N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


XII BOB. KO‘P QAVATLI SANOAT BINOLARINING MONTAJI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

XII BOB. KO‘P QAVATLI SANOAT BINOLARINING MONTAJI 
11.1. Umumiy qoidalar 
 
Ko‘p qavatli sanoat binolari asosan karkas panelli qilib loyihalanadi va 
barpo etiladi. Bunday binolarning hajmiy-rejaviy yechimidagi ustunlar to‘rining 
o‘lchamlari 4,5x6; 6x6; 6x9; 6x12 va 9x12 m bo‘ladi. 
Qavatlar balandligi ishlab chiqarish zaruriyatiga bog‘liq holda, sezilarli 
doirada o‘zgarishi mumkin. Ko‘p hollarda uchraydigan balandliklarning
qiymati 3,3; 3,6; 4,8; 6; 7,2 va 8,4 m. Qavatlar soni turli xil bo‘lishi mumkin, 
optimal qavatlar soni 4...6 qavat, lekin ular 12...20 qavat ham bo‘lishi mumkin. 
Ishlatiladigan konstruksiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Ustunlar 
o‘lchamlari 40x40sm dan 60x60sm gacha kvadrat kesimga ega yoki to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklida xuddi shunday yuzaga teng qilib ishlab chiqariladi. 
Ustunlarni balandligi qabul qilingan, balandlik bo‘yicha bo‘laklarga ajratilishiga 
bog‘liq holda 1...5 qavatli bo‘lishi mumkin, ammo tayyorlash, tashish va montaj 
sharoitlarini hisobga olgan holda juda kam holda 20m dan oshadi. Ustunlarning 
tutashuv joylari orayopmalardan 1 m balandlikda ko‘zda to‘tiladi va bikirligini 
ta’minlaydigan qilib loyihalanadi.  
Rigellar – orayopma plitalari tokchasiga qo‘yiladigan binolarda 
balandligi 80 sm, eni 65 sm bo‘ladi. Ustun bilan birikadigan yerda ikkala 
elementning chiqarilgan armaturalari payvandlanadi, shuningdek rigelni va 
ustun konsolining zakladnoy (o‘rnatma) detallari payvandlanib, keyinchalik 
tutashuv joylari beton bilan monolit qilinadi. 
Orayopmalar – asosiy plita sifatida eni 150 va 300 sm li, qo‘shimcha 
plita sifatida eni 75 sm li qilib ishlab chiqariladi. Qo‘shimcha plitalar ustunlarni 
tashqi qatorlariga o‘rnatiladi. Asosiy plitalarni ustunlar o‘qi bo‘ylab o‘rnatilib, 
rigellarning qo‘yma detallariga to‘rtta nuqtasidan payvandlanadi.
Devor panellari – ilib mahkamlanadigan, asosiy nomenklatura bo‘yicha 
balandligi 1,2 va 1,8 m oraliq eni bo‘yicha 4,5 va 6m. Birinchi qavat sokol 


131 
panellari poydevor balkalariga, keyingi qavat panellari esa ustunni qo‘yma 
detallariga payvandlangan metall stolchaga o‘rnatiladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling