 – bir izli uchastok; 2 – ikki izli uchastok.
Ushbu turdagi yo‘llarni qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash
xarajatlari harakat intensiv bo‘lgan qurilishlarda o‘zini 1.5...2 yilda qoplaydi.
Yig‘ma va bo‘laklarga ajratiladigan plitalar qurilish tashkilotini shaxsiy mulki
bo‘lib , undan ko‘p marta foydalanish imkonini beradi.
3.2.2. Qurilish yuklarini ortish va tushirish
Qurilish yuklarini ob’yektga ko‘chirishda
junatiladigan yerda ularni
ortish va kelgan yerda ularni tushirish ehtiyoji bo‘ladi. Bu operatsiyalar to‘liq
mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lib, bu ishlarni bajarishda umumqurilish va
maxsus mashinalar va mexanizmlar qo‘llaniladi. Bu mexanizmlar mustaqil
33
ishlashi mumkin yoki transport vositalarini konstruktiv qismining bo‘lagi
bulishi mumkin.
Birinchi guruhga maxsus ortuvchi – tushiruvchi
va odatdagi montaj
kranlari, siklik va uzluksiz ishlovchi yuk ortuvchilar, ko‘chuvchi lentali
konveyrlar, mexanik bellar, pnevmatik yuk to‘shiruvchilar va boshqalar kiradi.
Ikkinchi
guruhga avtomobil-samosvallar, o‘zi yuk tushiruvchi platformali
transport vositalari va avtonom yuk tushiruvchi vositalar va boshqalar kiradi.
Qurilishda kichik o‘lchamdagi donabay material va mahsulotlarni paket
va konteynerda tashish keng qo‘llanilmoqda.
Paket – maxsus poddonga
joylashtirilgan yuk to‘pi. Paketlar shunday shakllantirilgan bo‘lishi kerakkim ,
uni ko‘chirish bosqichlarida shakli o‘zgarmasin.
Konteyner – ko‘p marta qo‘llaniladigan inventar qurilma yoki idish.
Universal konteynerlar yopiq, ortish va tushirishni ta’minlaydigan moslamalar
bilan jihozlangan turli kategoriyali yuklarni tashishga mo‘ljallangan.
Maxsus
konteynerlar konstruksiyasi ma’lum aniq turdagi yuklarni– rulonli materiallar,
pardozlash plitkalari,
linoleum, bino seksiyasi uchun elektromontaj armaturasi
va boshqalarni tashish uchun yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: