N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
Yer osti grunt suvlari sathini aniqlash
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch geodezik to‘rni yaratish.
Yer osti grunt suvlari sathini aniqlash ishlarni bajarishni loyihalashda
qurilish jaryonida suv sathini tushirish buyicha tadbirlar ishlab chiqilishini, kerak bo‘lgan holatda ob’yektdan foydalanish davridagi suv sathini tushirish bo‘yicha takliflarni beradi. Tayanch geodezik to‘rni yaratish. Qurilish maydonini va unda qurilayotgan inshootlarni geodezik rejalashtirish yer ishlari va keyingi bajariladigan qurilish ishlarini geodezik ta’minoti uchun asos bo‘lib xizmat qiladi: • Tayanch geodezik to‘rni yaratish, maydonni kvadratlarga bo‘lish va reperlar bilan uchlarini mustahkamlash, maydonni tekshirish asosda nivelirlash; • quriladigan joyda bino va inshootlarni rejalashtirish, va tayanch geodezik to‘riga yoki mavjud qushni binolarga bog‘lash; • bino atrofi bo‘ylab obnoska qurish, o‘qlarni ko‘chirib mahkamlash. Boshqa so‘z bilan aytganda qurilish maydonini tayyorlash bosqichida keyinoq qurilishni hamma bosqichlarida va u tugallangandan so‘ng kerakli belgilarni ham planda ham vertikal bo‘yicha oddiy aniqlab beradigan geodezik rejalash asoslari yaratilishi kerak. Rejalashtirish uchun qurilish bosh plani, inshootning ishchi chizmalari va rejalashtirish chizmalari boshlang‘ich material bo‘lib xizmat qiladi. Geodezik rejalash asoslari qurilish ob’yektlarini plandagi o‘rnini, va keyingi rejalashtirish ishlarida mahalliy yerdagi balandlik belgilarini aniqlash uchun quyidagi ko‘rinishlarda to‘ziladi: • barpo etilayotgan binoning o‘rni va o‘lchamlarini aniqlovchi bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlardan iborat qurilish to‘ri; • qurilishning qizil chiziqlari, shuningdek shaharni o‘zlashtirilgan territoriyasida alohida binoning qurilishga mo‘ljallangan holatini va o‘lchamlarini joyga biriktiruvchi bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari. 39
Qurilish to‘rini va uning o‘rnini loyihalagan paytda quyidagilarni ta’minlash kerak: • rejalashtirish ishlarini bajarishga maksimal qo‘layliklar yaratish; • barpo etilayotgan asosiy bino va inshootlarni to‘r figuralari ichida joylashtirish; • to‘r chiziqlarini barpo etilayotgan bino va inshootlarning asosiy o‘qlariga parallel va mumkin qadar yaqin joylashtirish; • to‘rning hamma tomonlari bo‘yicha kerakli uzunliklarni o‘lchash; • to‘r belgi ( nishon, reper) larini o‘lchash uchun va yon reperlarni ko‘rinishi qo‘layligini ta’minlash, hamda ularning buzilmasligi va turg‘unligini ta’minlovchi joyda o‘rnatish. Yer inshootlarini geodezik rejalashtirish qurilish bosh plani kabi masshtabda chizilgan qurilish maydonini geodezik plani asosida amalga oshiriladi. Planda Davlat triangulyatsion to‘riga hamda mavjud bino va inshootlarga bog‘lanish beriladi; Geodezik reja asosida inshootni joydagi holati, uning gorizontal va balandlik bo‘yicha bog‘lanishi aniqlanadi. Qurilishga tayyorlanish jarayonlarida va bo‘lajak yer inshootlarini “natura” holatiga ko‘chirish uchun qurilish maydoni territoriyasi asosiy va qo‘shimcha kvadrat va turtburchaklarga bulinadi. Relefga qarab asosiy figuralarni uzunligi 100...200 m, qushimcha figuralarniki – 20...40 m bo‘ladi. Hosil bo‘lgan figuralarning uchlari reperlar bilan mahkamlanadi. Kvadrat uchlariga nivelir yordamida qoziqchalar o‘rnatiladi, ularning balandligi yer sathiga nisbatan reperlarni loyiha balandliklariga mos kelishi kerak.Bu keyinroq tekislash ishlarini bajarish uchun, qaerda ko‘tarma va qaerda qazilma bo‘lishini aniqlash uchun bajariladi. Download 359.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling