N. F. Dobrinin tomonidan kiritilgan. Diqqat chalg‘ishi ma’lum bir faoliyat ja rayonida diqqatning bir obyektdan boshqa bir obyektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishidan iborat salbiy xususiyati


Download 25.4 Kb.
bet4/5
Sana26.01.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1124452
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to

Diqqatning barqarorligi
Diqqatning barqarorligi bu - diqqatning muayyan maqsadga bo‘ysindirilgan faoliyatda uzoq vaqt markazlashib turishidir. Diqqatning barqarorligi ishda umumiy maqsadga intiluvchanlik saqlangan holda obyektlar va faoliyat xarakterining almashinib turishini talab qiladi. Diqqat barqarorligini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha shartlariga rioya qilish o‘quvchilaming o‘quv ishlari jarayonida chalg’ishlarini bartaraf qilish uchun juda muhimdir. Chalg’ish diqqatning barqarorligiga qarama-qarshi bo’lgan holatdir. Bu diqqatning zarur faoliyatdan ixtiyorsiz ravishda chetga og’ishi demakdir. Diqqatning barqarorligini uning ko‘chuvchanligi va turlicha tebranishi bilan birgalikda o'rganish va tarbiyalash lozim. Diqqatning ko‘chishi bu faoliyat maqsadining o‘zgarishi bilan diqqatning bir obyektdan ikkinchisiga o‘tishi demakdir. Masalan, dars davomida o‘quvchilar o‘qituvchining tushuntirishini eshitib turib, asta-sekindiqqatlarini masalani yechishga qaratadilar bir masalani yechib turib, boshqasiga ko‘chiradilar va hokazo.
Diqqatning ko‘chuvchanligi va chalg‘ishini uning beqarorligi bilan chalkashtirish mumkin emas. Bir necha minut davomida diqqat bilan soatning chiqqiliashini eshiting yoki tomir urishini sanab ko‘ring bir oz vaqtdan keyin diqqatingiz bir necha chiqillashni tushurib qoldiradi, ya’ni tebrana boshlaydi.
Diqqatning tebranishi bu diqqatning muayyan obyektga yana qaytishi yoki kuchayishiga bog’liq holda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli chalg‘ishi yoki bo‘shashidir.
Diqqatning jamlanganligi
Diqqatni jamlash - bu jadallik yoki konsentratsiya darajasidir. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, uning intensivligi, asosiy ko‘rsatkich, folcusi, ruhiy yoki ongli faoliyatini jamlaydi.
A.A.Uxtomskiy diqqat miya qobig‘ida qo‘zgalish va dominant markazidagi faoliyatning o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Xususan, konsentratsiya bu bir vaqtning o‘zida dominant bilan bog‘liq qo‘zg‘alish va miyaning qolgan hududlarida tormozlanish deb hisoblanadi.
Diqqatning taqsimlanishi - bir vaqtning o‘zida turli obyektlar ma’lum bir qatorda diqqat ushlab turilib bir odamning qobiliyati bilan diqqat tajribasini tushunishdir. Bu qobiliyat diqqat sohasida ulami tutib, bir vaqtning o‘zida bir necha harakatlami amalga oshirish imkonini beradi. Misol uchun, Rim hukmdori Yuliy Sezar
bir vaqtning o‘zida bir necha ishni qilish imkoniga ega bo‘lgan: bular ko‘rish, yozish, eshitish va buyruq berish. U
shunchaki diqqatni o‘zgartirish imkoniga ega boigan. Lekin bu zamondoshlarida katta taassurot qoldirgan.
Biroq, hayot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inson bir vaqtning o‘zida faqat bitta amaliyotni bajara olish imkoniyatiga ega. Shu isbotlandiki, birkishi bir vaqtning o‘zida beriladigan ikkita mashqlar haqida o‘ylashi mumkin emas. Biroq, ba’zan inson bir vaqtning o‘zida ikkita ishni amalga oshirishi mumkin, agarda bunday hollarda operatsiyalar
turlaridan biri to‘liq avtomatik amalga oshirilsa va diqqat talab qilmasa, aks holda bunaqa operatsiyani bajara olmaslik mumkin.

Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling