N. D. Dimo, shamol ta’sirida tuproq yuzasiga tuz to’planishiga katta e’tibor berib, bu xodisani impulverizatsiya deb atagan edi


Download 26.91 Kb.
bet5/5
Sana20.11.2023
Hajmi26.91 Kb.
#1787472
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'g\'iloy

Bir gektar yerga solinadigan gins miqdori singdirish kompleksidagi Na miqdoriga qarab quyidagicha tavsiya etiladi.
O’tloqi sho’rtoblarga -1ga 8-10 t. O’tloqi cho’l zonasidagi 3-5 t/ga.
Gips solingan tuproqda quyidagi reaktsiyaga qarab gips tarkibidagi Ca Na ni siqib chiqaradi.

2Na Ca++
SK +2 CaSO4 +CK +2Na2SO4

2 Na Ca++

Bulardan tashqari, agrotexnik tadbirlar sho’rtobli qavat ag’darib chuqur haydash, ildizi chuqur ketadigan o’tlar ekish, organik va kislotali mineral o’g’itlar solish tavsiya etalida.

O’zbekistonda sho’rlangan tuproqlarning hozirgi ahvoli va ularning genezisi va geografik tarqalishi.
Sho’rtoblar deb, illyuvial qatlamining tarkibida ko’p miqdorda singdirilgan xolatdagi almashinuvchi natriy, ba’zan esa ancha miqdorda singdirilgan magniy ham saklovchi tuproqlarga aytiladi. Ularning profilida genetik qatlamlari esa keskin tabakalashgan bo’lib, agronomik xossalari noqulayligi bilan ajralib turadi. Sho’rxoklardan farqli ularok sho’rtoblarda suvda oson eriydigan tuzlar eng ustki qatlamda emas, balki biroz chuqurroqda saqlangan bo’ladi.
Sho’rtoblar profili paydo bo’lish jarayonida yaqqol ajralib turadigan bir necha gorizontlarga tabakalangan A1 - chirindi (gumusli)- ellbvial gorizont, rangi to’q kulrang (qora tuproqda), qo’ng’ir - kulrang (kashtan tuproqlarda), ancha g’ovak tuzilishli. palstinkasimon qatlam-uvoqli strukturali yoki strukturasiz, qalinligi 2-22 sm bo’ladi.
V1 - sho’rtob (illyuvial) gorizont. Eng zich, yaqqol ifodalangan ustunli prizmatik, yongoksimon yoki palaxsali, strukturali va struktura bulaklarining yonida yaltirab turuvchi to’q qoramtir rangdagi chirindi - mineral birikmalar pardasi bor, qalinligi 7-12 sm-25 sm va undan ortiq.
Vk - illyuvial karbonatli gorizont, och qo’ng’ir rangda,
Vk - qatlamga nisbatan kamroq zichlangan.
S- turli tuman yotqiziqlardan iborat ona jins bo’lib, tarkibida gips va turli suvda oson eriydigan tuzlar mavjud.
Sho’rtoblarning kelib chiqishi haqida bir qancha nuqtai-nazar mavjud.
Akademik K.K.Gedroyts ta’limotiga ko’ra, sho’rtoblar natriy tuzlari ko’p bo’lgan sho’rxoklarning yuvilishidan paydo bo’lgan.
V.V.Vil’yams sho’rtoblarni paydo bo’lishida biologik nazariya’ni ilgari surdi. Bu nazariya bo’yicha tuproqdagi natriy tuzlarining asosiy manbai-shuvoq, sho’ra. kermek va boshqa golofitli o’simliklar hisoblanadi.
Keyingi yillarda V.A.Kovdaning kuzatishlari sho’rtob tuproqlar sho’rxok bosqichini o’tmasdan ham paydo bo’lishini isbotladi.
N.P.Panov, N.A.Gonchareva, P.U.Uzoqov va boshqalarning ma’lumotlariga ko’ra singdirilgan magniy miqdori singdirilgan asoslar yig’indisidan 40% va undan ko’p bo’lganda, tuproqlarning sho’rtoblanishi sodir bo’ladi.
Klassifikatsiyasi. 1.Sho’rtob tuproqlar sho’rlanish xarakteriga ko’ra sodali, soda-sulfat-xloridli va xlorid-sulfatli sho’rtoblarga ajraladi.
2.Sho’rtoblanish darajasiga ko’ra quyidagi 5 gruppaga bo’linadi:

Sho’rtoblanish darajasiga ko’ra tuproq nomi

Singdirish sig’imiga nisbatan singdirilgan natriy miqdori (% hisobida)

Sho’rtoblar
Kuchli sho’rtoblar
O’rtacha sho’rtoblar
Kuchsiz sho’rtoblar
Sho’rtoblanmagan tuproqlar

>30
20-30
10-20
5-10
< 5


3. Sho’rtoblar sizot suvining chuqurligiga ko’ra 3-gruppaga: o’tloqi sho’rtob (sizot suvining chuqurligi 5 m gacha): o’tloqi-dasht, sho’rtob (sizot suvining chuqurligi 5-8 m) va dasht sho’rtobga (sizot suvi 8 m dan chuqur) bo’linadi.
4. Sho’rtoblar tuzli qatlamning chuqurligiga ko’ra, sho’rtob, sho’rtobsimon va sho’rtobli xillarga bo’linadi.
5. Sho’rtoblar A gorizonti qalinligiga ko’ra, qatqaloqli, yuza ustunsimon, o’rtacha ustunsimon va chuqur ustunsimonga ajratiladi.
Sho’rtobli tuproqlarda singdirilgan natriy miqdori ko’pincha hamma kationlarning 30-80 % ni va undan ham ko’progini tashkil qiladi.
Download 26.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling