N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
V BOB. BINO VA INSHOOTLARNI ANIQ VA TO‘G‘RI BARPO
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
V BOB. BINO VA INSHOOTLARNI ANIQ VA TO‘G‘RI BARPO
ETISHNING GEODEZIK TA’MINOTI Zamonaviy industrial qurilish ishonchli geodezik ta’minot bo‘lishini talab qiladi. Ko‘p qavatli yig‘ma va monolit binolar konstruksiyalarini barpo etish aniqlik va to‘g‘ri o‘rnatilishiga yuqori talablar bilan xarakterlanadi. O‘rnatilgan qo‘yim(dopusk)larga amal qilmaslik, cheklanishlar va xatoliklar yig‘ilishi ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi, ayrim elementlarni va umuman binoning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatini va to‘rg‘unligini kamayishiga olib keladi. Binoni aniq barpo etishning asosi kompleks geodezik rejalashtirish ishlari bo‘lib, ularning bir qismi tayyorlov davri ishlariga kirsa, qolgan qismi bevosita binoni barpo etishda amalga oshiriladi. Unga kiradi: • binoda o‘qlari biriktirilgan va bu o‘qlarni qavatlarga ko‘chirish imkoni bo‘lgan geodezik rejalashtirish planini yaratish ; • har bir montaj qilinadigan qavatni qavatlararo yopmalarida oraliq va yordamchi o‘qlarni rejalashtirish; • elementlarni montaj qilish shartlariga asosan kerakli o‘rnatuvchi chiziqlarni belgilash; • qavatlarda montaj gorizontini aniqlash; • qavatlar bo‘yicha bajarish sxemasini to‘zish. Binoning poydevorlarini cho‘kishi va karkasning deformatsiyasini sistematik nazorat qilish majburiydir. Binoning yer ustki qismini barpo etishni boshlagunga qadar sokol va yerto‘la yopmasida o‘qlar o‘rni belgilanadi. Har bir bosh o‘q binoga quyidagi tartibda ko‘chiriladi. Teodolit bino obnoskasidan tashqarida binoning o‘qi mahkamlangan shtir ustida joylashgan holda o‘rnatilib, binoning qarama-qarshi tomonida joylashgan shunga uxshash belgiga stvor o‘qi bo‘ylab yunaltiriladi, keyin binoning sokol paneliga yunaltirilib unda stvor o‘qi belgilanadi. Xuddi 51
shuningdek boshqa bosh o‘qlar ko‘chiriladi.Odatda o‘qlarning kerakli belgilari binoning sokoliga va qavatlararo yopmasiga bo‘yoq yordamida chiziladi, bundan tashqari qushimcha ravishda o‘qlarning o‘zaro kesishish joylari ham belgilanadi. Har bir o‘q binoga maydonning ikki joyida mahkamlangan o‘q nuqtalaridan ikki marta ko‘chiriladi. Loyihadagi va amaldagi o‘qlar orasidagi masofa va burchaklar bir-biridan QMQdagi reglamentlashtirilgan qiymatlardan farq qilmasligi kerak. Ikki bo‘ylama o‘qlar orasidag farq 3 mm, yonma-yon ko‘ndalang o‘qlar orasidagi farq yo1 mm bo‘lishi mumkin. Qurilish maydonining sharoitlari va binoning konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq holda asosiy o‘qlarni boshlang‘ich gorizontdan montaj qilinadigan qavatga ko‘chirish yotiq yoki vertikal proeksiyalash usuli bilan amalga oshiriladi. Yotiq proeksiyalashda teodolit ko‘chiriladigan asosiy yoki yordamchi o‘qni chizig‘ida o‘rnatiladi. Binoning sokolida o‘qni holati mahkamlangan belgi-chiziqqa yunaltiriladi. Kuchiriladigan o‘qni orayopmaga proeksiyalash uchun uning stvorida vizirli nishon (ko‘p hollarda − shoqulli uchoyoq) o‘rnatiladi, o‘qni holati orayopmaga ko‘chiriladi va belgi-chiziq bilan belgilanadi (5.1-rasm). Download 359.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling