Yuk ko’tarib tushiruvchi kranlar
Download 1.62 Mb.
|
Yuk ko’taruvchi va tushiruvchi mashinalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
- BOB MONTAJ KRANLARI
6.45-rasm. Gidravlik domkrat
a — dastaki yuritmali; b — sterjenlarni taranglash uchun tortuvchi domkrat. 1 - nasos; 2 — bak; 3 - so’rish klapani; 4 — haydash klapani; 5 - porshen; 6 — silindr; 7— tukish klapani; 8 — dasta; 9— gayka; 10 — shtok; 11 —silindr; 12— porshen; 13 — tutgich; 14— tirak plita. Ishchi suyuqlik sifatida mineral moy yoki muzlamaydigan aralashmadan foydalaniladi. Moy uchun bak 2 korpus bilan birga tayyorlanadi. Dastak 8 orqali nasos plunjeriga ilgarilanma-qaytma harakat beriladi. Plunjer o’ngga harakat qilganda nasos silindri suyuqlikka to’ladi, chapga harakat qilganda esa suyuqlik bosim ostida haydash klapani orqali asosiy silindrdagi porshen ostiga tushadi. Yukni ko’tarishda dastakdagi hosil bo’ladigan zo’riqish kuchi quyidagi ifodadan topiladi: Qd l 2 P 1 2 D2l (6.20)
Dastaki yuritmali gidravlik domkratlar 200 tonna yukni 0,18...0,2 metrga ko’taradi: Mashinali yuritmasi bo’lgan gidravlik domkratlar esa 500 tonnagacha yuk ko’taradi. Nazorat savollari.Yuk avtomobillari to‘g‘risida tushuncha bering. Traktorlar va pnevmog‘ildirakli shataklovchilar to‘g‘risida tushuncha bering. Maxsus transport vositalari to‘g‘risida tushuncha bering. Pnevmatik transportlar to‘g‘risida aytib bering. Yuklash-tushirish mashinalarini tuzilishlarini va ishlash prinsipini tushuntirib bering. Uzluksiz va davriy ishlaydigan yuklagichlarni ishlash prinsiplarini tushuntirib bering. Yuk ko‘tarib tushiruvchi kranlarni turini sanab bering. Domkratlar, chig‘irlar va ularning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tushuncha bering. Minorali kranlar va ishchi organini tuzilishi, texnik ko’rsatkichlari hisobi Minorali kranlar — strelasi vertikal minoraning yuqori qismiga mahkamlangan mashina bo’lib, u konstruksiyalarni siljitish va montaj qilishda foydalaniladi. Minorali kranning ishchi harakati yukni ko’tarib–tushirish, strela qulochini o’zgartirish, yukli strelani burish va kranni rels bo’ylabharakatlantirishdan iborat.Kranlarning xizmat ko’rsatish maydonining kattaligi ulardan qurilish ishlarida keng foydalanish imkonini beradi.Xizmat ko’rsatish maydonining uzunligi relsli yo’l uzunligi va eni strela qulochining ikki barobariga teng qilib olinadi. Minorali kranlarning turlari va asosiy ko’rsatkichlari qurilish ishlari texnologiyasi bo’yicha aniqlanadi. Ularning asosiy ko’rsatkichlari yuk ko’tarishqobiliyati, strelaning minimal va maksimal qulochi, ilmoqni ko’tarish va tushirish balandliklari, ishchi harakatlar tezligi, tashqi o’lchamlari, vazni, quvvat va tayanchlaridagi zo’riqishlar qiymatlaridir. Fuqaro qurilishida yuk ko’tarish qobiliyati 3...10 t., strela qulochi 25 m, ilmoqning ko’tarilishi 50 metrgacha bo’lgan, ko’pqavatli uylarni kurishda mos ravishda yuk ko’tarishqobiliyati 6,3... 12,5 t., qo’lochi 45 m va ilmoqning ko’tarilishi 150 m bo’lgan minorali kranlar qo’llaniladi. Sanoat qurilishida misol uchun elektrostantsiyalar, suv inshootlari qurilishida va shu kabi yirik qurilishlarda yuk ko’tarishqobiliyati 80 tonna va yuk momenti 15000 kNm, strela qulochi 25...45 m va ko’tarish balandligi 50...80 m bo’lgan maxsus montaj kranlari qo’llaniladi. Minorali kranlar quyidagi turlarga bo’linadi: relsli yulda harakatlanuvchi; statsionar; o’zi ko’tariluvchi. Strela qulochining o’zgarishi bo’yicha esa ko’tariluvchi strelali va gorizontal balkali strelalilarga bo’linadi. Minora konstruksiyasi bo’yicha esa minorasi buriladigan va burilmaydigan kranlar ishlab chiqariladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling