N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova
Boshqa konstruktiv sxemali binolar montaji
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism
11.6. Boshqa konstruktiv sxemali binolar montaji Ko‘p qavatli sanoat binolari karkaslarini montajini karkasda P, N yoki SH shaklidagi ramalarini qo‘llash bilan osonlashtirish mumkin. U fazoviy elementlar bo‘lib, 2…3 ustuni, ular orasida rigel va rigelni konsollari bor. Karkas elementlarini bu tariqa yechimga egaligi tutashuv joylarini va montaj elementlari sonini kamaytiradi. Yig‘ma fazoviy konstruksiyalar bir yoki ikki qavatga tayyorlanadi, ularni tutashuv joylari qavatning 1/3 balandligi sathida, bir-biriga qulay birlashtiriladigan zonada joylashtiriladi. Ko‘rsatilgan konstruksiyalarni qo‘llanilganda bino karkasini montaj qilish qavatma-qavat 146 bajarilib, quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: temir-beton karkasni rama elementlari, pardadevor panellari, ventilyatsiya bloklari, tirgovich elementlari, orayopma plitalari, va to‘suvchi konstruksiyalar montaj qilinadi. Balkasiz orayopmali binolarni montaj qilishda boshqa karkasli binolar montaji texnologiyasi kabi texnologiya qo‘llaniladi. Ammo karkasni ba’zi konstruktiv xususiyatlari bo‘lgani uchun ishlarni olib borishda ma’lum ketma- ketlikka rioya qilishni talab qiladi. Balkasiz karkasda ustunlar tagiga yaxlit betondan, ustun qadamlari 6 x 6 m stakan tipidagi poydevorlarqabul qilingan. Karkasning asosiy elementlari – kvadrat kesimga ega bir yoki ikki qavatga mo‘ljallangan ustunlar, ustunni yuqorisiga o‘rnatiladigan o‘rtasida teshigi bor kapitel, ikki yo‘nalish bo‘yicha kapitel ustiga o‘rnatiladigan ustun usti plitalari va oraliq plitalari. Karkas baquvvat kapitellar hisobiga katta bikirlikka egaligi bilan ajralib turadi. O‘z vaqtida yaxlit qilib betonlanganda bunday karkaslarni tashqi devorni g‘isht terish ishlaridan, ichki devorni terishdan va zina xonasidan tashqari yarus bo‘yicha yoki binoni butun balandligi bo‘yicha seksiyalab alohida montaj qilish mumkin bo‘ladi. Yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilish texnologik ketma-ketligi o‘z ichiga dastavval binoni (yoki uning alohida blokini) montaj zonalariga bo‘lish, va shu chegarada bir nomli elementlarni birin ketin montaj qilishni o‘z ichiga oladi: ustunlar o‘rnatish, kapitellar, ustun tepasidagi plitalar va oraliq plitalari o‘rnatish (11.5 -rasm). Karkas konstruksiyalari qavatlab montaj qilinib, bino qamrovlarga bo‘linadi, ularning o‘lchamlari binoning harorat blokiga teng bo‘ladi. Balkasiz orayopmali binolarni karkasini montaji quyidagi ketma-ketlikda oshiriladi: • ustunlar o‘rnatiladi va to‘g‘rilanadi; • ustunlarni ustki qismiga kapitellar kiygiziladi; • kapitelning chetlariga to‘rttala tomondan bir-biriga perpendikulyar ravishda plita-to‘sinlar o‘rnatiladi; 147 • plita-to‘sinni yon qirralariga tayanidigan o‘rtadagi kvadrat plitalar montaj qilinadi va ular burchaklarida qo‘yma detallari yoki chiqarilgan armaturalari bilan mustahkam qilib payvandlanadi. Birinchi qavat ustunlari stakanli poydevorlarga ponasimon tiqinlar yordamida o‘rnatiladi. Kesim yuzasi 400 x 400 va 500 x 500 mm bo‘lgan ustunlar uchun to‘rtta ponasimon tiqin, bundan katta ko‘ndalang kesimli ustunlarda oltita ponasimon tiqin ishlatiladi. Ustun bilan poydevor tutashuv joyi mayda shag‘al yoki shcheben qo‘shib tayyorlangan markasi 300 ga teng beton quyilib, ichki vibratorlar bilan zichlanadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling