N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Yer osti grunt suvlari sathini aniqlash


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Yer osti grunt suvlari sathini aniqlash ishlarni bajarishni loyihalashda 
qurilish jaryonida suv sathini tushirish buyicha tadbirlar ishlab chiqilishini
kerak bo‘lgan holatda ob’yektdan foydalanish davridagi suv sathini tushirish 
bo‘yicha takliflarni beradi.  
Tayanch geodezik to‘rni yaratish. Qurilish maydonini va unda 
qurilayotgan inshootlarni geodezik rejalashtirish yer ishlari va keyingi 
bajariladigan qurilish ishlarini geodezik ta’minoti uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi:
• Tayanch geodezik to‘rni yaratish, maydonni kvadratlarga bo‘lish va 
reperlar bilan uchlarini mustahkamlash, maydonni tekshirish asosda nivelirlash; 
• quriladigan joyda bino va inshootlarni rejalashtirish, va tayanch 
geodezik to‘riga yoki mavjud qushni binolarga bog‘lash; 
• bino atrofi bo‘ylab obnoska qurish, o‘qlarni ko‘chirib mahkamlash. 
Boshqa so‘z bilan aytganda qurilish maydonini tayyorlash bosqichida 
keyinoq qurilishni hamma bosqichlarida va u tugallangandan so‘ng kerakli 
belgilarni ham planda ham vertikal bo‘yicha oddiy aniqlab beradigan geodezik 
rejalash asoslari yaratilishi kerak. Rejalashtirish uchun qurilish bosh plani, 
inshootning ishchi chizmalari va rejalashtirish chizmalari boshlang‘ich material 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Geodezik rejalash asoslari qurilish ob’yektlarini plandagi o‘rnini, va 
keyingi rejalashtirish ishlarida mahalliy yerdagi balandlik belgilarini aniqlash 
uchun quyidagi ko‘rinishlarda to‘ziladi: 
• barpo etilayotgan binoning o‘rni va o‘lchamlarini aniqlovchi bo‘ylama 
va ko‘ndalang o‘qlardan iborat qurilish to‘ri; 
qurilishning qizil chiziqlari, shuningdek shaharni o‘zlashtirilgan 
territoriyasida alohida binoning qurilishga mo‘ljallangan holatini va 
o‘lchamlarini joyga biriktiruvchi bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari.


39 
Qurilish to‘rini va uning o‘rnini loyihalagan paytda quyidagilarni 
ta’minlash kerak: 
• rejalashtirish ishlarini bajarishga maksimal qo‘layliklar yaratish
• barpo etilayotgan asosiy bino va inshootlarni to‘r figuralari ichida 
joylashtirish; 
• to‘r chiziqlarini barpo etilayotgan bino va inshootlarning asosiy 
o‘qlariga parallel va mumkin qadar yaqin joylashtirish; 
• to‘rning hamma tomonlari bo‘yicha kerakli uzunliklarni o‘lchash; 
• to‘r belgi ( nishon, reper) larini o‘lchash uchun va yon reperlarni
ko‘rinishi qo‘layligini ta’minlash, hamda ularning buzilmasligi va turg‘unligini 
ta’minlovchi joyda o‘rnatish.
Yer inshootlarini geodezik rejalashtirish qurilish bosh plani kabi 
masshtabda chizilgan qurilish maydonini geodezik plani asosida amalga 
oshiriladi. Planda Davlat triangulyatsion to‘riga hamda mavjud bino va 
inshootlarga bog‘lanish beriladi; Geodezik reja asosida inshootni joydagi holati, 
uning gorizontal va balandlik bo‘yicha bog‘lanishi aniqlanadi. 
Qurilishga tayyorlanish jarayonlarida va bo‘lajak yer inshootlarini 
“natura” holatiga ko‘chirish uchun qurilish maydoni territoriyasi asosiy va 
qo‘shimcha kvadrat va turtburchaklarga bulinadi. Relefga qarab asosiy 
figuralarni uzunligi 100...200 m, qushimcha figuralarniki – 20...40 m bo‘ladi. 
Hosil bo‘lgan figuralarning uchlari reperlar bilan mahkamlanadi. Kvadrat 
uchlariga nivelir yordamida qoziqchalar o‘rnatiladi, ularning balandligi yer 
sathiga nisbatan reperlarni loyiha balandliklariga mos kelishi kerak.Bu keyinroq
tekislash ishlarini bajarish uchun, qaerda ko‘tarma va qaerda qazilma bo‘lishini 
aniqlash uchun bajariladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling