N. I. Saidaxmedova Nizomiy nomidagi tdpu "Ta’lim menejmenti" kafedrasi mudiri, I f. d. (DSc), dotsent


Download 319.11 Kb.
bet15/46
Sana13.09.2023
Hajmi319.11 Kb.
#1676350
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
Bog'liq
UMK Tizimli menejment nazariyasi

2-mavzu. Funktsional menejment.
Reja:

  1. Menejmetning turlari va tiplari

  2. Funktsional menejment.

  3. Korxonani boshqarishga funksional yondashuv.



1. Menejmetning turlari va tiplari.
Menejmetning turlari va tiplari. Menejmetning turlariMenejmentning turlari – boshqaruv faoliyati bilan bog’liq vazifalarni hal qiluvchi maxsus yo’nalishlari hisoblanadi. Bu yo’nalishlar ob’ektning belgilari va mazmuni bo’yicha menejmentning tasnifida ajratilgan. Menejment ob’ektning belgilari bo’yicha umumiy va funktsional menejmentga bo’linadi. Umumiy (yoki Bosh, asosiy) menejment tashkilot boshqaruvidagi barcha faoliyatni yoki uning mustaqil xo’jalik bo’limlarini boshqarishni qamrab oladi. Funktsional menejment (yoki maxsus) tashkilot boshqaruv faoliyatidagi aniq bir tarmog’i, sohasi yoki yo’nalishi, bo’limi bilan shug’ullanadi.
Funktsional menejmentning asosiy turlari quyidagilar:
1. Innovatsion menejment.
2. Personal menejmenti.
3. Ta’minot menejmenti.
4. Ishlab chiqarish menejmenti.
5. Sifat menejmenti.
6. Moliya menejmenti.
7. Xalqaro menejment.
8. Marketingli menejment.
9. Investitsiya menejmenti.
10. Strategik menejment.
11. Savdo menejmenti.
12. Ekologik menejment va boshq…

Har qanday tashkilotda umumiy va funktsional menejment tashkiliy birlikda mavjud bo’ladi va menejmentning butun tizimini hosil qiladi. Ularning bir-biriga nisbatlari tashkilot tarkibini rasmiylashtirishga bog’liq hisoblanadi.


1. Strategik menejment.
2. Operativ menejment.
Me’yoriy menejment, tashkilot falsafasini ishlab chiqish va joriy qilishni, uning tadbirkorlik siyosatini, bozordagi raqobatbardoshligini tashkil qilishni aniqlash, tashkilotning umumiy strategik maqsad va vazifalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Strategik menejment, strategiyalar to’plamini ishlab chiqish, ularning vaqt bo’yicha taqsimlanishi, tashkilotning salohiyatli yutuqlarini shakllantirish va ularni joriy qilishning strategik ta’milashini hisobga oladi.
Operativ menejment, taktik va operativ tadbirlarni ishlab chiqishni, tashkilotni rivojlantirishda qabul qilgan strategiyalarini amalda bajarish yo’nalishlarini tashkil qilish bilan shug’ullanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, hozirgacha menejmentning ko’plab turlarini ta’riflashgan. Bu ro’yxat zamonaviy texnologiyalar, xalqaro ilg’or tajribalar, yangi turdagi ishlab chiqarish sohalari, tarmoqlari va yo’nalishlari kelib chiqishi sababli yanada to’ldirilmoqda. Quyida menejmentning hozirgi boshqaruvda ommaviy ravishda qo’llanilayotgan bir necha turlarining mazmuni va mohiyati bilan tanishamiz.
Moliyaviy menejment. Menejmentning ilmiy adabiyotlarida, moliyaviy menejmentning bir qancha ta’riflari mavjud. Quyida ulardan ba’zilari keltirildi:
• Moliyaviy menejment – boshqaruvni moliyaviy shakllantirish tizimini, xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy resurslaridan foydalanish, taqsimlash va tashkilotning
• Moliyaviy menejment – moliyaviy resurslarni jalb qilish va foydalanish bo’yicha har xil sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlar tizimi;
• Moliyaviy menejment – korxonalarning strategik va taktik maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan, moliyaviy resurslar boshqaruvining fani va amaliyoti;
• Moliyaviy menejment – korxonaning mol-mulki va moliyaviy resurslarini boshqarish;
• Moliyaviy menejment – korxonaning moliyaviy oqimlarini boshqarish;
• Moliyaviy menejment – korxonaning zaruriy likvidligini ta’minlash va to’lov balansini quvvatlash maqsadlarida aktivlar va passivlarni boshqarish;
• Moliyaviy menejment – daromad (foyda) ko’rinishlariga aylanayotgan pul munosabatlarini (moliyaviy), xarajatlarni (fondlar, resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash), fondlar va resurslarni samarali nazorat qilishni boshqarish tizimi.
Moliyaviy menejmentning ta’riflaridan ma’lum bo’ladiki, moliyaviy menejment korxonaning pul vositalarining aylanmasini tashkillashtirish, korxonaning moliyaviy resurslarini shakllantirish, foydalanish va taqsimlash, bilan bog’liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, amalga oshirish tamoyillarini, usullarini ishlab chiqish tizimi haqidagi fan hisoblanadi. Strategik menejment. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilishdan ma’lum bo’ladiki, bugungi kunda strategik menejmentning yetarli darajalardagi aniq «tushunchasini» beradigan, yengil tushuniladigan ta’riflari ishlab chiqilgan emas. Chunki, strategik menejmentning hozirgi ta’riflari ham ancha tushunarsiz jarayonlarni, mexanizmlarni o’zining tarkibiga olgan. Strategik menejmentning eng ommaviylashgan ta’riflarini keltiramiz.
Strategik menejment – bu tashkilotni qamrab oluvchi muhit deb tushuniladigan, tanlangan maqsadlardan foydalanish orqali va tashkilotning resurslarini taqsimlash yo’li bilan uzoq muddatdagi samarali reja harakatlariga muvofiq kutiladigan natijalarga erishishdir.
Strategik menejment – bu menejerning tashkilotni uzoq muddatlarda rivojlantirish yo’nalishlarini belgilaydigan, o’ziga xos bo’lgan maqsadlarini, ichki va tashqi tomonlardagi barcha imkoniyatlardan foydalangan hollarda maqsadlarga erishish strategiyasini rivojlantiruvchi va tanlangan rejaning bajarilishini qabul
qiluvchi boshqaruv jarayonidir.

Download 319.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling