N. D. Dimo, shamol ta’sirida tuproq yuzasiga tuz to’planishiga katta e’tibor berib, bu xodisani impulverizatsiya deb atagan edi


Download 26.91 Kb.
bet1/5
Sana20.11.2023
Hajmi26.91 Kb.
#1787472
  1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'g\'iloy


Sho’rlangan tuproqlar - sho’rxoklar, sho’rtoblar va salodlar quruq iqlimli zonalarda tarqalgan bo’lib yer sharining 240 mln.ga, MDH mamlakatlarida 120,8 mln.ga jumladan O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarini 50% ga yaqinini, yangi o’zlashtirilgan yerlarning 75% har xil darajada sho’rlangandir. Sho’rlangan tuproqlar deb tarkibida qishloq xo’jalik o’simliklari uchun zararli miqdorda suvda oson eruvchi tuzlar saqlovchi tuproqlarga aytiladi. Sho’rlangan tuproqlar Qozog’iston, Markaziy Osiyo respublikalari va shimoliy-sharqiy Kavkaz hududlarida hamda Volgabo’yi quyi oqimi, Janubiy-Ukraina hududlarida tarqalgan. Sho’rlangan tuproqlar sho’rxoklar O’zbekistonda cho’l va bo’z tuproqlar zonasida -Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo bo’yi quyi oqimlarida hamda Farg’ona vodiysida, hozirgi va qadimgi daryo del’talarida ham uchraydi.
O’zbekistonni sug’oriladigan yerlarida sho’rlangan tuproqlar 1970,7 mingga, jumladan, kam sho’rlangani 1117,7 mingga, o’rtachasi - 611,2 mingga, kuchli sho’rlangani 241,6 ming gektarni tashkil etadi. Sho’rlanish natijasida har yili qariyb 500 ming tonna paxta kam olinadi.
O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda sho’rlangan tuproqlarni har tomonlama o’rganish borasida V.A.Kovda, V.V.Egorov, M.A.Pankov, A.M.Rasulov, O.K.Kamilov va boshqalarning xizmatlari kattadir.
V.A.Kovda, V.V.Egorov, M.A.Pankov, D.M.Kuchuchkov, A.M.Rasulov, O.N.Komilov va boshqalarning roli katta. Tuproqda tuzlarning paydo bo’lishiga ona jins tarkibidagi suvda eriydigan har-xil tuzlar sabab bo’ladi. Bu xildagi tuzlar ona jinslar ayniqsa O’rta Osiyo hududida ko’p uchraydi. Dengiz yoki kul sohillaridagi tuzli tuzonlarning shamolda uchib kelishi, tuproqlarning sho’rlanishiga sabba bo’lishi mumkin, bu ayniqsa Orol va Kaspiy dengizi atrofidagi rayonlarda ko’proq kuzatiladi. Meteorologik stantsiyalarning ma’lumotiga ko’ra cho’lda har yili bir gektar yerga o’rta hisobda 450-500 kg tuz kelib qo’shiladi.
N.D.Dimo, shamol ta’sirida tuproq yuzasiga tuz to’planishiga katta e’tibor berib, bu xodisani impulverizatsiya deb atagan edi.
Bundan tashqari tuproqda suvda eriydigan tuzlarning to’planishida biologik omillarning ham roli katta. Bunda asosan dasht va cho’llarda o’sayotgan galofit o’simliklarning roli katta.
Sug’oriladigan dehqonchilik rayonlarida tuproqning sho’rlanishiga sug’orish suvi tarkibida bo’lgan tuzlar ham sabab bo’lishi mumkin.
Tuproqning sho’rlanishi va sho’rxoklanishiga yerosti sizot suvlarining ham ta’siri katta. Sizot suvlarining tuproq ustki gorizontlariga kutariladigan va uni sho’rlantira oladigan chuqurligi sizot suvlarining kritik sathi deyiladi va u iqlimning quruqligi, gruntning mexanik tarkibiga va uning tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Odatda sizot suvlari 1,5-3 m dan tuproqning ustki qatlamlariga kutarila oladi.

Zararli tuzlarning kelib chiqishi manbai, tarkibi.
Sho’rlangan tuproqlarning kelib chiqishi to’g’risida hozirgi vaqtda 5 ta ilmiy faraziyalar bor:
Ona jins tarkibidagi suvda eriydigan har xil tuzlarni bo’lishligi. Bu sho’rlanish turi yangidan sug’oriladigan yerlarimizni noto’g’ri o’zlashtirishda sodir bo’lishligi.
Dengiz va ko’l sohillaridagi tuzli suv tuzanglarini shamol bilan uchirib kelishi, ekologik jarayonlarning yomonlashuvi, ya’ni Orol va Kaspiy dengizi atroflaridagi sho’rlangan tuproqlar, ya’ni shamol ta’sirida tuproq yuzasiga to’planishi kuzatiladi. Bu tuzlarni bir joydan ikkinchi joyga chang holda yoki atmosfera yog’inlari natijasida ko’chishini impulverizatsiya hodisasi deyiladi.
Ko’pgina suvda eriydigan tuzlar vulqonlar bilan otilib chiqishida gaz va bugp tarzida xlor, oltingugurt chiqib xlorid va sulfit tuz birikmalarini tashkil etishlari mumkin va bu tuzlar tuproqlarni sho’rlanishiga sababchidir.
Sho’rga chidamli o’simliklar yordamida, ya’ni biologik jarayonlar to’plami, ya’ni dasht va cho’l zonalarida o’sadigan galofit o’simliklar o’z ildizlari orqali chuqur qatlamlardan suvda erigan tuzlarni qabul qiladi - vaqtlari o’tishi bilan o’simlik qoldiqlari chirishi natijasida tuzlar ko’paya boradi. V.A.Kovda ma’lumotiga ko’ra, o’simlik qoldigpidan 1 gektar yerda 500 kg.gacha tuz yigpilishi aniqlangan.
Tuproqlarni sho’rlanishida va sho’rxoklanishida yer osti suvlarining ta’siri ostida ham bo’ladi. Bulardan tashqari, sug’orish suvi tarkibidagi bo’lgan tuzlar yigpilishi sabab bo’lishi mumkin. V.A.Kovda ma’lumotiga ko’ra, Mirzacho’lda sug’orish suvining minerallashgan 0,28 g/l., bo’lganda har gektariga 2 tonnadan ortiq tuz to’planishi aniqlangan.

Download 26.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling