Taqdimotlar tayyorlashda amaliy maslahatlar
- alohida tayyorlang: + bosma matn + slaydlar+ tarqatma material;
-slaydlar –minimum matn maksimum tasvirni o‘z ichiga olgan, ma’noli oddiy ko‘rgazmali ma’lumotni visual taqdim etilishi;
-Taqdimotning matnli mazmuni –sabablarni, dalillarni, faktlarni va his-tuyg‘ularni o‘z ichiga olgan og‘zaki nutq yoki o‘qish.
-Tavsiya etilgan slaydlar soni-17-22ta.
Taqdimot uchun muhim ma’lumot: mavzu, taqdimot qiluvchining ismi, sharifi, xabar rejasi, rejasi; aytilganlarning qisqa xulosasi, foydalanilgan manbalarning ro‘yxati;
-tarqatma material jonli chiqishning o‘sha ko‘lam va miqyosni ta’minlab berishi kerak. Insonlar, yo‘qolib ketadigan tasvirlardan ko‘ra, o‘zlari bilan ko‘proq olib ketadigan narsaga ishonishadi, so‘zlar va slaydlar unutiladi, tarqatma material esa doimiy moddiy eslatma bo‘lib qoladi; taqdimot oxirida tarqatma materialning tarqatilishi muhim ahamiyatga ega; tarqatma material slaydlardan ko‘proq axborotga egaligi bilan farq qilishi kerak.
Ma’ruzachi bilishi va qila olishi lozim: yangi ma’lumot haqida xabar berish, texnika vositalardan foydalanish, butun semenar mashg‘ulot davomida to‘g‘ri mo‘ljal olish, munozara qila olishi a berilgan savollarga tez javob berishi belgilangan reglamentni aniq bajarish (10daqiqadan oshmasligi kerak)
Taqdimot qilishning tuzilishi.
Kirish so‘zi o‘z ichiga quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:mavzu nomi, asosiy fikrni xabar qilish, ko‘riladigan savollarning qisqacha sanab o‘tilishi muhim jihatiga urg‘u berishi kerak.
Asosiy qismda taqdimotchi ko‘rilayotgan mavzuning chuqur mazmun mohiyatini ochib berishi kerak. Asosiy qismning vazifasi tinglovchilarni mavzuga qiziqtirish va ular materillar bilan tanishish xohishini uyg‘otish uchun etarlicha ma’lumotlar keltirish.
YAkuniy qism – tinglovchilar tomonidan kutiladigan aniq, tiniq umumlashtirish va qisqa xulosalar.
3.YOzma ishlarni tayyorlashda talabalarga qo‘yiladigan talablar
3.1.Referat va esse tayyorlash
Referat- bir yoki bir necha manbalardan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bir muayyan mavzu haqida yozma hisobot. Referatlar odatda standart tilda "muhim o‘rinni tutadi", "masalalar ta’kidlaydi", "quyidagi xulosalar qilish", "savol paydo bo‘ladi", "muhim", "alohida e’tibor beriladi" kabi jumlalar bilan yoziladi. Referatlarni til va uslubiy xususiyatlariga umumiy Xarakterdagi so‘zlar va iboralar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |