Yuk ko’tarib tushiruvchi kranlar


Download 1.62 Mb.
bet1/18
Sana27.03.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1299940
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Yuk ko’taruvchi va tushiruvchi mashinalar


    1. Yuk ko’tarib tushiruvchi kranlar

Qurilishda yuk ko’tarish mashinalari qurilish materiallarini bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishda, qurilish konstruksiyasini montaj qilishda, qurilish materiallari omborlarida ko’tarish–tushirish ishlarida qo’llaniladi.
Ish xarakteriga ko’ra bu mashinalar davriy harakat qiluvchi mashinalar hisoblanadi. Ularning asosiy parametrlaridan biri — yuk ko’tarish qobiliyatidir. Yuk ko’tarish qobiliyati massa birligi (kg, t) da belgilanadi. Yukning og’irlik kuchi uning massasi va erkin tushish tezligiga bog’liq bo’lganligidan, uning birligi
qilib (N, kN) belgilanadi. Bundan tashqari, yuk ko’tarish mashinalari xizmat ko’rsatish maydoni, yukni ko’tarish balandligi va qulochi, ish jarayoni harakati tezligi, massasi, sarflanadigan quvvat va tayanchlariga tushadigan yuklar qiymati bilan xarakterlanadi. Yuk ko’tarish mashinalarining yuk ko’tarish qobiliyati ilgakning qulochiga bog’liqdir.
Ilgakning qulochi deb, kranning burilish qismi o’qidan yuk ko’taruvchi ilgakkacha bo’lgan masofaga aytiladi. Shuning uchun kranlar yuk momenti (yukning og’irlik kuchini yuk yelkasi–ilgakning qulochiga ko’paytmasi) bilan xarakterlanadi.
Ishlash ko’lamiga ko’ra, yuk ko’tarish mashinalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • yordamchi yuk ko’tarish mashinalari;

  • qurilish ko’targichlari;

  • qurilish kranlari;

  • maxsus quvuryotqizuvchi kranlar.

Yordamchi yuk ko’tarish mashinalariga domkratlar, qurilish chig’irlari va osma chig’irlar (tallar va elektrotallar) kiradi. Ularning afzalligi shundaki, ular bir xil mexanizmlardan iborat bo’lib, yuklarni gorizontal va vertikal yo’nalishda transportirovka qiladi. Yukni vertikal transportirovka qilish mexanizmlariga domkratlar, qurilish chig’irlari va tallar kiradi, gorizontal yo’nalishda esa relsli yo’llar bo’yicha tortuvchi chig’irlar misol bo’ladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling