N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Binolarni statik ishlash variantlari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Binolarni statik ishlash variantlari. Ko‘p qavatli binolar qurilishi 
amaliyotida binoni har-xil statik ishlash sharoitiga javob beradigan ramali, 
rama-bog‘lamali va bog‘lamali karkasning konstruktiv sxemalari qo‘llaniladi.
Ramali sxema –ustun, rigel va orayopma plitalarning o‘zaro bir-biri 
bilan birikishidan tashkil topgan bikir va turg‘un, mustahkam fazoviy 
sistemadan iborat. Barcha vertikal va gorizontal yuklamalarni ustun va 
rigellarning bikir qilib ishlangan tugunlari qabul qiladi. Bunday sistema juda 
sermehnatli va metall sarfi ehtiyoji yuqoridir. Bu sxema texnologik talablar
bo‘yicha ustunlar oralig‘ida ko‘ndalang va bo‘ylama parda devorlar yoki 
bog‘lamalar o‘rnatilishi mumkin bo‘lmasa qo‘llaniladi. 
Bog‘lovchili sxema oldingidan shu bilan farqlanadiki, bunda ustunlar 
faqat vertikal yuklamalarga ishlaydi, gorizontal yuklamalarni esa vertikal “disk” 
sistemasi va bikirlik yadrosi qabul qiladi.
Rama-bog‘lamali sxema oraliq sxema bo‘lib va ko‘p qavatli karkasli 
binolarda, binoning bo‘ylama o‘qiga ko‘ndalang yo‘nalishda joylashgan tekis 
ramani va bikirlik diafragmasini o‘z ichiga oladi. Binoning bo‘ylama 
turg‘unligi, metall panjaralar yoki temirbeton tekisliklar ko‘rinishidagi vertikal 
bikirlik disklari tufayli ta’minlanadi. 
Fazoviy bikirlik, monolit yoki yig‘ma temirbetondan tayyorlangan 
bikirlik yadrosi orqali ta’minlanadigan yig‘ma-monolit temirbeton konstruksiya 
istiqbolli hisoblanadi. 
 


132 
11.2. Binolarni montaj qilish usullari 
 
Ko‘p qavatli sanoat binolarini barpo etishda, uni ishga tushirilishi 
sharoitiga va konstruksiyaning materialiga qarab montaj qilishni ikki usuli 
qo‘lllaniladi: gorizontal qavatlar bo‘yicha yoki yarus bo‘yicha va vertikal 
binoning bir qismi (seksiyasi bo‘yicha) butun balandlik bo‘yicha.
Gorizontal yarus bo‘yicha (qavatlar bo‘yicha) usuli eng ko‘proq 
tarqalgan bo‘lib, unda montajni hamma bosqichlarida karkas bikirligi va 
mustahkamligi( turg‘unligi) xamda poydevorlarni bir tekisda cho‘kishi 
ta’minlanadi. Bu usul yig‘ma temirbeton elementlarning montajida
konstruksiyalar o‘rnatilgandan so‘ng birdaniga choklarga ishlov berilganda 
qo‘llaniladi. Bunda qavatni (yarusni ya’ni ustunlarni ikki yoki uch qavatli 
bo‘lishida) yig‘ish tugagandan tutashuv joylaridagi beton 70% 
mustahkamlikka ega bo‘lgandan so‘ng keyingi qavatni (yarusni) montaj qilishga 
o‘tiladi. 
Vertikal montaj usulida binoni barpo etish, binoni alohida qismini odatda 
2...4 ustun qadami oralig‘idagi binoning butun balandligi bo‘yicha olib boriladi. 
Bu usulning afzallik tomoni shundakim, qurilish maydoni o‘lchamlarining 
kichikligi, montaj krani va konstruksiyalar omborining qurilayotgan bino 
gabaritlarida joylashganligi. Binoni bir qismini butun balandligi bo‘yicha montaj 
qilishda shu qismda tomqoplama ishlari ham bajarilgandan keyin, montajdan 
keyingi va pardozlash ishlarini bajarishga kirishish mumkinligi, binoni 
pardozlash bilan barpo etish muddatini keskin qisqartiradi.
Birinchi yarusni ustunlari, odatda karkasdagi eng og‘ir konstruksiya 
bo‘lib, ko‘pincha alohida oqimda montaj qilinadi. Ishlab chiqarishni 
tezlashtirish, texnologik tanaffuslarni kamaytirish uchun stakan turidagi 1m 
balandlikdagi “to‘nkali” poydevorlarni zavodlarda tayyorlab olib kelish va 
montaj qilish tavsiya etiladi. 


133 
Bitta montaj kranini bitta yoki ikkita temperatura bloklarida ish olib 
borishi, optimal (ma’qul) texnologik yechimlardan hisoblanadi.
Elementlarini o‘rnatilish ketma-ketligi nuqtai nazaridan, ko‘p qavatli 
binolarni montaj qilish usulini aralash usul deb qarasa bo‘ladi. Montaj 
uchastkasida hamma ustunlarni , panellarni qamrovning butun yarusi bo‘yicha 
ilib mahkamlash alohida va kompleks holda rigellar va plitalarni montaj qilish 
oqilonadir. Elementlarni bunday ketma-ketlikda o‘rnatishdagi nisbiy erkinlik 
faqat minorali kranga xosdir. Agar o‘ziyurar strelali va minorali-strelali kranlar 
ishlatilsa, unda “kranga qarab” montaj prinsipiga to‘liq rioya qilinib, ketma-ket 
ko‘p miqdordagi ko‘p yarusli ustunlarni montaj qilish qo‘llanilmaydi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling