N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 –rasm. Ko‘p qavatli binolarni ustunlari uchun yakkali konduktor


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

11.1 –rasm. Ko‘p qavatli binolarni ustunlari uchun yakkali konduktor: 
1 – montaj qilinayotgan ustun; 2 – konduktorni ugolokli poyasi; 3 – ustunlarni tutashuv joyi 
choki; 4 – pastdagi ustun; 5 – yakkali konduktor; 6 – qavatlararo yopma plitasi; 7 – 
ustunlarni o‘rnatish va to‘g‘rilash uchun rostlovchi vintlar. 
Birinchi qavat yarusidagi montaj tugatilib, hamma elementlar 
payvandlanib bo‘lgandan keyin usha yarusning ikkinchi qavat elementlarini 
montaj qilishga kirishiladi.
 
11.4. Guruhli konduktorlar qo‘llanilganda konstruksiyalar montaji 
Guruhli konduktorlar mavjud bo‘lganda montaj kompleks sxema 
bo‘yicha bajariladi (11.2-rasm). Har bir yacheykada karkasning barcha 
elementlari ketma-ket o‘rnatilib, to‘g‘rilanib va mahkamlanib bo‘lgach 
konduktorlar keyingi turib-to‘xtash joyiga o‘tkaziladi. 


140 
11.2- rasm. To‘rtta ustun uchun guruhli konduktor: 
1 – orayopmalar; 2, 3 – konduktor xomutlari; 4, 7 – ustunlar; 5 – konduktor; 6 – ehtiyotlik 
to‘sig‘i; 8 – pastki ustunning kallagi (boshi); 9 – ishchilar uchun to‘shama. 
Ustunlarni o‘rnatilgandan so‘ng xomutlar bilan mahkamlanib, oldin 
nuqtaviy payvandlanadi, rigellar o‘rnatilib ularni ustun bilan tutashuvlari 
payvandlanadi, tirgovich plitalar o‘rnatilib rigelning qo‘yma detallari bilan 
payvandlanadi, ustunlarni balandligi bo‘yicha tutashuv joylari payvandlanadi, 
asosiy orayopma plitalar o‘rnatiladi va payvandlanadi (konduktorsiz 
yacheykada). Bu ishlarni hammasini guruhli konduktorni to‘shamasidan turib 
bajariladi. Ko‘p qavatli ustunlarni vaqtinchalik mahkamlash va to‘g‘rilash uchun 
eng oddiy uskuna sifatida tirgak (podkos) va qisqich (strubnitsa) lardan iborat 
bo‘lgan konstruksiya asosida xomutlar bilan sharnirli bog‘langan yotiq-
bog‘lovchi sistema xizmat qiladi. O‘zaro perpendikulyar tekisliklarda 
joylashgan bunaqa sistemalar konstruksiyalarni to‘g‘rilashni juda yuqori 
aniqlikda bajarilishini ta’minlaydi.


141 
Ko‘p qavatli binolarni temirbeton konstruksiyalarini montaj qilish uchun 
tekis va fazoviy konduktorlar ko‘rinishidagi fazoviy konduktor-bog‘lovchili 
sistemalar qo‘llaniladi. Tekis ramalar ramalar montajida qo‘llaniladi. 
Qo‘llaniladigan konduktor juda aniq (qat’iy) ravishda loyiha holatiga o‘rnatilib 
va rama o‘rnatilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan fazoviy konstruksiyadir.
Guruhli konduktorlar karkasda 6x6 m to‘rda joylashgan, uzunligi 18 m 
gacha bo‘lgan ustunlarni, yig‘ish uchun mo‘ljallangan. U to‘rtta poyadan iborat 
bo‘lib ular bir-biri bilan to‘rt sathda ferma shaklidagi kamarlar bilan bog‘langan. 
Konduktor aylanma maydonchalar, shuningdek halqasimon so‘rilarga bilan 
jihozlangan bo‘lib, ular ikki qavat rigellarini o‘rnatish va payvandlanish ishlarini 
qulay va xavfsiz bajarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari konduktor poyalarida 
ikki qator xomutlar mahkamlangan. Pastki va yuqorigi qatorlar o‘rnatiladigan 
ustunni pasti va yuqorisini to‘g‘rilash va vaqtinchalik mahkamlash uchun 
xizmat qiladi. Ustunni yuqori qismi taxminan ikkinchi qavatda mahkamlanadi.
Konduktorda shuningdek tirgaklar bo‘lib u bilan oldingi montaj qilingan 
konstruksiyalarga mahkamlash uchun, hamda qisqichlar bo‘lib pardadevorlarni 
to‘g‘rilash va vaqtincha mahkamlash uchun xizmat qiladi. Konduktorning 
massasi 5 t atrofida. 
Bir qavat balandlikka ega ustunlarni tutashuv joylarini oxirgi 
payvandlangandan keyin, guruhli konduktor orayopma yuzasi bo‘ylab keyingi 
yacheykaga ko‘chiriladi; qavat chegarasida konduktorni ko‘chirish chig‘ir 
yordamida bajariladi. Qavatdan-qavatga konduktor yig‘ilgan holatda minorali 
kran bilan ko‘tarib olib o‘tkaziladi. Agar ustunlar ikki qavatga loyihalangan 
bo‘lsa, bunda ham montaj guruhli konduktorlar yordamida kompleks sxema 
bo‘yicha bajariladi.
Ishlarni uzluksiz oqimini ta’minlash uchun montaj uskunalari komplekti
to‘rtta guruhli konduktordan iborat bo‘lishi kerak. Bu holatda konstruksiyalarni 
o‘rnatish tartibi RSHI qo‘llanilganidek. Guruhli konduktorlarni qo‘llab karkasni 
montaj qilish quyidagi ketma-ketlikda: kran yordamida konduktor montaj 


142 
qilinayotgan qavat orayopmasiga ustiga qo‘yiladi, yog‘och qistirmalarga 
o‘rnatilib, oldingi o‘rnatilgan konstruksiyalarga har birini oxirida ilgak va 
muftalarga ega to‘rtta tirgovich-tortqilar bilan mahkamlanadi. Ustunlar stakan 
poydevorlarga o‘rnatilganda, konduktorlar poydevorlarning montaj ilmog‘iga, 
agar orayopma ustiga o‘rnatilganda rigellarni montaj ilmog‘iga mahkamlanadi.
Ustunlarni o‘rnatishdan avval ishchi maydonchalarni ish holatiga burib 
va pastki va yuqori xomutlar bilan birgalikda mahkamlab qotiriladi. Ustunni
kran bilan pastdagi montaj qilish zonasiga uzatiladi, konduktorning ochiq 
xomutlari orasiga kirgiziladi, pastki ustunni ustiga yoki stakan poydevoriga 
tushiradilar va keyin xomutlar yopiladi. Ustun xomutning vintli qisqichlari bilan 
vaqtincha mahkamlanib, ilgaklardan bo‘shatiladi. Uni to‘g‘rilash ikki o‘zaro 
perpedikulyar o‘qlarda joylashgan teodolit yordamida bajariladi. Ustunlarni 
holati to‘g‘rilash jarayonida xomutdagi vintlar yordamida rostlanadi. Yuqori 
yarus rigel va orayopma plitalarini montaji, montaj qilingan qavatni 
konstruksiyalaridan, maxsus ko‘chma maydon-narvonlarda joylashgan ishchilar 
bilan bajariladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling