N. I. Saidaxmedova Nizomiy nomidagi tdpu "Ta’lim menejmenti" kafedrasi mudiri, I f. d. (DSc), dotsent
Download 319.11 Kb.
|
UMK Tizimli menejment nazariyasi
MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH SHAKLLARINI TANLASH BO‘YICHA AMALIY TAVSIYALAR Adabiy manbalar bilan ishlash Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy va ommabop adabiyot, davriy nashrlar materiallari va Internet, statistik ma’kumotlar bilan mustaqil ta’lim, bilim olishda eng samarali usullardan biri hisoblanadi, sezilarli darajada axborot olish jarayonini oshirish imkonini beradi, o‘rganilayotgan materialni chuqurroq o‘zlashtirishga hissa qo‘shib, aniq bir masalaga talabalarning munosabatini shakllantiradi. Taqdimotga tayyorgarlik D.N.Ushakov rus tili lug‘atiga ko‘ra,: "taqdimot-bu rasmlar, fotosuratlar, animatsiya va tovushli ma’lumotlarni, taqdim etishningg bir yo‘li". Taqdimot tayyorlash uchun: PowerPoint, MS Word, Acrobat Reader, Latex paketi tavsiya etiladi. Taqdimotlar yaratish uchun eng oddiy dastur - Microsoft PowerPoint. Taqdimot tayyorlash avvvalo , dastlabki ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash kerak. Taqdimot tayyorlash tartibi: 1.Taqdimot maqsadini aniq shakllantirish: siz tomoshabinlar, qiziqtirishni,ishontirishni, biror bir g‘oyalarni fikrlashga undash yoki oddiy rasmiy hisobot qilish. 2. Taqdimoti formati qanday bo‘lishini aniqlash: jonli chiqish (unda uning davomiyligi qanday bo‘ladi) yoki elektron formati (taqdimotning mazmuni qanday bo‘ladi,). 3.Taqdimot uchun barcha muhim qismlarni aniqlab ularni mantiqan ketma-ketlik zanjir ko‘rinishida terib chiqsh. 4.Matn mazmuninig asosiy jihatlarini aniqlash va ularni ajratib ko‘rsatish. 5.Taqdimot tasvirlarining mantiq, maqsad va o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra slaydlarda aks ettirish uchun ularning turlarini aniqlash. 6.Slaydlar dizayni va formatini tanlash (tasvir va matn soni, ularning joylashuvi, rangi va hajmi). 7. Taqdimotning vizual idrokini tekshirish. Vizualizatsiya- turlariga rasmlar, grafiklar, jadvallar kiradi. Illyustratsiya - real mavjud vizual qator haqida tasavvur. Tasvirlar esa aksincha-metafora. Ularning maqsadi - tuyg‘ularni keltirib chiqarish va auditoriyaga ta’sir qilish. YAxshi o‘ylab chiqib va tasavvur qilingan va taqdim etilgan tasvirlar (obrazlar) yordamida axborot insonning xotirasida uzoq vaqt qoladi. Diagramma - miqdor va sifat munosabatlarini vizuallashtirish. Ular ma’lumotlarni ishonchli namoyish qilish mantiqiy fikrlashga qo‘shimcha fazoviy fikrlash uchun ishlatiladi. Jadval - ma’lumotlarni aniq va ko‘rgazmali aks ettirish, ko‘rish. Uning asosiy maqsadi - auditoriya tomonidan ma’lumotlarni oson qabul qilish uchun tarkibiy tuzish. Download 319.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling