N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


 Material elementlarni joylashtirish


Download 359.27 Kb.
bet17/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1762505
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org

3.2.3. Material elementlarni joylashtirish 
Qurilish maydoniga keltirilgan material elementlar vaqtinchalik asrashga
− zaxira yaratishga mo‘ljallangan ob’yekt qoshidagi omborlarda joylashtiriladi.
Ishlab chiqarishga taalluqli zahirani ikki asosiy turi boryo – joriy va
ehtiyot tariqasidagi. Biri-biriga bog‘liq ikki ta’minot orasida yetkazilgan
material resurslar joriy zaxirani tashkil etadi. Ideal holatda joriy zaxira ishlab
chiqarishni uzluksizligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lishi kerak. Ammo,
material va konstruksiyalarni yetkazishdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan
o‘zilishlarni e’tiborga olgan holda va joriy zahirani bir maromda to‘lmasligini
kompensatsiya qilish uchun ehtiyot tariqasidagi zaxira yaratiladi. Odatda,


34


ombordagi yig‘ma konstruksiyalarning minimal zaxirasi 5 ish kuniga yetarli
qilib qabul qilinadi.
Ishlab chiqarishga taaluqli zaxira darajasi qabul qilingan ishni tashkil
etishga − montaj “transport vositalaridan”mi yoki ombordanmi, ob’yektni
markaziy ta’minot bazalaridan o‘zoqligi, transport turi va boshqa faktorlarga
(omillar) bog‘liq. Konstruksiya va material zaxirasi miqdori ko‘p bo‘lgan
omborlar mavjudligi, bir tomondan ishlab chiqarishni uzluksiz ta’minlasa ,
ikkinchi tomondan qurilishga bo‘lgan investitsiyalarni “muzlashiga” ya’ni
qurilishni qimmatlashuviga olib keladi. SHuning uchun bosh pudratchi ob’yekt
qoshidagi omborlarni ma’qul hajmlarini topishi kerak. Ob’yekt qoshidagi
omborlar yopiq, yarim yopiq va ochiq bo‘ladi.
Yopiq omborlar qimmatbaho yoki ochiq havoda buziladigan materiallar
– sement, ohak, gips, fanera, mixlar va boshqalarni asrashga mo‘ljallangan.
Ular yer ostida va yer ustida, bir qavatli va ko‘pqavatli, isitiladigan va
isitilmaydigan bo‘lishi mumkin.
Ayvonlar – yarim yopiq omborlar harorat o‘zgarishi va havoni
namligidan o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan materiallarni, ammo quyosh
nuri va atmosfera yog‘inlaridan himoyalanishi kerak bo‘lgan – yog‘och
mahsulotlari , asbestosement, ruberoid, va boshqa tusuvchi va pardozlovchi
materiallarni asrash uchun quriladi .
Ochiq omborlar atmosfera ta’siridan himoya talab qilmaydigan
materiallar − g‘isht, beton va temirbeton elementlar, keramik quvurlar va
boshqa materiallarni asrash uchun mo‘ljallangan. Odatda omborlar, ob’yektda
xizmat qilayotgan montaj kranining harakat zonasida joylashtiriladi. Bu asosan
bush vaqtda yoki montaj bo‘lmayotgan smenada ob’yektga kelayotgan yuklarni
tushirish imkonini beradi. Montaj jarayonlarida ortish-tushirish ishlari uchun
yengil o‘ziyurar kranlarni ishlatish ma’quldir.
Ochiq omborlarni bir qismi, jumladan konstruksiyalarni yiriklashtirib
yig‘ish maydonida maxsus kranlar – gusenitsali va pnevmog‘ildirakli ,


35


chorpoyali va minorali kran-yukortgichlar bilan xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Bu
mexanizmlardan yiriklashtirilgan konstruksiyalarni o‘rnatiladigan yoki montaj
qilinadigan joyga yetkazishlan oldin transport vositalariga ortish uchun
foydalaniladi. Odatda, omborda og‘ir yuklar kranga yaqin masofaga
joylashtiriladi, yengil yuklar o‘zoqroq , chunki ular kranni katta qo‘lochida ham
ko‘tarilishi mumkin.
Joylashtirish maydonlari yog‘in va muzdan erigan suvlarni oqishini
ta’minlash uchun tekis , 2...5% oraligidagi nishablik bilan bo‘lishi kerak. Suvni
yaxshi o‘tkazmaydigan gruntlarda tekislash bilan birga 5...10 sm li sheben va
qum qatlami hosil qilinadi.Kerak bo‘lgan holatda yuza zichlanadi.
Har bir konstruksiya va yig‘ma mahsulotlar turlari uchun alohida
taxlash joylari ajratiladi. Ular bir-biridan kengligi 1 m dan kam bo‘lmagan
yo‘lkalar bilan ajratiladi. Har turli material uchun joylashtirishning o‘zini
qoidalari bor.
G‘isht sorti, markasi va yuzasini rangiga qarab taxlanadi. Betartib olib
kelingan g‘isht balandligi 1.6 m o‘zaro bog‘langan shtabel shaklida, noto‘liq
kavakli g‘ishtlar esa bushlig‘i pastga qaratilgan holda taxlanadi. G‘isht
joylashtirilgan paket yoki poddonlar omborda bir-ikki yarus qilib taxlanishi
mumkin.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar inventar taglik va qistirmalar ustiga
taxlanadi, ularni urnatish joylari yig‘ma elementlarda chizilgan chiziqlarga mos
kelishi kerak. Elementlar shtabel qilib taxlanganda ular orasidagi qistirmalar bir-
biriga nisbatan vertikal bo‘lishi kerak.Taglik va qistirmalar odatda
tomonlarining o‘lchovlari 6...8 sm bo‘lgan kvadrat yuzali bo‘ladi. O‘lchovlar
shunday tanlanishi kerakkim yuqorida joylashgan yig‘ma elementlar pastdagi
montaj ilintirish halqasiga yoki pastdagi elementlarni chiqib turuvchi qismlariga
tayanmasligi kerak (3.4-rasm).

36


3.1-jadval
Elementlarni joylashtirish usullari

Elementlar


Qatorlar soni, elementlarni
joylashishi
Taxlanish balandligi, m
Shtabellarda
Poydevor bloklari va
yostiqlari, yerto‘lalar bloki
4
2.2 gacha
Ustunlar,(kolonnalar)
3...5

Rigel, progon, peremichkalar
3...4
2.0 gacha
Orayopma plita va panellari
8...10
2.5 gacha
Balandligi 2 m dan baland
yirik devor bloklari
Vertikal

Xona o‘lchoviga mos
orayopma panellari
Vertikal,
yotiq

Zinapoya marshlari
5...6 ( zinalar yuqoriga)

Zinapoya maydonchalari
4 gacha

Kassetalarda
Devor panellari, balka (to‘sin)
lar , fermalar, kran osti balka
(to‘sin) lari
1 qator vertikal holatda



Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling