N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Ma’lumot/manzil razryadligi (bit)


Download 1.34 Mb.
bet28/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Ma’lumot/manzil razryadligi (bit)

16/24

32/32

32/32

32/32,

64/64

32/32, 64/ 64

32/32,

64/64

Ishchi chastota (MHz)

8

8-33

10-20

33 gacha

66 gacha

66/133

O‘tkazish xususiyati (Mbayt/s)

16

33

76

132

132/264

/528

528/1056

/2112

Ulangan qurilmalar soni (dona)

6

15

15

4

10

1







Shaxsiy kompyuter tashqi shinalarining turi tashqi qurilmalarning turli-tumanligi sababli juda ko‘pdir.

IDE (Integrated Drive Electronics), ATA (AT Attachment-AT ga ulanadigan), EIDE (Enhanced IDE), SCSI (Small Computer System Interface) tashqi shinalaridan ko‘pincha tashqi saqlash qurilmalari uchun interfeys sifatida foydalaniladi.

ATA interfeysi Integrated Drive Electronics nomi bilan ham mashhur bo‘lib, 1988-yilda IBM PC AT shaxsiy kompyuterlari- ning foydalanuvchilariga taqdim qilindi. U bitta jamlagichning hajmini 504 Mbaytgacha (an’anaviy BIOS da manzillar mako- nini «kallak - sil indr - sektor» tashkil qilinishi sababli: 16 ta kallak x 1024 ta silindr x 63 ta sektor x sektorda 512 bayt = 504 Kbayt = 528 482 304 bayt) chegaralaydi va ma’lumotlar uzatish tezligini nazariy jihatdan 5-10 Mbayt/s ta’minlaydi.

ATA/IDE interfeyslarining modifikatsiyalari va kengaytmalari juda ko‘p. Turli raqamli ATA, Fast ATA (bu ham raqami bilan), Ultra ATA (bular ham bir nechta) va EIDE interfeyslari mavjud. Shuningdek, ATARX, DMA protokollarini qo‘llaydigan IDE in­terfeyslari ham mavjud. Bu keltirilgan nomlarning ko‘pchiligi rasmiy tasdiqlanmagan bo‘lib, savdo markasi bo‘lgan, shunga qaramasdan adabiyotlarda tez-tez uchrab turadi. Nomlarning bunday ommalashuvi hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuterlarda qo‘llanilayotgan disk interfeyslarining 90 foizi IDE toifasiga te- gishlidir. Ba’zi modifikatsiyalarni qisqacha ko‘rib chiqamiz.

Fast ATA-2 yoki Enhanced IDE (EIDE - kengaytirilgan IDE) kallak, silindr va sektorning raqamlari bo‘yicha an’anaviy (ammo kengaytirilgan) manzillashdan foydalangandek, mantiqiy bloklarni (Logic Block Address - LBA) manzillashdan ham foy- dalanadi, 2500 Mbayt gacha disk hajmini va 16,7 Mbayt/s gacha almashuv tezligi qo‘llab-quvvatlaydi. ATAPI standartini qo‘llab- quvvatlaydigan EIDE adapteriga to‘rttagacha jamlagichlarni ulash mumkin, shu jumladan CD-ROM va magnit lentali axborot tashuvchini ham ulash mumkin.

ATAPI (ATA Package Interface) - bu ATA interfeysiga faqat qattiq diskni emas, balki CD-ROM diskovodini, strimer va skaner- ni ulash uchun yaratilgan standart. ATA-3 va Ultra ATA interfey- sining versiyalari katta hajmdagi disklarga xizmat ko‘rsatadi va 33 Mbayt/s almashuv tezligiga ega, qurilmalarga o‘zining nosoz- ligi haqida va boshqa bir qator servislar haqida xabar berish im- konini beruvchi SMART (Self Monitoring Analysis and Report Technology - tahlil va hisobotni mustaqil ravishda kuzatadigan texnologiya) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. UDMA/66 va UDMA/100 protokoli bo‘yicha ATA/ATAPI-5, ATA/ATAPI-6 interfeysining zamonaviy versiyalari mos ravishda 66 va 100 Mbayt/s gacha bo‘lgan eng yuqori o‘tkazish tezligini ta’minlaydi.

SCSI shinasi (Small Computer System Interface - kichik kompyuterlarning tizim interfeysi) ANSI (American

National Standarts Institute - Amerika standartlar instituti) tomonidan 1986-yili standartlashtirilgan edi. Interfeys turli sinflarga mansub bo‘lgan qurilmalarni, ya’ni xotira to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ketma-ket foydalanadigan, CD-ROM bir marta va ko‘p marta yoziladigan optik disklar, axborot tashuvchilarini avtomatik almashtirish qurilmalari, printerlar, skanerlar, komunikatsion qurilmalar va protsessorlarni ulash uchun mo‘ljallangan. SCSI (SCSI Device) qurilmasi bo‘lib, SCSI shinasini kompyuterning biror-bir ichki shinasi bilan ulab turuvchi xost-adapter ham, maqsadli qurilmaga SCSI shinasiga ulanish imkonini beruvchi kontrolleri-target controller ham hisoblanadi. Shina nuqtayi nazaridan barcha qurilmalar teng xuquqli bo‘lishi mumkin va shu bilan birga ham almashtirish tashkilotchisi, ham maqsadli qurilma hisoblanadi, lekin ko‘pincha tashkilotchi vazifasida xost- adapter qatnashadi. Bitta kontrollerga bir necha periferiya qurilmalari ulanishi mumkin, ularga nisbatan kontroller ham ichki, ham tashqi bo‘lishi mumkin. Ichiga SSSI kontrollerlari o‘rnatilgan periferiya qurilmalari keng qo‘llaniladi, ularga qattiq disklardagi to‘plagichlar, CD-ROM, strimerlar kiradi.

SCSI ning uchta versiyasi keng tarqalgan: SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3. SCSI kompyuterning sakkizta qurilmagacha qo‘llab- quvvatlaydigan tizim shinasining soddalashtirilgan variantidir. SCSI-1 interfeyslari 8 bitli shinaga ega; SCSI-2 va SCSI-3 - 16 yoki 32 bitli bo‘lib, katta quvvatli server-mashinalarda va ishchi stansiyalarda foydalanishga mo‘ljallangan.

  1. Tashqi portlar

Tashqi qurilmalarni ulash uchun kiritish/chiqarish kontroller- larining ketma-ket va parallel portlari ishlatiladi, odatda, ularning razyomlari kompyuterning orqa panelida joylashtirilgan. Portlar ma’lumotlarni bir yo‘nalishda uzatishni (simpleks ish tartibi), yo‘nalishlarni qayta ulashni (yarim dupleks ish tartibi) va har


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling