N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


IEEE 1394 (Institute of Electrical and Electronic Engineers 1394


Download 1.34 Mb.
bet31/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

IEEE 1394 (Institute of Electrical and Electronic Engineers 1394 - elektrotexnika va elektronika bo‘yicha injenerlar instituti standarti 1394) - bu kompyuterning ichki komponentlarini va tashqi qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan yangi va istiqbolli interfeysdir.

IEEE 1394 Fire Wire, ya’ni «olovli sim» nomi bilan ham mashhur. Fire-Wire raqamli ketma-ket interfeys yuqori ishonchlilik va ma’lumotlarni uzatish sifati bilan xarakterlanadi, uning protokoli vaqtning real masshtablarida sezilarli buzilishlarsiz video- va audiosignallarni o‘tishini ta’minlash bilan axborotlarni vaqt bo‘yicha kafolatlangan uzatilishini quvvatlaydi. Fire­Wire shina yordamida Plug and Play texnologiyasi bo‘yicha va deyarli istalgan konfiguratsiyalardagi ko‘p sonli turli qurilmalarni bir-birlariga ulash mumkin, bu bilan u avval aytilgan qiyin konfiguratsiyalanadigan turdagi shinalardan foydali farqlanadi. Bitta kontrollerga yaxlit oltita simli kabel yordamida bitta portga 63 tagacha qurilmalar ulanishi mumkin. Interfeysning o‘tkazish xususiyati 100-400 Mbit/s ni tashkil yetadi, kelajakda hatto 1600 Mbit/s ga yetishi kutilmoqda. Bu interfeys qattiq disklarni, CD- ROM va DVD-ROM diskyurituvchilarni, shuningdek, raqamli videokomeralar, videomagnitafonlar kabi yuqori tezlikli tashqi qurilmalarni ulash uchun ishlatiladi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling