N. I. Saidaxmedova Nizomiy nomidagi tdpu "Ta’lim menejmenti" kafedrasi mudiri, I f. d. (DSc), dotsent
Vaziyat «XXXXXX va «UUUUUUUU» elektrobritvasi»
Download 319.11 Kb.
|
UMK Tizimli menejment nazariyasi
Vaziyat
«XXXXXX va «UUUUUUUU» elektrobritvasi» «Remington Products» korporatsiyasi «Remington» nomli elektrobritvalarni ishlab chiqaradi. 1940 yillarning oxiridan 1960 yillarning oxirlarigacha kompaniya eng yaxshi sifatli elektrobritva ishlab chiqarish reputatsiyasi tufayli o`sib gullab yashnab keldi. «Remington Products» kompaniyasi «Sperry Rand» xolding konglomeratining bir qismi bo‘lsa ham, uni korporatsiyaning asoschisi boshqarar edi. 1967 yilda kompaniyaning birinchi egasi nafakaga chikdi va uning o‘rnini yangi mahsulotni yaratishni juda hohlagan muhandis Morri Tom egallab oldi. 12 yil davomida ukorporatsiyaning barcha harakatlarini mahsulotni takomillashtirishga yo‘naltiri bbordi. Elektrobritva modeliga xar 6 oyda o‘zgartirishlar kiritib bordi. Ba’zan bu o‘zgarishlar shunchalik ahamiyatsiz bo‘lar ediki, iste’molchilar ularni hatto payqashmasdi ham. Asosiysi, shunday vaziyatda xam yangi mahsulotni joriy kilish uchun, kompaniya oldingi modelni ishlab chiqarishni to‘xtatar edi. CHakana savdo xodimlari «Remington» elektrobritvalar bo‘yicha Tovar zaxiralarini saqlab turishga ko‘rkishar edi, chunki Modellar taxminan bir sutkada eskirib borar edi. Elektrobritva bozoridagi kompaniyaning vaziyati sustlashib bordi va bu tendensiya bir qancha yillar mobaynida davom etib bordi. 1979 yilda Viktor Kiam «Sperry Rand» dan «Remington»ni sotib oldi. V.Kiamning xotini unga «Remington» elektrobritvasini sovg‘a qilgandan so‘ng, u «Remington Products» kompaniyasini saqlab qolishga arziydi degan xulosaga keldi. Amaliy jihatdan elektrobritvalar bilimdoni bo‘lgan Viktor Kiam «Remington» elektrobritvalariga boshqa hech qaysi elektrobritvalar tenglasha olmasligini anglab yetgandi. Kiam «Remington Products» kompaniyasining egasi bo‘lgandan keyin, u kompaniya faoliyatiga jiddiy o‘zgarishlar kiritdi. Birinchi navbatda, u uzoq yillar mobaynida birga ishlagan turli kompaniyalardagi rahbarlarni bir guruhga to‘plab, aynidamda «Remington»ning oldingi rahbarlarini bo‘shatib yubordi. SHundan so‘ng, kelajakda ishlab chiqarishni qisqartirishni ko‘zlab qo‘ydi: ishlab chiqarishdagi to‘rt boshqaruvchidan uchtasini bo‘shatdi va bir qancha muhandislardan voz kechdi. Kompaniyaning ishiga «tezlik va samaradorlik» ruhi berilgandan so‘ng, Kiam kompaniyaning etika normalarini o‘zgartirishga kirishdi. Kiam bo‘shatishni xoxlamagan ko‘pgina xodimlar bunday o‘zgarishlarga chiday olmasdan, o‘z hohishlari bilan kompaniyadan ketib qolishdi. Bu xavfli tendensiyani to‘xtatib qolish uchun Kiamning kompaniyani rivojlantirish borasidagi rejalari xodimlarga ma’lum qilib borildi va barcha xodimlar rag‘batlantirish dasturining ishtirokchilariga aylanishdi. Tashkilot qandaydir darajada barqarorlashtirilgandan so‘ng e’tibor yana elektrobritvaga qaratildi. Undan xromlashtirilgan detallar va ortiqcha yuk bo‘lgan tashqi qo‘shimchalar olib tashlandi, lekin uning ishlashi unchalik yaxshilanmadi. YAxshilangan dizayn elektrobritvani ishlatish uchun qulay, asosiysi arzon edi, shuning uchun tannarxni iqtisod qilish iste’molchi foydasiga xal bo‘ldi. CHakana savdo xodimlarini mahsulot nomenklaturasining barqaror qolishi va buyurtmalar 24 soat davomida bajarilishiga ishontirishdi. «Remington Products» kompaniyasining rivojlanib ketishiga, shuningdek, qulay charm g‘ilof va pulni qaytarib berish kafolati kabi boshqa marketing inovatsiyalari ham yordam berdi. Download 319.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling