N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
3.2.1. Qurilish maydoni yo‘llari 
Qurilish avtoyo‘llari, qurilish maydonini umumiy avtomobil yo‘llarini 
tarmog‘i bilan bog‘lovchi shoxobcha yo‘llar va qurilish maydoni ichra yuk 
tashiladigan qurilish maydon ichidagi yo‘llardan iborat. Odatda, shoxobcha 
yo‘llar doimiy, qurilish maydon ichidagi yo‘llar vaqtinchalik quriladi. Bu yo‘llar 
asosiy ob’yekt qurilishi boshlangunga qadar quriladi. 
Qurilish maydonida yo‘llar berk va halqasimon bo‘lishi mumkin. Berk 
yo‘llarni oxirida aylanish maydonchalari, o‘rta qismida kerakli holatda 


30 
raz’ezdlar bo‘lishi kerak. Avtomobilni normativ gabaritlaridan kelib chiqqan 
holda (kengligi 2.5 va balandligi 3.8 m bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak) bir 
tomonlama harakatda avtomobil yo‘lini kengligi 3.5 m dan, ikki tomonlama 
harakatda 6 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar yo‘l bir tomonlamali qilib 
loyihalangan bo‘lsa , yuklarni tushirish joylarda kengaytirilgan joylar bo‘lishi 
nazarda tutilgan bo‘lishi kerak va yo‘lning umumiy kengligi 6 m dan kam 
bo‘lmasligi kerak. (3.2-rasm). 
Yuk ko‘taruvchanligi 25...30 t va undan ortiq bo‘lgan og‘ir mashinalar 
qo‘llanilganda, yo‘lning transport yuradigan qismining kengligi 8 m gacha 
kengaytiriladi. Agar qurilish maydoniga yirik gabaritli va uzun o‘lchovli yuklar 
yetkaziladigan bo‘lsa yo‘llar kengligi qo‘shimcha oshirilishi mumkin. 
Yo‘llarni qayrilish radiusi alohida mashina va avtopoyezdlarning 
manevr qilish imkonlaridan kelib chiqqan holda, ya’ni ularning orqaga yurmay 
oldinga harakat qilgandagi aylanaolishligidan kelib chiqadi. Odatda minimal 
qayrilish radiusi 15m qabul qilinadi, usha yerda yo‘lni yurar qismini kengligi 
oshiriladi – yo‘l kengligi 3.5 m bo‘lganda qayrilishida 5m bo‘ladi.
Konstruktiv jihatdan avtomobil yo‘llari yer ko‘tarmasi va yo‘l qoplamasi 
qismlaridan iborat. Yer usti suvlarini qochirish uchun yo‘llarni to‘g‘ri 
bo‘laklarida ikki taraflama nishablik, egri chiziqli bo‘laklarida bir tomonlama 
nishablik hosil qilinadi. 
Yo‘l qoplamasi bir necha qatlamlardan iborat – to‘shaladigan qo‘mli 
qatlam, yuk ko‘taruvchi zamin (shebenkali, betonli, temirbetonli) va qoplama. 
Qurilish maydonida qurilish davrida bo‘ladigan xarajatlarni kamaytirish uchun 
doimiy yo‘llar yuqori qoplamasiz barpo etiladi. Faqat yo‘lning pastki qatlamlari 
barpo etilib temir betonli yo‘l plitalaridan vaqtinchalik qoplama hosil qilinadi. 
Asosiy qoplama bu holatda ob’yekt topshirilishidan oldin qoplanadi. 
Temirbeton yo‘l plitalari sifatida plandagi ko‘rinishi to‘g‘riburchakli 
yoki ponasimon plitalar qo‘llaniladi.( 3.3-rasm).


31 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling