N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Obnoskalarni tuzilishi, o‘qlarni mahkamlash


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Obnoskalarni tuzilishi, o‘qlarni mahkamlash (4.1-rasm). Qurilish 
obnoskasi bino o‘qlarini rejalashtirish , kotlovan konturlarini aniqlash va ularni 


41 
joyida mahkamlash uchun xizmat qiladi. U bino perimetri bo‘ylab uzluksiz va 
uzlukli bo‘lishi mumkin. Uzlukli obnoska ob’yektdagi qurilish mashinalari va 
transport vositalari harakatini qiyinlashtirmaganligi uchun ma’qulroqdir. 
4.1-rasm. Obnoskalarni tuzilishi va o‘qlarni mahkamlash: 
a – kotlovanni planlashtirish sxemasi; b – obnoska elementlari; 1 – yog‘och elementlardan 
obnoska; 2 – shtir- o‘qni mahalliy joyga biriktirilgan nazorat belgisi; 3 – kesilgan taxta; 4 – 
mix o‘qni obnoskada mahkamlash (qotirish) uchun; 5 – obnoska ustuni. 
Obnoska geodezik instrumentlar yordamida binoni tashqi konturini hosil 
qiluvchi asosiy o‘qlarga parallel holda va qurilish jarayonida ularni 
o‘zgarmasligini ta’minlovchi masofada o‘rnatiladi. 
Obnoska bir-biridan 3 m masofada gruntga qoqilgan ustunlar karkasidan 
iborat. Tashqi tarafdan kamida uchta ustunga qalinligi 40...50 mm kesilgan 
taxtalar qoqiladi. Hamma taxtalarni yuqori qirralari nivelir yordamida nazorat 
qilinib gorizontal joylashtiriladi. Obnoskani ma’qul balandligi 0.5...1.2 m. 
Konstruktiv jihatdan obnoska yog‘ochdan yoki metalldan bo‘lishi mumkin. 
Metall obnoskani afzallik tomoni ishda qo‘layligi, yengil demontaj qilinishi va 
ko‘p marta foydalanish mumkinligi. 
Kotlovan chetidan obnoskagacha bo‘lgan masofa 3...4 m dan kam 
bo‘lmasligi kerak. Bu masofa shunday hisob bilan tekshiriladikim, kotlovan 
qazilishida obnoska ustivorligi bo‘zilmasin. Obnoska bo‘lajak binoni uni 
tomonlariga paralel ravishda o‘rab oladi, unda odamlar va transport o‘tishi 
uchun o‘zilishlar hosil qilinadi. 


42 
Rejalashtirish chizmalaridan hamma ma’lumotlar obnoskaga 
ko‘chiriladi, xususan binoni asosiy o‘qlari ko‘chirilib mixlar bilan 
mahkamlanadi, bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlar tarang tortilgan sim yoki arqon 
ip yordamida mixlarga mahkamlanadi. Devorlar o‘qidan bulajak kotlovanni 
chetlari chiqarilib ular ham mixlar yordamida obnoskalarda belgilanadi. 
Chetlarni o‘zi ham simlar yordamida “natura” holatiga ko‘chiriladi. 
Bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari simlarining kesishuv o‘rni binoning 
asosiy o‘qlari kesishuvini aniqlaydi va ular shoqul yordamida tekshiriladi
hamda ular oldin geodezik instrumentlar yordamida aniqlangan va yerda 
mahkamlangan no‘qtalar bilan mos kelishi kerak. 
Binoning asosiy o‘qlari mahkamlangan obnoskalardan ma’lum masofada 
har ehtimolga qarshi ularni buzilishini e’tiborga olgan holda o‘q chiziqlarini 
mahkamlovchi nazorat belgilari − shtirlar o‘rnatiladi.Odatda bular gruntga 
obnoskadan 5...10 m masofada qoqilgan va yer sathidan 2...6 sm masofada 
chiqib turuvchi armatura sterjenlardir. 
Chiziqli-cho‘ziqli inshootlarning gorizontal uchastkalarda har 50 m da, 
qayriladigan uchastkalarda har 20 m da faqat ko‘ndalang obnoskalar o‘rnatiladi. 
Obnoskalar qurilaetgan binoning yer osti qismini barpo etgunga qadar 
buzilmay saqlanadi, keyin bevosita binoni o‘ziga ko‘chiriladi. Hozirgi davrda 
lazer geodezik priborlar paydo bo‘lganligi munosabati bilan obnoskalardan kam 
foydalanilayapti, o‘qlar qurilish maydonining vaqtinchalik bino va inshootlarida
(inventar xonalar, devor va boshqalar) aks ettirilayapti. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling