N. I. Saidaxmedova Nizomiy nomidagi tdpu "Ta’lim menejmenti" kafedrasi mudiri, I f. d. (DSc), dotsent


Ijodiy uy topshirig‘ini tayyorlash


Download 319.11 Kb.
bet37/46
Sana13.09.2023
Hajmi319.11 Kb.
#1676350
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
UMK Tizimli menejment nazariyasi

Ijodiy uy topshirig‘ini tayyorlash.
Ijodiy uy topshirigi - talabalarda bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkam va barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirishning mustaqil ish shakllaridan biri. Talabalar ijodiy(creative) ishining asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilar ajratiladi: mustaqil ishlashning yuqori darajasi; materialni mantiqan ishlash qobiliyati; mustaqil ravishda, solishtirish, taqqoslash va moddiy umumlashtirish qobiliyati; ba’zi belgi va xususiyatlarga ko‘ra materiallarni tasniflash qobiliyati; tasvirlangan hodisa va voqealarga o‘z munosabatini ifoda qilish qobiliyati; har qanday ishni o‘zi baholay olish qobiliyativa h.k.
Ijodiy topshiriqni rasmiylashtirish
1.Titul
2.Tushuntirish qo‘yozmasi.
3. Topshiriq rejasi.
4. Ijodiy uy topshirig‘ining mazmuniy qismi.
5.Xulosalar
6.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Ilmiy maqola tayyorlash
Ilmiy maqola - echiladigan muammolar (vazifalar) doirasidagi muayyan mavzuga bag‘ishlangan mantiqan izchil to‘liq tugallangan butun ish. Ilmiy maqola bir muncha ahamiyatli natijalarni yoritadi va qoida ko‘ra quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi kerak:



Ilmiy maqola elementlari

Talablar



Annotatsiya

Annotatsiya (100 - 150 so‘z) ilmiy maqolaning mazmunini yoritishi lozim.

Muallif(lar) haqida ma’lumot

Muallif (lar) haqida ma’lumot o‘z ichiga oladi: familyasi, ismi va otasining ismi to‘liq, fakultet nomi, yo‘nalishli va o‘quv dasturi, kurs, guruh raqami

Nomi

Maqolaning nomiiloji boricha qisqa bo‘lishi, kalit so‘ziga ega bo‘lishi va bajarilgan tadqiqotni asosiy g‘oyasini aks ettirishi lozim.

Kirish



Muammo bo‘yicha qisqacha manbalar sharhi, ilgari hal etilmagan savollar keltirilishi, dolzarbligi shakllantirilishi, ishning maqsadi asoslanishi , zarurat bo‘lsa, uning mihim ilmiy va amaliy yo‘nalishlari bilan aloqasi ko‘rsatilishi lozim. Kirish qismida muayyan tushuncha va atamalar qo‘llanilmasligi lozim. Kirish mazmuni mazkur sohaning mutaxassisi bo‘lmagan kishilarga ham tushunarli bo‘lishi kerak.

Asosiy qism



Maqolaning asosiy qismi o‘z ichiga metod apparatura, tadqiqot obekti bayoni va muallif (lar) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar batafsil mazmuninni yoritisha olishi kerak.
Erishilgan natijalar ularning ilmiy yangilik jihatidan muhokama va tegishli ma’lum ma’lumotlar bilan solishtirilishi kerak. Maqolaning asosiy qismi sub-qismlarga bo‘linishi mumkin (tushuntirishli sarlovhasi bilan) va o‘z ichiga shu sub-qismlarga tegishli bo‘lgan masalalarni yechishga bag‘ishlangan so‘nggi nashrlarning tahlilini o‘z ichiga olishi mumkin.

Xulosa

Aniq shakllangan xulosalar bilan yakunlanadi. tugaydi.

Manbalar



Ilmiy maqola tayyorlashda ishlatiladigan manbalar (adabiyotlar, xorijiy nashrlar, jumladan, so‘nggi yillarda ilmiy nashrlarning ro‘yxati ) keltirilishi lozim.

Bundan tashqari, ilmiy nashrlar redaksiyasi talablariga muvofiq, maqola tuzlmasiga shuningdek: UDK indeksi kiritilgan belgi va qisqartmalarning ro‘yxati; ingliz va rus tilida annotatsiya, asosiy tushunchalar va boshqalar. Maqola ilmiy talablarga mos ravishda ilmiy jamoatning etarlicha keng doirasiga qiziqarli bo‘lishi kerak. Nashr uchun tavsiya etilgan material original bo‘lishi ilgari boshqa bosma nashrlarda chop etilmagan zamonaviy ilmiy adabiyot kontekstida doirasida yozilgan, va yangi bilim hosil qilishda yaqqol elementga ega bo‘lishi lozim. Keltirilgan ibora,ism, formula, raqam uchun muallif javobgar.
Maqola rasmiylashtirishda quyiladigan talablar:
Ilmiy maqolaning hajmi (adabiyot ro‘yxati, jadvallar, rasmlarga yozuvlarni o‘z ichiga olgan holda) ilmiy nashrlar sifatida inobatga olgan holda qoidaga ko‘ra kamida 0,35 muallifning qog‘ozi (14 000 bosma belgi, tinish belgi, sonlar, so‘zlar orasidagi bo‘shliqlar, boshqalar)bo‘lishi kerak, qaysi 2 qator oralig‘i (interval) bilan bosma matn sakkiz bet matnga mos keladi. (1,5 qator oralig‘I bilan 5.5 bet). Matn - A4 formatida; SHrift nomi - Times New Roman;shrift hajmi - 14; hamma maydoni 2 sm, 1,5 oralig‘i, otstup (abzas- 1 sm )bo‘lishi kerak.



Download 319.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling