N. I. Saidaxmedova Nizomiy nomidagi tdpu "Ta’lim menejmenti" kafedrasi mudiri, I f. d. (DSc), dotsent


Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi


Download 319.11 Kb.
bet40/46
Sana13.09.2023
Hajmi319.11 Kb.
#1676350
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
Bog'liq
UMK Tizimli menejment nazariyasi

Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgan. Bu tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi kichik, tizimlashtirilgan bo‘lib, o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys vaziyatni tahlil qilish, baholash va qo‘yilgan muammo yuzasidan qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.


KEYS-stadi:
Kirish.
Etakchilik qadimdan insoniyatni etiborini tortib kelgan tushuncha hisoblanadi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, bir xil muvaffaqiyatga erishgan etakchilar turli xususiyatlari bilan ajralib turgan. Bundan tashqari etakchilik xususiyatlarining ro‘yxati juda uzun bo‘lib, amalda hech bir inson bu xususiyatlarga to‘liq ega bo‘lishi mumkin emas. Bugungi kunda rahbar kadrlarning kasbiy, shaxsiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar bilan birga, ularning etakchilik sifatlarining mavjud bo‘lishi katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, boshqaruv faoliyatida xodimlarni samarali mehnat faoliyatiga jalb etish, bir maqsad sari yo‘naltirishda etakchilik sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda ishlab chiqilgan “Keys stadi” ga asoslangan o‘qitish texnologiyasi amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o‘rganilgan o‘quv mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko‘nikmalarini egallashga, ijodiy va o‘rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o‘z-o‘zini nazorat qilishga yordam beradi.
Quyidagi keys– rahbarning xodim yoki jamoaga samarali ta’sir ko‘rsatishi, boshqarishi va ko‘zlangan natijaga erishishning asosiy omili – etakchilik sifatlariga ega bo‘lishi muhim ekanligini ko‘rsatib berishga, boshqaruvni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan jiddiy xatarlar va ularni oldini olish yo‘llarini ishlab chiqishga imkon yaratadi. Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo‘yicha etakchilik sifatlari konsepsiyalari, etakchilik xulqi yondashuvlari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:

  • o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;

  • muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlili jarayonida bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish;

  • mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, xulosa berish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;

  • o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.




Download 319.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling