a — vintli domkrat; b — dastak.
1 — korpus; 2 — vint; 3 — yuk kallagi, 4 — tishli g’ildirak; 5 —o’q;
6 — dasta; 7 — ushlagich; 8 —gayka; 9 — to’xtatgich, 10 — prujina.
Treshyotka vintni kvadrat qismiga kiygizilgan tishli g’ildirak 4 va ushlagich 7 dan iborat. Vintni yo’nalishga bog’liq holda ushlagich o’z o’qi 5 ning chetki
holatlaridan biriga buriladi va prujinali 10 to’xtatgich 9 bilan ushlab turiladi. Vint- gayka jufti o’z-o’zini to’xtatib yukni ushlab tura oladi. Shuning uchun vintli domkratlarda to’xtatish qurilmasi yo’q. Vintli domkratlarning yuk ko’tarish qobiliyati 50 tonnagacha, yuk ko’tarish balandligi esa 0,35 m. Ko’tarilayotgan yuk miqdori 20 tonnadan ortganda dastakdagi kuchlanish ortadi.
Vintli domkrat dastagini qo’l bilan aylantirganda dastakdagi kuchlanish quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
P Qrtg( )
R
(6.19)
bu yerda: R —qo’lda aylantirilganda dastakda hosil bo’ladigan zo’riqish kuchi, N; Q —qo’yilgan kuch, N; r — vint radiusi m; R — dastak radiusi, m; η — domkrat foydali ish koeffitsienti; λ — vint chizig’ining ko’tarilish burchagi, grad; ρ — ishqalanish burchagi, grad.
Gidravlik domkrat. Gidravlik domkrat (6.45-rasm) korpus vazifasini bajaruvchi silindr 6, porshen 5, nasos 1, so’rish 3, haydash 4 va tushirish 7 klapanlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |