N. I. Saidaxmedova Nizomiy nomidagi tdpu "Ta’lim menejmenti" kafedrasi mudiri, I f. d. (DSc), dotsent


Download 319.11 Kb.
bet39/46
Sana13.09.2023
Hajmi319.11 Kb.
#1676350
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
Bog'liq
UMK Tizimli menejment nazariyasi


Keys


PEDAGOGIK ANNOTASIYASI
O‘quv predmeti: Menejment
Mavzu: Etakchilik sifatlari nazariyasi
Keysning asosiy maqsadi:
Etakchilik sifatlari nazariyasi bo‘yicha etakchilik xulqi konsepsiyalari xususiyatlarining real amaliy vaziyatlarda namoyon bo‘lishini ko‘rsatib berish hamda etakchilik xulqi yondashuvlaridan foydalanib, talabalarning vaziyatga to‘g‘ri baho berish, tahlil qilish va muammoning echimi bo‘yicha mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
O‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:

  • Tashkilotda rahbarning etakchilik sifatlari bilan bog‘liq muammolarni aniqlaydilar, tahlil qiladilar;

  • Etakchilik xulqi yondashuvlari asosida muammoni bartaraf etish yo‘llarini aniqlaydilar va asoslaydilar.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak:
Rahbar, menejer va etakchi tushunchalari, etakchilik sifatlari nazariyalari, etakchilik xulqi konsepsiyalari, ta’sir o‘tkazish, hukmronlik.
Talaba amalga oshirishi kerak:

  • Mavzuni mustaqil o‘rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; g‘oyalarni ilgari suradi; ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o‘rganadi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

Talaba ega bo‘lmog‘i kerak:

  • Kommunikativ ko‘nikmalarga; taqdimot ko‘nikmalariga; hamkorlikda ishlash ko‘nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalariga.

Foydalanish uchun manbalar:
Yo‘ldoshev N.K. Menejment. O‘quv qo‘llanma. T.: TDIU, 2006 y.-150 b.
Maxmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. T., 2006.
Richard L.Daft. Urokiliderstva. – Moska. Eksmo, 2006. – 480 s.

Download 319.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling