N. D. Dimo, shamol ta’sirida tuproq yuzasiga tuz to’planishiga katta e’tibor berib, bu xodisani impulverizatsiya deb atagan edi


Download 26.91 Kb.
bet4/5
Sana20.11.2023
Hajmi26.91 Kb.
#1787472
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'g\'iloy

1) sho’rtob tuproqlar sho’rlanish xarakteriga ko’ra 3 xilga bo’linadi: sodali, soda-sulfat xloridli, xlorid-sulfatli sho’rtoblarga ajratiladi;
2) sho’rtoblanish darajasiga ko’ra 5 guruhga bo’linadi:
sho’rtoblangan tuproqlar - singdirish sig’imiga nibatan singdirilgan natriy miqdori, % hisobida: Sho’rtoblanmagan tuproqlar <5; Kuchsiz sho’rtoblar- 5-10%; O’rtacha sho’rtoblar- 10-20 %; Kuchli sho’rtoblar- 20-30%; Sho’rtoblar->30%.
3) sho’rtob tuproqlar suv rejimiga qarab gidromorf, yarimgidromorf va avtomorf guruhlarga bo’linadi (1-3; 3-6; 6m sizot suvini chuqurligiga qarab);
4) Sho’rtoblar tuzli qatlamining chuqurligiga ko’ra 3ga bo’linadi:
Sho’rtob-tuzli qatlami – 30 sm.gacha.
Sho’rtobsimon - tuzli qatlami - 30-80 sm.gacha.
Sho’rtobli - tuzli qatlami - 80 sm.dan chuqur.
5) Sho’rtoblar A gorizonti qalinligiga qarab ko’ra 3 xilga bo’linadi:
Qatqoloqli – A gorizonti qalinligi – 5 sm.
Yuza ustinsimon (stolbali) Agar, qalinligi 5-12 sm.
CHuqur ustinsimon Agar, qalinligi 18-20 sm.
Sho’rtobli tuproqlarda organik moddalari kam, ayniqsa Yarimcho’l zonasida (kashtan tuproq zonasida) yuqori qatlamlarda 1,5-3% chirindi tarkibida ko’proq fulgpva kislotasi, o’rmon-dasht zonasidagi sho’rtobli tuproqlarda A qavatida 3-6%.
Sho’rtobli tuproqlarda singdirilgan natriy miqdori ko’pincha hamma kationlarning 30-80% va undan ko’progpini tashkil etadi.
Sho’rtob tuproqlarning fizik hossalari juda og’ir-yomondir. Birinchidan, sho’rtob qavat - V ko’pchib, yopishqoq bo’lgach suv o’tkazmaydi. 2-dan nam vaqtida ko’pchib quriganda tez zichlanadi. Juda qattiq bo’lib, haydalsa,juda harsan toshdek ajraladi. 3-dan tuproqning solishtirma va hajmiy og’irligi katta bo’lib gavakligi esa kam (nizkaya poriznostgp). 4-dan yog’in suvlarning tuproq betida ko’p turib qolishligi, sho’rtob tuproqlarning suv o’tkazuvchanligi yomonlaggandan darak beradi va o’simlik uchun zarur bo’lgan fiziologik suvlarni yetib bormasligiga sababchidir.
Sho’rxoklar melioratsiyasi: Sizot (sho’r) suvlarning kapillyar yo’llar orkali pastdan-yuqoriga kutarilishini to’xtatish, tuproqda yigilgan zararli tuzlarni yo’qotish yo’li bilan sho’rxoklar va turli darajada sho’rlangan tuproqlar sho’rini ketkazish va ularni yaxshilash mumkin. Buning uchun bir qancha gidrotexnikaviy va biologik tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Sug’oriladigan yerlardagi sho’rxoklar melioratsiyasida quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirish lozim:
a) dalalar atrofiga zovur va kollektorlar kazish yordamida sizot suvlar sathini pasaytirib,suvning kapillyar yo’llar orkali yer betiga kutarilishini to’xtatish:
b) tuproq qatlamlarida yigilgan,suvda eriydigan zararli tuzlarni yuvish:
v) sizot suvlar sathining ko’tarilishiga mutlaqo yo’l qo’ymaslik lozim.
Sho’rxoklar odatda kech kuzda va qish mavsumida yuviladi,chunki bu paytda bug’lanish susaygan va sizot suvlar ancha past tushgan bo’ladi.
Solodlar. O’rmon-dasht va dasht zonalaridagi xalqob joylarda uchraydigan sho’rtob tuproqlarning betida va ustki qatlamida uzoq vaqt suv to’planishi sababli tuproq singdiruvchi kompleksidagi natriy kationini vodorod siqib chiqaradi va singdirish kompleksi vodorod bilan to’yinadi. Buning natijasida sho’rtob solodga aylanadi.
Solodlar g’arbiy Sibirda Dnepr, Don va boshqa daryolar vodiysida uchraydi. Solodlar ishqoriy muhitda vujudga keladi.
Vaqtlar o’tishi bilan o’rmonlar yo’qolib, ular o’rnida dasht o’simliklari paydo bo’lishi natijasida chirindiga boy qoramtir chimli tuproqlar paydo bo’ladi. Bu tuproqlardagi chirindi miqdoriga qarab solodlashgan o’tloq, solodlashgan sur tusli, solodlashgan och tusli, solodlashgan kashtan tuproqlar va boshqalar deb ataladi.
Sho’rtoblar va sho’rtobli tuproqlardadan qishloq xo’jaligida foydalanish hamda ularning meliorativ holatini yaxshilash.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, bu tuproqlarda reaktsiya ishqori tuproq fizik hossalari og’ir, suv-xova rejimi yomon bo’lganidan o’simliklar o’sishi qiyin, shuning uchun sho’rtob tuproqlarning ximiyaviy va fizikaviy xususiyatlarini yaxshilash uchun bu tuproqlarga gins solish tavsiya etiladi.

Download 26.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling