N. D. Dimo, shamol ta’sirida tuproq yuzasiga tuz to’planishiga katta e’tibor berib, bu xodisani impulverizatsiya deb atagan edi


Download 26.91 Kb.
bet3/5
Sana20.11.2023
Hajmi26.91 Kb.
#1787472
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'g\'iloy

1,0-2,0

Sho’rxoklar

.>0,6

> 0,7

>1,0

>1,2

>0,8

>2,0

Tuproqlar sho’rlanish darajasiga ko’ra: sho’rlanmagan, kuchsiz sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan, kuchli sho’rlangan va sho’rxoklarga bo’linadi. Tuproqlarni sho’rlanish darajasiga qarab guruxlarga ajratishda, uning tarkibidagi suvda oson eriydigan tuzlarning umumiy miqdoriga va xlor ionining miqdoriga katta e’tibor beriladi.
Tuproqlarning sho’rlanish darajasiga va sifatiga ko’ra klassifikatsiyasi. (S.A.Kovda, V.V.Egorov va boshqalar).

Tuproqning sho’rlanish darajasi

sodda xloridli

soda sulfatli

sulfat-xloridli

xloridli sulfatli

xloridli

sulfatli

sho’rlanmagan

<0,15

<0,15

<0,2

<0,25

<0,15

<0,3

kuchsiz sho’rlangan

0,15-0,25

0,15-0,25

0,2-0,3

0,25-0,4

0,15-0,3

0,3-0,6

o’rtacha sho’rlangan

0,26-0,4

0,3-0,5

0,3-0,6

0,4-0,7

0,3-0,5

0,6-1,0



kuchli sho’rlangan

0,4-0,6

0,5-0,7

0,6-1,0

0,7-1,2

0,5-0,8

1,0-2,0

sho’rxoklar

>0,6

>0,7

>1,0

>1,2

>0,8

>2,0


Tuzlarning miqdori va taqsimlanish xarakteriga qarab 2 m chuqurlikdagi qatlamda tuzlarning umumiy miqdori 0,3 % dan, xlor esa 0,01 esa 0,01 foizdan ko’p bo’lmasa tuproq sho’rlanmagan hisoblanadi.
Sho’rlangan tuproqlar profilida tuzlarning miqdori va taqsimlanishiga ko’ra sho’rxoksimon, sho’rxokli tuproqlar va tipik sho’rxoklarga bo’linadi.
Sho’rxok tuproqlarda suvda oson eriydigan tuzlar juda xilma-xil bo’lishi mumkin, ammo ko’pincha bu tuzlar uchta kation Na, Mg, Ca va turtta anion Cl, So, Co, HSO larning tabiiy sharoitidagi har xil kombinatsiyalardan tashkil topgan quyidagi tuzlar hosil bo’lishi mumkin: NaCl, Na2SO4, Na2CO3, NaHCO3, MgCl2, MgSO4, MgCO3, Mg(HCO3)2, CaCl2, CaSO4, CaCO3, Ca (HCO3)2.
Tabiatda nitratli sho’rxoklar (KNO3, NaNO3) juda kam uchraydi. Bunday sho’rxoklar qadimgi shahar, qo’rg’on, karvon-saroy, qopylar yotadigan joylarda NaCl, CaSO4, Ca(HSO3)2, MgCl2, MgCl2, MgSO4, tuzlar bilan aralashgan xolda O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va boshqa jumxuriyatlarning, ayniqsa cho’l rayonlarida uchraydi.
Sho’rlangan tuproqlar klassifikatsiyasi. (Yu.P.Lebedev bo’yicha).
Tuproqda uchraydigan tuzlarni zararliliq darajasi bo’yicha quyidagicha joylashtirish mumkin:
Tuzlar Na2CO3 NaCl MgCl2 MgSO4 NaHCO3 Na2SO4
Zararlik
darajasi 10 5-6 3-5 3 1
Tuzlarning harakatchanligi va zararliligi ularning suvda erishiga bog’liq.
V.A.Kovda (1946) ko’p yillik tadqiqotlarni umumlashtirib, sho’rlanish tipiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi turtta viloyatni ajratdi:
1. Tuproqlarning xlorli sho’rlanish viloyati.
2. Tuproqlarning sulfat-xlorli sho’rlanish viloyati.
3. Tuproqlarning xlor-sulfatli sho’rlanish viloyati.
4. Tuproqlarning sulfat-sodali sho’rlanish viloyati.
Ekinlarning rivojlanishiga sho’rlanishning ta’siri. Tuproqlarning sho’rlanishi - ekinlar hosilini keskin raivshda kamaytirib yuboradi. Kuchli sho’rlangan yerlarda esa o’simliklar butunlay usmay,nobud bo’ladi.
Sho’rlangan tuproqlarda o’simlik xujayralariga suvning utishi sekinlashadi, chunki tuzlar tuproq eritmasining kontsentratsiyasini ancha oshiradi. Bunda tuproq “quruqlik” degan xodisa vujudga keladi, chunki tuproq eritmasining osmatik bosimi xujayra shirasining osmotik bosimiga qaraganda kattarok bo’lganligi tufayli, suvni kuchli tutib turadi va undan o’simlik foydalana olmaydi.
Sho’rlangan tuproqlarda tuzlarning dastlabki ta’siri urug’ning burtishi va usishidan boshlanadi va pishib yetilguncha davom etadi.
V.A.Yurigin ma’lumotiga ko’ra chigitning bukishi tuproqdagi tuzlar kontsentratsiyasining ortib borishi bilan keskin pasayadi, tuzlarning kontsentratsiyasi 8,5 g/l dan ortsa, urug’larning bo’rtishi to’xtaydi va ular unib chiqmaydi.
Sho’rlangan tuproqlarda qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi, sifati keskin kamayadi va yomonlashadi. Kuchli sho’rlangan yerlarda o’simliklar o’smay, nobud bo’ladi.

Sho’rxok va sho’rxoklangan tuproqlar melioratsiyasi.
Sho’rlangan tuproqlar melioratsiyasi - birinchi navbatda suvlardan to’g’ri foydalanish, zovur va kollektorlarning ishini yaxshilash, doimiy sizot suvlari oqib turishi kerak, tuproqdagi zararli tuzlarni yuvish, paxta-don-beda almashlab ekishni joriy qilish, organik va mineral o’g’itlardan oqilona foydalanish, dalalar atrofiga ixota daraxtzorlar barpo qilish - bu tuproqdan suvning bug’lanishini sekinlashtiradi, natijada sho’rlanish kamayadi.
Sho’rtoblar va sho’rtobli tuproqlar asosan kashtan tuproqlar zonasida keng tarqalgan, umumiy maydoni MDH jumhuriyatlarida 40 mln.gektrga yaqin. Sho’rtoblar deb illyuvial qatlamining tarkibida ko’p miqdorda singdirilgan Na kationi, ba’zan Mg saqlovchi tuproqlarga aytiladi. Sho’rtoblarni, sho’rxoklardan farqi - sho’rtoblarda suvda tez eriydigan tuzlar, sho’rxoklardek tuproq ustki qatlamida emas, balki biroz chuqurroqda saqlangan bo’ladi. Sho’rtoblarni kelib chiqishi to’g’risida bir qancha nazariyalar mavjud. Akademik K.K.Gedroyts sho’rtoblarni kelib chiqishini, sho’rxoklardan natriy tuzlarini yuvilishidan paydo bo’lganligini tasdiqlaydi; ya’ni natriyli tuzlarni ko’p saqlaydigan tuproqlarda natriy singdiruvchi kompleksdagi kaltsiy va magniyni asta-sekin siqib chiqaradi. K.Gedroyts bu jarayonni o’zining ko’p yillik eksperimentlari asosida tasdiqlagan. Akademik K.Gedroyts ta’limotiga ko’ra sho’rxoklarni - sho’rtoblarga aylanishi, barcha tuzlarni 70% dan ko’progpi natriy tashkil qilganda ro’y berishligini ham ko’rsatgan. V.R.Vil’yams sho’rtoblarning paydo bo’lishida asosan biologik nazariyaga asoslangan, ya’ni tuproqdagi natriy tuzlarining asosiy manbai shuvoq, sho’ra, kermek va boshqa galofitli o’simliklar hisoblab, bu o’simliklar parchalanib, ko’p miqdorda tuzlar, shu jumladan soda hosil bo’lishini ko’rsatgan suvda oson eriydigan tuzlarning ko’payishi singdiruvchi kompleksning natriy bilan to’yinishiga olib keladi va natijada sho’rtoblanmagan tuproq asta-sekin sho’rtobga aylanishini tasdiqlagan.
V.A.Kovdani fikricha sho’rtob tuproqlar hosil bo’lishida sho’rxok bosqichini o’tmasdan ham paydo bo’lishini isbotlagan. Uning fikricha tuproq eritmasida soda bo’lishligi, ayrim vaqtlarda eritmada soda kam miqdorda bo’lsa ham singdiruvchi kompleks natriy bilan to’yinishiga bog’liqligini ko’rsatgan. Samarqandlik olimlar prof. Kuguchkov, P.Uzoqovlar sug’oriladigan tuproqlarda singdirish kompleksidagi magniy kationini ta’sirida tuproq zichligi va ishqoriyligi ko’tarilib kollond zarrachalarni pastki qatlamga siljishi sodir bo’lishi va natijada pastki sho’rtobli qatlam hosil bo’lishligini aniqlashgan. Bunday tuproqlarning suv-fizik hossalari yomonlashgan:

Download 26.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling