N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


binolar montaji. I−III – RSHI larni ko‘chirish sxemalari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

binolar montaji. I−III – RSHI larni ko‘chirish sxemalari. 
• RSHI №2 ramasini binoning bo‘ylama o‘qi bo‘ylab teodolit bilan, 
ko‘ndalang o‘qiga nisbatan bo‘ylama bog‘lovchilar yordamida
• RSHI №3 ramasini binoning ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab teodolit bilan, 
bo‘ylama o‘qiga nisbatan ko‘ndalang bog‘lovchilar yordamida; 
• RSHI №4 ramasini holati geodezik asboblar bilan to‘g‘rilanmaydi,
uning holati RSHI №2 va №3 larga bog‘langan bo‘ylama va ko‘ndalang 
bog‘lovchilar yordamida qayd qilinadi. 
Rama-sharnirli indikatorlarni bir pozitsiyadan ikkinchi pozitsiyaga 
ko‘chirilganda ularning loyiha holati faqat bo‘ylama va ko‘ndalang 
bog‘lovchilar yordamida aniqlanadi. 
RSHIning bitta to‘xtash joyidan karkasni yig‘ishda ikki qavat ustunga 
mo‘ljallangan yarusni butun balandligi bo‘yicha elementlarni montajida 
quyidagi ketma-ketlikka rioya qilinadi:
1) ustunlar balandligi bo‘yicha o‘rnatiladi va o‘zaro payvandlanadi; 
2) bog‘lovchilar o‘rnatilib balandligi bo‘yicha ustunlarga mahkamlanadi; 
3) ustunni konsollariga oldin birinchi qavatni rigellari, keyin ikkinchi 
qavatniki o‘rnatiladi va payvandlanadi; 
4) rigelni tokchalariga ustunlar orasidagi birinchi qavat plitalari, keyin 
ikkinchi qavat yarus ustunlarida o‘rnatilib va payvandlanadi; 
5) RSHIlar orasiga yig‘ma pardadevorlar o‘rnatiladi agar ular loyihada 
ko‘rsatilgan bo‘lsa; 


145 
6) RSHIlar orasidagi oraliqlarga birinchi qavatni orayopma plitalari 
o‘rnatiladi; 
7) Ikkinchi qavatdagi RSHIlar orasidagi oraliqlarga yig‘ma pardevorlar 
o‘rnatiladi; 
8) RSHIlar orasidagi oraliqqa ikkinchi qavat orayopma plitalari 
o‘rnatiladi; 
9) RSHIlar keyingi pozitsiyaga o‘tkaziladi (ko‘chiriladi), bo‘shagan 
yacheykalarda yetmagan elementlar o‘rnatiladi; 
10) Karkas elementlari montaji ketidan, zinapoya elementlari va 
zinapoyalarni marshlari montaj qilinadi. 
RSHIlarni boshqa pozitsiyaga ko‘chirish karkasni fazoviy 
mustahkamligini ta’minlagan holda va loyihada nazarda tutilgan payvandlash 
ishlari bajarilib, bo‘shatish mumkinligiga ishonch hosil qilingandan keyin 
amalga oshiriiladi. RSHI lar yangi pozitsiyaga ko‘chirilgandan so‘ng, bo‘shagan 
yacheykalarda oldin birinchi qavat orayopmalari, keyin ikkinchi qavat 
orayopmalari montaj qilinadi, shu bilan birga orayopma plitalari o‘rnatilganga 
qadar yacheykalarga pardadevorlarni qurish uchun kerakli materiallar oldindan 
uzatiladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling