N. F. Dobrinin tomonidan kiritilgan. Diqqat chalg‘ishi ma’lum bir faoliyat ja rayonida diqqatning bir obyektdan boshqa bir obyektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishidan iborat salbiy xususiyati


Download 25.4 Kb.
bet5/5
Sana26.01.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1124452
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to

Diqqatning fiziologik asoslari
Fiziologik diqqat ruhiy jarayonlar bilan birga nerv markazlari orqali ishlaydi. Vizual eshituv va boshqa histuyg‘ular, idrok, shuningdek harakat kabilar orqali fiziologik diqqat miya yarim sharlari po‘stlog‘ida muayyan
qismlarining faoliyati bilan bog‘liq, biroq uni amalga oshirish uchun hech qanday maxsus nerv markazi mavjud
emas. Ruhiy holatlaming aniq markaziy qismi bo‘lmasa-da ko‘rish qobiliyati eshitish qobiliyatiga nisbatan bosh miyaning boshqa qismlari bilan bog‘liq, huddi shu kabi oyoq va qo‘l harakatlari ham gapirish qobiliyatiga nisbatan bosh miyaning boshqa burchagida joylashgan.
Oliy asab faoliyatini o ‘rganishda bosh miya po‘stlog‘ining turli sohalarida nerv markazlari hech qachon bir vaqtning o‘zida bir xil qo‘zg‘algan yoki cheklangan holda bo‘lmaydi. Agar biz u yoki boshqa faoliyat bilan bog‘liq miya qobig‘idagi fiziologik jarayonlarni nazorat qilishimiz mumkin bo‘lganida, unda biz har vaqtda bosh miyaning u yoki bu qismidagi doimiy optimal bo‘lgan va boshqa qismlari esa kuchsizlangan holatda bo‘lgan jarayonni kuzatgan bo‘lardik. “Agar bosh suyagi qopqoq bilan miya yarim sharlarini ko‘rish mumkin bo‘lganda, insonni fikrlayotgan vaqtida uning miya yarim sharlaridagi doimiy shakli va nihoyatda tartibsizligi, hajmining o‘zgaruvchanligi harakatlarini kuzatgan bo‘lardik” (Pavlov).
Miyaning burchak qismlarida farqlashni hosil qiluvchi yangi reflektorlar osongina hosil boiadi, bu ruhiy holatdagi aniqlik va muvaffaqiyatlilikni anglatadi. Maksimal qo‘zgalishdagi miya yarimsharlarining qismi ijodiy qism hisoblanadi. Ular doimo olingan holatlarga qarab miya bo‘ylab harakat qilishadi shu sabab, ular doimo, hajm o‘zgarishiga ko‘ra, asosan miyaning sust boigan qismlarida harakat qiladi.
Diqqat fiziologik mexanizmlami tushuntirishda ilgari surilgan tamoyil mashhur Uxtomskiyning dominantlik tamoyilidir. Zamonaviy ilmiy m a’lumotlarga ko‘ra miya va boshqa miya tuzilmalarida hayotni tiklash jarayonida diqqatning ahamiyati juda katta.
Diqqatning tanlovchanligi.
Ongimizda ayni bir vaqt mobaynida qancha axborot almashiladi?
Diqqat bizning ongimizni yoritkich nurlariga o‘xshab ketadi va ong atrofdagi m aium bir cheklangan jismlarga o‘z diqqatini qaratadi. Inson jismlami to‘xtovsiz qabul qilishi jarayonida, birinchi idrok qilingan holat boshqalarga almashib ketaveradi. Olimlaming hisob-kitoblariga qaraganda, insonning beshta sezgisi sekundiga 11.000.000 bit axborotni ongli ravishda qabul qilar ekan va bu jarayon haqida Vilson 2002-yilda maiumot bergan. Ongning behush holatida 10.999.960 bit axborotdan foydalanar ekanmiz. Bunga misol, siz biror-bir gapni o‘qib turib oyoqlaringizga poyabzalni kiya olmaysiz. Diqqatiningizni Neker kubga qarating va bu rasmni siz turlicha idrok qila olasiz. Misol qilib, doiralami olsak, biz ularni turli holatda idrok qilishimiz mumkin. Ularning ichidan bir nechtasi bir xil boiishi mumkin, biroq bizning diqqatimiz ularga birin-ketin qaratiladi.
Psixologlar fikricha, sezish jarayoniga kirish psixik faoliyatnitushunishdagi eng birinchi qadam hisoblanadi. Bizning miya faoliyatimiz sezgan narsalarimizni aniqlab beradi. Shu bilan birga, bizning sezish qobiliyatlarimiz turli chiziqlami, burchaklarni va ranglarni anglashga yordam beradi.
Tabiat sezish qobiliyatini har narsaga in’om etadi. Sensor tizimi organizmga eng kerakli ma’lumotlami topa olish imkoniyatini beradi. Qurbaqa uchadigan hasharotlar bilan oziqlanadi. Bunga sabab, qurbaqaning ko‘zida faqat mayda va harakatlanayotgan qora va oq ranglar signalini sezuvchi retseptor hujayralarining joylashganligidir. Agar, shunday bo‘lmaganida, ko‘plab hasharotlar orasida bo‘lishiga qaramasdan, qurbaqa ochlikdan nobud bo‘lishi mumkin edi, biroq, qurbaqaning “detektor” hujayralari qisqa lahzalarda harakatlanayotgan obyektni payqaydi.
Atrof-muhitda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalami biz sezgi organlarimiz orqali qabul qilamiz. Bizning quloqlarimiz eng sezgir organ bo‘lib, atrofimizdagi olamdan biz uchun eng muhim tovushlarni qabul qilamiz. Tovush chastotalari orqali inson ovozini, chaqaloq yig‘isidan farqlaymiz. Insoniyat tajribasi natijasida hayvonlarda ham sezish qobiliyati aniqlangan. Ko‘chib yuruvchi qushlar ichki sezgisi orqali qayer qolish uchun munosib joy ekanligini biladi. Ko‘rshapalak va delfinlar esa o‘ljasini qayerdan osonroq tuta olishiga qarab joy tanlashadi. Bulutli lcunlarda asalarilar o‘zlari uchun ma’lum quyosh nurini hosil qila oladilar. 0‘ylab ko‘ringchi, nega biz har doim atrofimizdagi narsalami diqqat bilan kuzatamiz. Chunki bizning ko‘zlarimiz shunga moslashgan.
Sezgi psixik jarayonlaming boshlang‘ich darajasi hisoblanadi. Faqat sezgi jarayoni orqali m a’lumotlar bizning ongimizga kirib keladi. Sezgi faqat “signallar” tizimi deb e’tirof etilsa xato bo‘ladi. Ular narsalaming subyektiv xususiyatlarini ham aks ettiradilar. Sezgi tufayli bizda obyektiv dunyoning subyektiv obrazi paydo bo‘ladi. Bu
obyektiv dunyoning subyektiv obrazi insonga tashqi muhitga moslashish imkoniyatini beradi.
Ko‘p yillar davomida bizning sezgilarimiz passiv jarayon hisoblangan. Organizmga qandaydir qo‘zg‘atuvchi yetib keladi, u periferik organ orqali qabul qilinib sezuvchan nervga uzatiladi va po‘stloq ostida to‘xtaydi, bu bosh miya po‘stlog‘iga yetib keladi. Sezgi jarayoni shu konsepsiya nuqtayi nazaridan passiv hisoblanadi, bu retseptor nazariyasi deb nomlanadi.
Biroq hozirgi kunga kelib bu nazariya yetarli emas, sezgi jarayoniga faol jarayon sifatida yondashish kerak. Inson psixikasida passiv jarayonlar bilan bir qatorda faol jarayonlar ham mavjud. Hamma psixik jarayonlar reflektor jihatdan qurilgan. I.M.Sechenov teri tuyish jarayoni faol paypaslash jarayonida vujudga keladi degan fikrga kelgan. Xuddi shu holatni ko‘rish sezgisida ham kuzatishimiz mumkin.
Ko‘rish sezgilari retseptor passiv jarayon hisoblanadi, nurlar ko‘z pardasiga tushadi, to‘r pardada qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi, shundan so‘ng qo‘zg‘alish miya po‘stlog‘iga yuboriladi va passiv ravishda qabul qilinadi.
Kishidagi sezgilar haqida gapirganimizda adaptatsiya tushunchasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. Adaptatsiya - moslashuv bo‘lib, sezgi organlari sezgirligining qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida o‘zgarishi demakdir. Adaptatsiyaning quyidagi turlari farqlanadi:
Sensor adaptatsiya nima?
Siz qo‘shni xonaga kirganingizda noxush hidni sezdingiz. Bu yerdagilar bu hidga qanday chidayotganliklariga hayron qoldingiz. Biroz vaqt o‘tgach, bu hidni payqamay qo‘ydingiz. Sensor adaptatsiya (moslashuv) - bu sizning oldingi holatingiz o‘zgarmagan holda keyingi holatga kirishish jarayonidir. (Bu holat siz qo‘l soatingizga qarab olgan vaqt davomida sodir bo‘ladi-yu, siz buni bir necha soniyalargina his qilasiz. Holatga moslashganimizdan so‘ng nerv hujayralarimizda o‘sha holatga moslashish hissi uyg‘onadi.)
Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling