N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Uch oMchamli obyektlarni skanerlash


Download 1.34 Mb.
bet72/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Uch oMchamli obyektlarni skanerlash. Epson Perfection V10 skanerida qo‘llaniladigan CCD texnologiyasi katta darajadagi aniqlikni ta’minlaydi, bu esa nafaqat yassi originallarni (hujjatlar, fotosuratlar va h.k. lar), balki uncha katta bo‘lmagan buyumlarni ham skanerlashni ta’minlaydi. Bunda, buyumni fotosuratga olib, uning fototasmasini yoki fotosuratini skanerlagandan ham yuqoriroq sifatga erishiladi.

Grafik planshet (digitayzer) - foydalanuvchining qo‘l harakati orqali grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beruvchi qurilma. Digitayzerlar planshetning koordinatalar tizimiga bog‘langan nuqtaning aniq koordinatalarini kiritish imkonini beradi. Digitayzerlarning dastlabki modellari planshetga biriktirilgan chizmaning koordinata nuqtalarini kiritish imkonini bergan. Buning uchun ular «optik nishon»li manipulator va bir necha tugmalar bilan jihozlangan. Tugma bosilishi bilan digitayzer joriy koordinata nuqtalarini uzatadi, grafik ilovalarda bu koordinata nuqtalari grafik soddaliklarni chizish uchun qo‘llaniladi. Zamonaviy digitayzerlar qalam bilan ham jihozlangan. Bu qalam yordamida tasvirlarni chizish (yozish) va quyuqlashtirish mumkin. Planshet tarkibida oddiy ishlashi ham mumkin bo‘lgan maxsus sichqoncha bo‘lishi mumkin. A3-A6 formatdagi planshetlar keng tarqalgan, katta formatli planshetlarning narxi qimmat, ammo chizish va quyuqlashtirish uchun kichik formatli planshetlar qulay hisoblanadi. Planshetlar yuqori tiniqlik berishni (1000, 2540 dpi va undan yuqori), 0,1­0,2 mm xatolikni ta’minlaydi. Qalamlar 256 tagacha va undan yuqori bo‘lgan gradatsiylarni ajratadi, ulanish interfeysi esa SOM-port yoki USB shinasi orqali amalga oshiriladi.

Planshetlarning ichki qurilmalari turlicha bo‘lishi mumkin. Agarda planshet antennani qabul qiluvchi matritsaga ega bo‘lsa, u holda ko‘r- satkich batareyka yoki elektr kabeli orqali oziqlanuvchi elektromagnit signallar generatori ko‘rinishida bo‘ladi. Teskari konstruksiya bo‘lishi ham mumkin, bunda uzatuvchi antennalar planshetda, qabul qiluvchi

esa qalamda joylashgan bo‘ladi. Sensor panelli planshetlar qalam- ning mexanik ta’sirini qabul qiladi. Cho‘ntak ShK larda suyuq krisstalli ekran bilan birl ashtirilgan sensorli panellar biriktirilgan grafik ma’lumotlarni va qo‘lda yozilgan matnlarni kiritishning asosiy qurilmalari hisoblanadi.


4.19-rasm. Grafik planshetning ko‘rinishi.


Elektr planshetlarda elektr potensial to‘rning mahalliy o‘zgarishi ko‘rsatgich ostida qayd qilinadi, elektromagnit planshetlarda ko‘rsatgich to‘r qabul qiladigan elektromagnit signalni chiqaradi.

Planshetning jismoniy tiniqlik berish xususiyatining chegarasi qayd qiluvchi to‘rning ma’lumotlarni o‘qish qadami bilan belgilanadi. Digitayzer aniqligi uning konstruktiv xususiyatlariga bog‘lik va millimetrning yuzdan to o‘ndan bir qismigacha bo‘lgan oraliqda bo‘lishi mumkin.

Quyida yarim avtomatlashtirilgan planshetlarga misollar keltirilgan:

Graphic Master CC45 digitayzeri (Numonics firmasi), planshet ekrani maydoni 12x18 dyuym, 0,1 mm zichlikda, 4 ta tugmali koordinata ko‘rsatgichi mavjud;

Dextra Point DD-1212 digitayzeri (Dextra firmasi), planshet ekrani maydoni 12x18 dyuym, zichligi ldyumga 100-1000 chiziq, imeetsya 4 ta tugmali koordinata ko‘rsatgichi mavjud;

Drawing Board digitayzer (Calcomp firmasi), planshet ekrani maydoni A4 formatga mos keladi, zichligi 240 dpi, kompyuter bilan RS-232 interfeysi orqali ulanadi.

Digitayzerlar uchun ko‘rsatgich qurilmasi sifatida, odatda, 2-4 tugma bilan ta’minlangan qalamdan foydalaniladi. Qalamlar 256 tagacha chiziq qalinligida ranglarni va ularning farqlarini qabul qilishi mumkin. Ko‘rsatgich qurilmalarining (qalam va kursor) imkoniyatlaridan samaraliroq foydalanish uchun ShK da mos keluvchi amaliy dasturlar (masalan, Adobe PhotoShop, Autodesk) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

    1. Maxsus dasturiy ta’minotni o‘rnatish

Skanerning ishini boshqarish uchun drayver deb nomlanuvchi muvofiq dastur kerak bo‘ladi. Yaqin vaqtlargacha skanerlar uchun mo‘ljallangan har bir drayver o‘zining shaxsiy interfeysiga ega edi. Bugungi kunda skanerlar uchun TWAIN standarti mavjuddir.

TWAIN - bu amaliy dastur bilan tashqi qurilmalarning o‘zaro ma’lumot almashishini ta’minlaydigan standard. Bu standart skanerdan ma’lumotlarni olishni talab qilgan ilovani va skanerni bog‘lab turuvchi dasturiy drayverning vazifalarini izohlab beradi. Barcha yirik skaner ishlab chiqaruvchi kompaniyalar skaner va amaliy dasturlarning bir-biriga mos kelishini ta’minlash uchun majburiy holda TWAIN standartini qo‘llaydilar.

TWAIN spetsifikatsiyasini yaratishdan asosiy maqsad moslikni ta’minlash muammosini yechish, ya’ni turli xil kiritish qurilmalarini ixtiyoriy dasturiy ta’minot bilan oson birlashtirish edi. Aniqroq aytganda, bir necha asosiy savollarga javob beradi: birinchidan, kompyuterlarning turli platformalarini

quvvatlash; ikkinchidan, turli qurilmalarni (turli skanerlar va videoni kiritish qurilmalari bilan birga) quvvatlash; turli


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling