N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 Territoriyani tozalash va tekislash


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
4.2. Territoriyani tozalash va tekislash 
Territoriyani tozalash ishlari majmuasiga kiradi: 
• yashil ko‘chatlarni ko‘chirish yoki himoya qilish; 
• maydonni keraksiz daraxtlardan, butalardan tozalash, tunkalarni qazib 
olish; 
• yerni unumdor qatlamini ajratish; 


43 
• kerakmas binolarni buzish yoki ajratish; 
• mavjud muhandislik tarmoqlarini o‘chirish (uzib qo‘yish) yoki 
maydondan ko‘chirish; 
• qurilish maydonini birinchi bor tekislash. 
Qurilish maydoni territoriyasini tayyorlash davrida ishlarni bajarishga 
xalaqit beruvchi aloqa va elektruzatuv liniyalarini, yerosti kommunikatsiyalari 
va boshqa inshootlarni ko‘chirish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bunday ko‘chirish 
oldin kelishilib keyin loyiha hujjatlariga kiritiladi, ko‘chirish jarayoni o‘zi 
ma’sul tashkilotlar bilan kelishilgan holda va ularning nazorati ostida amalga 
oshiriladi. 
Yashil ko‘chatlarni qayta ko‘chirib ekish. Atrof-mo‘hitni himoya 
qiladigan qonun quruvchilardan tabiatni avaylab, o‘simliklarni asrashni talab 
qiladi. Ishlarga halaqit beruvchi bebaho daraxtlar va butalar qazib olinib yangi 
joyga yoki qurilish maydoni territoriyasidagi himoya zonasiga ko‘chiriladi. 
Kesilmaydigan yoki ko‘chirib bo‘lmaydigan yashil ko‘chatlar(daraxtlar) to‘siq 
bilan o‘rab olinadi, daraxtlar tanasi pilomaterial chiqindilari bilan mumkin 
bo‘ladigan shikastlanishdan asranadi. 
Maydonni kerakmas daraxtlardan tozalash mexanik yoki elektr 
arralar, traktorlar yordamida amalga oshiriladi. Sudrab-qazib oluvchi chig‘irli 
traktor yoki ag‘dargichi baland ko‘tarilgan buldozer yordamida daraxtlar 
yiqitiladi va tunkasi qazib olinadi. Diametri 50 sm gacha bo‘lgan tunkalarni 
qazish uchun usha chig‘irli traktorlar, buldozerlar, maxsus qazuvchi-
yig‘uvchilar qo‘llaniladi. Ildiz tizimi ko‘chli rivojlangan tunkalarni qazib olish 
uchun portlatish usulini qo‘llash mumkin. 
Butaqirqqich gusenitsali traktorda osma va almashadigan asbob bo‘lib, 
uning yordamida territoriya butalardan tozalanadi. Butaqirqqich ag‘dargich va 
pichoqdan iborat ramaga ega bo‘lib, ular yordamida butalar va diametri 20 sm 
dan oshmagan kichik daraxtlarni kesadi.. Bu operatsiyalar uchun shuningdek 


44 
ag‘dargichida tish-yumshatgichi bor buldozer va qazuvchi-yig‘uvchilar
qo‘llaniladi. 
Territoriya tunka va daraxt tanalaridan tozalangandan so‘ng, tunka 
qazuvchi mashinalarni parallel yurishi bilan o‘simlik qatlamidagi ildizlarni 
bo‘laklaridan tozalanadi. Ildizlar va daraxtlarni qoldiqlari tozalangan 
territoriyadan yoqish yoki olib ketilishi uchun olib chiqiladi.
Qurilish maydoni yirik yumaloq toshlardan tozalangan bo‘lishi kerak. 
Kichik toshlar ekskavator cho‘michiga (kovsh) sig‘adigan bo‘lsa transport 
vositalariga ortiladi, yiriklari buldozer yordamida ish zonasidan tashqariga olib 
chiqiladi. Yirik toshlar joyida zaryadlar yordamida portlash usuli bilan 
bo‘laklarga bo‘linishi mumkin. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling