N. I. Saidaxmedova Nizomiy nomidagi tdpu "Ta’lim menejmenti" kafedrasi mudiri, I f. d. (DSc), dotsent


Download 319.11 Kb.
bet13/46
Sana13.09.2023
Hajmi319.11 Kb.
#1676350
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
UMK Tizimli menejment nazariyasi

2.Boshqaruv tizimida usullarning belgilanishi.
Boshqaruv usuli – maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob’ektga usullar va qo’llanmalar yig’indisi orqali ta’sir etishdir. Usullar ko’pincha metodlar deb ham yuritiladi. «Metod» grekcha so’z bo’lib (methodos) –«qandaydir maqsadga yetish» ma’nosini bildiradi. Boshqaruv metodlari (usullari) orqali boshqaruvning faoliyatlari amalga oshiriladi. Menejment metodi tashkilotning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishda tashkilotning butun faoliyatini tashkil qiladi va ijroni nazorat qilib boradi. Menejment usullarining (metodlarining) ko’pligi va uslubiy yondashishlarning ham ko’pligi aniq boshqaruv vazifalarini belgilashda mazkur usullardan qaysi birini qo’llashni tanlab olishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham mavjud bo’lgan barcha boshqaruv usullarini o’z tavsiflariga binoan guruhlashni, tartibga tushirishni talab qiladi. Usullarning yo’nalishlarga asoslanganligi boshqaruv tizimidagi shakllarni (firma, bo’lim, laboratoriya, kompaniya va h.k.) boshqarishda usul tanlab olishni ta’minlaydi. Tashkiliy shakllar usuli ko’p hollarda boshqaruvda vaziyatlar birdaniga yoki asta-sekinlik bilan o’zgara boshlaganida qo’llaniladi. Bu holatda ham o’sha vaziyatga mos bo’lgan usullarni saralab, tanlab olish zarur bo’ladi. Boshqaruv amaliyotida usullar asosan birdaniga, biryo’la qo’llaniladi. Bu holda qo’llanilayotgan usullar kombinatsiyalashib ketadi. Qayd qilish lozimki, iqtisodiyotda boshqaruv usullarini mazmuni yoki vazifalariga qarab tasniflash haqida standart talablarga javob beradigan ko’rsatma yoki tavsiyalar yo’q. Chunki boshqaruv bir maromda faoliyat ko’rsatmaydi. Bu holat ayniqsa bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda aniq ko’rinadi. Bozor munosabatlari yoki bozor mahsulotlariga iste’molchilarning xohish-istaklari o’zgara boshlashi bilan boshqaruvda ko’plab usullar bir-biriga qo’shilib, bir-birini ba’zida inkor qiladi, ba’zida qo’llab-quvvatlaydi. Bunday vaziyatlarda qo’shimcha usullarni qo’llash ham talab qilinadi. Ta’kidlangan mulohazalardan kelib chiqib, boshqaruvning mukammalligini ta’minlashda hozirgi vaqtda asosan quyidagi boshqaruv usullari ommaviy holda, an’anaviy tarzda qo’llaniladi:
1. To’g’ridan-to’g’ri direktivalarga asoslangan tashkiliy ma’muriy usullar;
2. Iqtisodiy me’yorlashtirishga asoslangan iqtisodiy usullar;
3. Xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo’llaniladigan ijtimoiy – psixologik usullar.
1. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullarida qo’llaniladigan buyruq berish, nazorat qilish, jazolash usullari doimo birini-biri kutib turganidan ko’p hollarda boshqaruvning bu usullarini tanqid qilishadi. Lekin keyingi vaqtlarda ma’lum bo’ldiki, jamoada (har qanday jamoada) tartibni saqlash, ishlab chiqarishdagi tartib, aniqlik, javobgarlikni sezish aynan ana shu – boshqarishning tashkiliy –ma’muriy usullarini qo’llashda namoyon bo’ladi. Bu usulda boshqaruvning ketma-ketligi yoki bir-biri orqali boshqaruvi yo’q qilinadi. Ma’muriyat o’z bo’yrug’i yoki ko’rsatmalari bilan butun bir jamoaning bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi. Lekin, bu usulning kamchiligi shundan iboratki, tashkilot xodimlarining sustligi, befarqligi oqibatida rahbar o’z xizmat vazifalarini, vakolatlarini suiste’mol qilishi mumkin. Shuning uchun ham tashkiliy – ma’muriy boshqaruv usulini qo’llaganda rahbardan tortib to oddiy xodimning huquqlari va imtiyozlari ma’muriyat va jamoa o’rtasidagi mehnat shartnomasida qayd qilinishi lozim. Ma’muriyat boshqaruvida qonun doiralaridan chiqqan vaziyatlarda tashkilot umumjamoa yig’ilishi rahbarga ishonchsizlik bildirishi mumkin.
2. Boshqarishning iqtisodiy usullariga boshqaruvda markaziy o’rin berilganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Menejmentda bu boshqaruv usuli erkin bozor munosabatlari sharoitida juda ko’p hollarda qo’llaniladi. Chunki, tashkilotning barcha a’zosi tashkilot iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidan manfaatdor bo’lishligini juda yaxshi bilishadi. Bu usulni qo’llashdagi eng muhim huquqiy talablardan biri-tashkilotning mustaqil ish yuritishga sharoit yaratilish hisoblanadi. Bunda, asosiy e’tibor mustaqil xo’jalik yuritish boshqaruvida iqtisodiyotni rivojlantirishga asoslangan tadbirkorlikka qaratiladi. Boshqarishning iqtisodiy usullari tashkilot xodimlarining tadbirkorligi, ixtirochilik imkoniyatlarini uyg’otadi, tashabbuskorlikni kuchaytiradi.
Bunday ijobiy holatlarning yuzaga kelishi albatta ma’lum. Chunki, tashkilot tashabbuskorlik, ixtirochilik, yangilikka intilish, tavsiya va takliflarni joriy qilishdan qo’shimcha daromad oladi. Bu qo’shimcha daromad (foyda)ning ma’lum bir qismidan jamoa a’zolari manfaatdor bo’lishadi. Bu boshqaruv tipidagi eng muhim masalalardan biri boshqaruv organi ham mehnat jamoasi ham o’z tashkiloti rahbariyatining faoliyati tashkilotni qanday iqtisodiy rivojlanishga olib kelishni maksimal holda bilishi lozim bo’ladi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy boshqaruv usuli yanada rivojlanadi. Boshqaruvda erkin harakat qilish kengayadi. Xo’jalik hisobidagi ba’zi hisob-kitoblar jarayonidagi cheklovlar barham topadi, iqtisodiy rag’batlantirish natijasida korxonaning har bir xodimi korxona iqtisodiyoti ko’tarilishi natijalariga o’z hissasini qo’shish yo’nalishiga o’tad. Iqtisodiy boshqaruv usulida rejalashtirish, tahlil, xo’jalik hisobi, bahoni belgilash, moliyalashtirish, rag’bat- lantirish tizimi mukammallashtiriladi. Korxonada iqtisodiy –matematik usullarni qo’llash amalga oshiriladi. Bu usullarda ishlash olinadiga natijalarning aniqligiga asoslanish boshqaruvini ta’minlaydi.
3. Boshqaruvning ijtimoiy–psixologik usullari qo’lla- nilganda korxonada mehnat
unumdorligini oshirish albatta xodimlarning ruhiyati holatlariga bog’liq bo’ladi. Boshqaruvda har bir xodimga individual (shaxsan) yondashish korxona oldiga qo’ygan maqsadni bajarishda yagona jamoani shakllantirishda juda qo’l keladi.
Tadqiqotlardan ma’lumki, rahbarning xo’jalikni boshqarish faoliyatidagi yutuqlarining 15 % malakali bilimga ega ekanligi, 85 % odamlar bilan muvaffaqiyatli ishlash qobiliyatiga bog’liq ekan. Yaponiyalik olimlarning tadqiqotlari bo’yicha korxonadagi psixologik muhitning ijobiy yoki salbiyligi jamoaning mehnat unumdorligini 1,5 % ga yoki oshiradi yoki pasaytirib yuboradi.
Ijtimoiy–psixologik boshqaruv usullarining oddiy jihatlariga e’tibor bermaslik jamoada xodimlar o’rtasida nosog’lom muhitning asta-sekinlik bilan kuchayib borishiga sabab bo’ladi, jamoada boshqaruvdan norozi bo’lgan guruhlar shakllanadi, boshqaruv rahbariyati bilan bu guruhlar o’rtasida tortishish, to’qnashish hodisalari yuz bera boshlaydi, xodimlarning bir-biriga o’zaro yordam berishi munosabatlari yo’qola boradi. Natijada boshqaruvning korxona oldiga qo’ygan maqsadlari mehnat unumdorligining pasayishi sababli barbod bo’ladi. Ijtimoiy-psixologik boshqaruv usullarida rahbarning asosiy faoliyati xodimlarning tabiiy xulq-atvorlariga, jamoada ishlashda o’zaro munosabatlariga, shaxsiy manfaatdorlik tushunchalariga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Ijtimoiy- psixologik boshqaruv usulida shaxsning tarbiyalanganlik (oilada) belgilari, muomala darajalari, jamoa bilan hamfikrlik holatlari chuqur o’rganilishni talab etadi. Albatta bu boshqaruv usulida rahbarning bilimli, malakali printsipial xodimlarni rahbarlik lavozimlariga asta-sekinlik bilan ko’tarib borishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 319.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling