N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI BOB. YER OSTI INSHOOTLARINI QURISH UCHUN “GRUNT ICHIDA DEVOR” TEXNOLOGIYASI
IKKINCHI BO‘LIM
YER OSTI INSHOOTLARINI BARPO ETISH TEXNOLOGIYALARI Bunyod etilayotgan binolar va inshootlarning juda xilma-xilligi, qurilish amaliyotida uchraydigan grunt sharoitlari, yer osti suvlarining mavjudligi, poydevorlarga va gruntli asoslarga ta’sir ko‘rsatuvchi yo‘naltirilgan va taqsimlangan yuklamalar xilma-xil yer osti inshootlari bulishini belgilab beradi. Mazkur ishning hajmi stakan turidagi poydevorlar va yirik blokli yaxlit lentali poydevorli binolar uchun ishlarni amalga oshirishning faqat o‘ziga xos xususiyatlarini qarab chiqishga imkon beradi. Qurilish amaliyotiga ishlarni bajarishning “grunt ichida devor” usuli keng joriy qilish munosabati bilan yer osti inshootlarini barpo etishning bu usulining o‘ziga xos xususiyati qisqa tarzda ko‘rib chiqilgan. 56
VI BOB. YER OSTI INSHOOTLARINI QURISH UCHUN “GRUNT ICHIDA DEVOR” TEXNOLOGIYASI Yer osti inshootlari gidrogeolik sharoitlar va o‘rnatilish chuqurligiga bog‘liq holda turli usullarda amalga oshiriladi, ulardan asosiylari – ochiq, “grunt ichidagi devor” va tushirilgan quduq usullaridir. “Grunt ichidagi devor” texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, gruntda planda turli xil shaklga ega bo‘lgan qazilmalar va transheyalar barpo etilib, ular ustiga monolit yoki yig‘ma temir betondan iborat yer osti inshootining to‘suvchi konstruksiyalari barpo etiladi, so‘ngra bu konstruksiyalar himoyasida ichki gruntli yadro ishlab chiqiladi, tubi quriladi va ichki konstruksiyalari barpo etiladi. Mamlakatimiz amaliyotida “grunt ichidagi devor” usulining bir qancha turlari qo‘llaniladi: qoziqli, bunda to‘suvchi konstruksiyalar burg‘ulab to‘ldirilgan vertikal qator qoziqlardan tashkil topadi; transheyali, monolit betondan yoki yig‘ma temirbeton elementlardan zich devor tarzida ishlanadi. Bunday texnologiya shahar qurilishi sharoitlaridagi mavjud binolar yaqinida, korxonalarni qayta qurishda, gidrotexnik qurilishdagi yerosti inshootlarini barpo etishda istiqbolga ega. “Grunt ichidagi devor” texnologiyasidan foydalanib, quyidagilarni barpo etish mumkin: • filtrlashga qarshi to‘siqlar; • yuzaga yaqin joylashgan tunnellar metro uchun; • yerosti garajlari, avtomobil yo‘llaridan o‘tish yo‘llari va kesishmalar; • suyuqlik saqlovchi idishlar va tindirgichlar; • turar – joy va sanoat binolari poydevorlari. 57
Gruntning xossalari va uning namligiga bog‘liq holda devorlarni barpo qilishning ikki turi – quruq va xo‘l turlari qo‘llaniladi. Gruntli qorishma talab etilmaydigan quruq usul, namligi kamroq barqaror gruntlarda devorlarni barpo etishda qo‘llaniladi. Qoziqli devorlar ham quruq, ham xo‘l usullarda barpo etilishi mumkin, bunda ketma-ket quduqlar burg‘ulanadi va ularda qoziqlar betonlanadi. Odatda gruntga ishlov berish jarayonida va beton qorishmasini joylashda transheyalarning devorlarni yemirilishidan (nurashdan) mustahkamlashni talab qiluvchi, suvga to‘yingan nobarqaror gruntlarda devorlar xo‘l usulda barpo etiladi. Bu usulda yer qazish mashinalarining ishlash jarayonida odatda qazilmalar va transheyalar devorlarining mustahkamligiga ularni tiksotrop xossali gruntli qorishmalar (suspenziyalar) bilan to‘ldirish orqali erishiladi. Tiksotroplik – dispers tizimning mexanik ta’siri natijasida buzilgan dastlabki strukturasini tiklovchi muhim texnologik xossasidir. Loyli qorishma uchun bu tinch holatda quyuqlashish va transheyalar devorlarini o‘pirilib tushishdan saqlash, ammo tebranuvchi ta’sirlardan suyuqlashish qobiliyatidir. Loyli qorishma ostida zarur chuqurlik va kenglikkacha ochiq bo‘lgan qazilmalarda bu qorishmani asta-sekin ko‘taruvchi yoki to‘suvchi konstruksiyalar sifatida monolit beton, yig‘ma elementlar, gruntning sement yoki boshqa materiallar bilan turli xil aralashmalaridan foydalanib, asta- sekin o‘rnini almashtiriladi. Bentonitli loylar eng yaxshi tiksotrop xossalarga ega. Loyli qorishma ta’sirining mohiyati shundakimkim, transheya devorlarining buzilishiga (upirilishiga) to‘sqinlik qiluvchi gidrostatik bosim hosil qilinadi, bundan tashqari, devorlarda loydan 2 ... 5 mm qalinlikdagi amalda suv o‘tkazmaydigan plyonka hosil bo‘ladi. Qazilmalar devorlarini loylash jarayoni shpunt qoqish, suvni pasaytirish va gruntni muzlatish kabi 58
yordamchi va og‘ir mehnatni talab qiluvchi ishlardan voz kechishga imkon beradi. Transheyalarni qazishda siklik va uzluksiz ishlovchi uskunadan foydalaniladi; odatda transheyalarning eni 500...1000 mm ni tashkil etadi, ammo 1500...2000 mm ga ham yetishi ham mumkin. Transheyalarni loyli qorishma himoyasida ishlab chiqish uchun umumiy vazifani bajaruvchi yer qazish mashinalari – greyferlar, draglayn va teskari chumichli, aylanuvchi burg‘ulash qurilmalari va zarb bilan burg‘ulovchi qurilmalar va maxsus chumichli, frezerli va yo‘nuvchi qurilmalardan foydalaniladi. Burg‘ulash qurilmasi “grunt ichidagi devor”ni 100 m.gacha chuqurlikdagi har qanday grunt sharoitida qurishga imkon beradi. “Grunt ichidagi devor” usulini quyidagi holatlarda qo‘llash maqsadga muvofiq emas: • g‘ovak va kavakli, yumshoq sochiluvchan ag‘darma gruntlarda; • oldin g‘isht terimi bo‘lgan, singan beton va temirbeton elementlari bo‘laklari, metall konstruksiyalari bor va boshqa uchastkalarda; • bosimli yerosti suvlari yoki gruntlarning katta mahalliy filtratsiyali xududlarida. Ish texnologiyasining eng oddiysi filtrlashga qarshi to‘siqlarni qurish bo‘lib, ular odatda monolit betondan, og‘ir, qattiq loydan tayyorlanadi. To‘siqlarning vazifasi to‘g‘onlarning (plotinalarni) jismiga suv singib o‘tishini bartaraf etishdir. Filtrlashga qarshi to‘siq kotlovanlarni qazishda, ularni yerosti suvlari bosishidan himoyalash uchun qo‘llanilishi mumkin. Bunda gruntni muzlatish yoki yerosti suvlari satxini ninafiltrlash yo‘li bilan pasaytirish ehtiyoji yo‘qoladi. To‘siq doimiy ravishda amal qiladi, bunda qolgan usullardan faqat ishlar bajarilayotgan davrdagina foydalaniladi, holbuki yerosti suvlari juda agressiv (tajovuzkor) bo‘lishi ham mumkin. 59
Mavjud binolarning paydevorlari yaqin joylashgan hollarda transheyalarni qazish ishlari, undan keyingi ishlarni amalga oshirish kabi alohida qamrovlar bilan bajariladi, ya’ni birinchi, uchinchi, ikkinchi, beshinchi, turtinchi va h.k. Betonlashning qamrab olish uzunligini (qamrovlar) 3 m dan 6 m gacha qilib belgilanadi va quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi: • transheyaning mustahkamligini ta’minlash shartlari; • qabul qilingan betonlash jadalligi; • transheyalarni qazuvchi mashinalarning turi; • “grunt ichidagi devorning” konstruksiyasi va vazifasi. Monolit konstruksiyalarning “grunt ichidagi devor” usuli bilan qurishdagi ishlar ketma – ketligi quyidagicha (6.1-rasm): 1) qamrab olishda chetki quduqlarni burg‘ulash; 2) transheyani ayrim qismlarga ajratib ishlov berish yoki butun uzunligi bo‘yicha ketma – ket ochiq sirtni bentonitli qorishma bilan transheyani alohida qamrovlarga chegaralagichlar bilan ajratib, doimiy to‘ldirish; 3) to‘la ochiq qamrovda armatura karkaslarini montaj qilish va transheya tubiga betonquyuvchi quvurlarni tushirish; 4) beton qorishmasini vertikal siljuvchi quvur usuli bilan joylashtirib loyli qorishmani zaxira idishga yoki transheyaning ishlov beriladigan qo‘shni qismiga siqib chiqarish bilan. “Grunt ichidagi devor” armaturasi davriy profilli po‘latdan qilingan fazoviy karkasdan iborat bo‘lib, u transheya kengligidan 10... 12 sm kichikroq bo‘lishi kerak. Yopishib qoladigan loy plyonkasi qalinligini kamaytirish va armaturaning beton bilan ishlashini oshirish uchun armaturali karkaslarni transheyaga tushirishdan avval suv bilan xo‘llab olish maqsadga muvofiq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling