N. I. Saidaxmedova Nizomiy nomidagi tdpu "Ta’lim menejmenti" kafedrasi mudiri, I f. d. (DSc), dotsent
Download 319.11 Kb.
|
UMK Tizimli menejment nazariyasi
2.Funktsional menejment.
Funktsional menejment – bu tashkilotning shunday boshqaruviki, bunda tashkilotning asosi, tayanchi inson salohiyati deb qaraluvchi, ishlab chiqarish faoliyatini iste’molchilarning ehtiyojlariga mo’ljallovchi, tashqi kommunikatsiyaning chaqiruviga javob beruvchi va raqobatda ustunlikka imkon beruvchi jarayonlarning umumlashganligi tashkilotga maqsadlariga erishishni va uzoq muddatli istiqbolda yashab qolish imkoniyatlarini beradi. Ma’lumki, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish yoki tashkiliy strategiyani ishlab chiqarish yoxud tadqiqotlarni amalga oshirish strategiyalarini ishlab chiqishda albatta uzoq muddatli strategik reja tuziladi. Bu strategik rejani amalga oshirish esa, qisqa muddatli – taktik rejalar orqali bajariladi. Menejmentning strategiyasini tushunib olishning murakkabligi shundan iboratki, strategik menejmentda ichki va tashqi tomonlar mavjud. Bu tomonlarni tushunib olish uchun strategik menejmentning mazmunini bildiruvchi omillarni keltiramiz. Ular quyidagilar: • firma biznesining bosh maqsadlari va vazifalarini aniqlash; • firmaning tashqi muhiti tahlili; • firmaning ichki sharoiti va vaziyati tahlili; • firmaning strategiyasini tanlash va ishlab chiqish; • diversifikatsiyalashgan firma portfelining tahlili, uning tashkiliy tarkiblarini loyihalashtirish; • boshqaruv tizimida integratsiya darajasini tanlash; • «strategiya-tarkib-nazorat» majmuasida boshqarish; • firmaning alohida sohadagi siyosati va muomala me’yorlarini aniqlash; • firma strategiyasi va natijalarida qarama-qarshi, teskari aloqalarni ta’minlash; • strategiyani, tarkibni, boshqaruvni takomillashtirish. Innovatsion menejment – tamoyillar, usullar va shakllarni umumiylashtirib innovatsion jarayonlarni, innovatsion faoliyatlarni, bu faoliyatlarda band bo’lgan tashkiliy tarkiblarni va personalni boshqarish. Innovatsion menejment ishlab chiqarishni tashkil etish bilan iste’molchilar o’rtasida istiqbolli mahsulotlar va xizmatlarga bog’liq faoliyatlarni samarali boshqarish jarayonlariga yordam beradi. Innovatsion menejmentning boshqaruv ob’ekti ilmiy ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlarga va boshqaruv organlariga innovatsiyani joriy qilish jarayonlari hisoblanadi. Innovatsion menejment boshqaruvi o’ziga xos xususiyatlarga va murakkabliklarga ega. Bu o’ziga xoslik va murakkabliklar quyidagilardan iborat. Bilamizki, qoida va talab bo’yicha tashkilotga va uning boshqaruviga yangi yondoshuvlar va yangi g’oyalarni izlash maxsus texnik va iqtisodiy bilimlarni talab qiladi; innovatsiyani amalga oshirish uchun innovatsion loyiha ishlab chiqish kerak. Innovatsion menejer ilmiy-texnik va iqtisodiy-ruhiy salohiyatga, iqtisodiy–muhandislik bilimlariga ega bo’lishi, malakali iqtisodchi bo’lishi, yangiliklar bozorida ishlashga, yangiliklarning samaradorligini baholash qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Innovatsion menejerning bosh maqsadi – firmaning faoliyat davridagi xavf-xatarni pasaytirish va xodimlar uchun komfort (qulay) ish sharoitlarini yaratishdan iborat: • rejalashtirish: strategiyani amalga oshirish rejasini tuzish; • tashkillashtirish va sharoitni aniqlash; innovatsiyaning har-xil fazalarini joriy qilish uchun resurslarga ehtiyojlarni aniqlash, xodimlar oldiga vazifalarni qo’yish, ishni tashkil qilish; • bajarish: ishlanmalar va tadqiqotlarni amalga oshirish, rejani joriy qilish; • rahbarlik: tahlil va nazorat, harakatlarni to’g’rilash; tajribalarni to’plash; innovatsion loyihalarning samaradorligini baholash; innovatsion boshqaruv qarorlarini qabul qilish; yangilikni joriy qilish. Xalqaro menejment. Menejment turi hisoblanib, uning bosh maqsadi turli mamlakatlardagi biznesning boshqarilishi va ulardagi iqtisodiy, demografik, madaniy va boshqa o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarni va davlatlararo o’zaro hamkorlikni o’rganish imkoniyatlari hisobiga raqobatbardoshlikda ustunliklarga erishishni shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi. Xalqaro menejmentning tarkibi milliy menejment tarkiblariga o’xshash bo’lishi kerak va o’z tarkibiga firma biznesidagi boshqarishni xalqaro miqyosda rivojlantirishga asos bo’luvchi quyidagilarni ham qo’shishi lozim: • tadqiqotlaratining samaradorligi masalalari (personalni, ishlab chiqarishni, marketingni, u, tashkilotning ichki muhiti va biznesning tashqi muhitini tahlil qilish va baholash; • kommunikatsiya jarayonlari va qarorlar qabul qilish (modellar va usullarni qo’shish hisobidan); • boshqaruvning tayanch funktsiyalari (strategik rejalashtirish va strategiyani amalga oshirish; tashkillashtirish; motivatsiya; muvofiqlashtirish va nazorat); • rahbarlik va guruh dinamikasi masalalari; • firma faoliy numdorlikni boshqarish). Savdo menejmenti. Savdo inson hayotidagi eng qadimiy va eng muhim faoliyat hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy sharoitda savdo har qanday davlatning iqtisodiyot sohalarida, personalning bandligi miqdori jihatidan ham, faoliyatlar hajmining kattaligi jihatidan ham eng yuqori o’rinlarda turadi. Savdo korxonalarining faoliyati har bir insonning ehtiyojlarini har kuni qondirish talablari bilan bog’liq. Bu talablarni bajarish uchun tashkiliy – texnologik, iqtisodiy va moliyaviy xususiyatlarga ega bo’lgan juda ko’p omillar va savolarga javob berishga to’g’ri keladi. Savdo korxonasining boshqaruv faoliyati murakkab jarayonlardan iborat. Savdo menejmentining (SM) turli xil usullari yordamida boshqaruv qarorlarini amalga oshirish savdo korxonalarining faoliyati bilan uzviy bog’langan. Hozirgi vaqtda savdo – tadbirkorlik faoliyatlari yo’nali- shida va mehnat qilish sohasida o’zining rivojlanishidagi yangi tezkorlikga ega bo’lib bormoqda. Bunga juda ko’p yang tad- birkorlar o’zlarining xususiy va boshqa turdagi korxonalarni tashkil qilish yo’li bilan kirib kelmoqda. Bu korxonalarning menejerlari har kuni, har soatda ko’plab tashkiliy iqtisodiy- moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Ko’p holatlarda u asta-sekinlik bilan tajriba oshirib, bu muammolarni “sinov va xatolar”ga boy bo’lgan shaxsiy usullari bilan yechishga majbur bo’ladi. Bugungi kunda savdo korxonasini boshqarish komp`yuterlashgan eng yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanishga shuningdek, oldingi amaliyotimizdagi noan’anaviy moliyaviy vositalardan, erkin bozor sharoitlaridagi mexanizmlardan foydalanishga asoslangan. Download 319.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling