37
IV BOB. TAYYORLOV DAVRI ISHLARI
Bino va inshootlar qurilishidan oldin uchun qurilish maydonini
tayyorlash bir qator ishlarini bajarish kerak. Fuqaro va sanoat qurilishi uchun
ishlar
tarkibi umumiy xarakterga ega, ammo maydonning mahalliy sharoiti,
uning ochiq erkin yoki shaharning tig‘iz territoriyasida joylashganligi va yilning
fasliga bog‘liq. Tayyorlov ishlarining tarkibi ob’yektni –
yangi qurilish,
kengaytirish, qayta qurish va boshqalar kabi xususiyatlariga bog‘liq.
Tayyorlov ishlari tarkibiga kiradi:
• muhandislik-geologik tadqiqotlar va geodezik rejalash asoslarini yaratish;
• territoryani tozalash va tekislash;
• yer usti va grunt suvlarini qaytarish;
• maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlash.
4.1. Muhandislik-geologik tadqiqotlar va geodezik rejalash asoslarini
yaratish
Qurilish maydonidagi muhandislik-geologik tadqiqotlarga kiradi:
• gruntlarning muhandislik
baholanishi va ularning yuk
ko‘taruvchanligi;
• qurilish maydonida grunt suvlari sathini aniqlash;
• geodezik rejalash asosini yaratish;
• bino va inshootlarni quriladigan joyda rejalashtirish
Gruntlarni muhandislik baholanishi oldindan ob’yektni loyihalashga
qadar bajariladi. Unga gruntni qurilishga doir xususiyatlari –
granulometrik
tarkibi, zichligi, namligi, yumshatilishi va boshqalarni baholash kiradi. Bu
maqsadda maxsus tashkilotlar qo‘yilgan texnik topshiriqqa asosan chuqurlikdan
yoki yuzadan burg‘ilash yordamida namunalar olishadi. Olingan ma’lumotlar
asosida loyihalanish jarayonida tayyorlanish usullari, ko‘chaytirish, maqsadga
muvofiq mexanizatsiyalashtirish
va ishlarni olib borish , ayrim hollarda barpo
38
etilayotgan binoni konstruktiv xususiyatlari haqida
ham kerakli qarorlar qabul
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: