N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet54/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Ma’lumotlar



  1. rasm. NTFS tizimdagi fayl ma’lumotlariga kirish.

NTFS tizimi tarkibida bir necha oqimlar bo‘lgan fayllardan foydalanish imkonini beradi. Mana shu oqimlardan biri asosiy hisoblanadi. Masalan, diskga boshqa fayl tizimidagi fayl nusxalanganda, faqat asosiy oqim qayta yoziladi. Lekin agar faqat NTFS tizimidan foydalanilgan bo‘lsa, fayl qo‘shimcha ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

Fayl tizimlarini solishtirish. FAT 16 fayl tizimi kichik sig‘imdagi disklar uchun optimal bo‘lib qolmoqda. U eng tez bo‘lgani uchun, unga o‘lchami mos keladigan disklarda bo‘sh qolgan klasterlar hisobiga maydon yo‘qotishlardan voz kechish imkoni bo‘lsa, ishlatilishi mumkin. Shuningdek, bu tizimdan turli xil operatsion tizimlar foydalanayotgan disklarda qo‘llashga to‘g‘ri keladi, masalan, ko‘p tizimli kompyuterlarda.

Katta o‘lchamli disklar uchun FAT32 yoki NTFS tizimlari qo‘llaniladi, bunda tanlash muammosi birinchi darajada turmaydi. Windows 95/98/Me oilasi operatsion tizimlari faqat FAT32 ni qo‘llaydi. Windows NT/2000/XR oilasi uchun ko‘plab operatsion tizimlar vositalari foydalanish uchun optimallashgan NTFS tizimi «qadrdon» hisoblanadi. Bu holda FAT32 tizimini qo‘llanilishi moslashuvchanlik talablari bilan belgilanadi.

«Issiqxona» sharoitlarida NTFS fayl tizimi yanada sama- ralidir. Birinchidan, NTFS tizimida fayl operatsiyalarining ishonchliligi yuqoridir. Diskga yozish tizimi shunday tashkil qilinganki, fayl tizimida mantiqiy xatolarning vujudga kelishi

mustasno. Tizim hatto to‘satdan elektr manbayi o‘chib qolganida ham kelishmovchilikdan kafolatlangan. Bunda oxirigacha olib borilmagan har qanday operatsiyani «yurgizish» imkonini beruvchi, tranzaksiyalar mexanizmidan ifoydalanish yo‘li bilan erishiladi. Ikkinchidan, NTFS fayl tizimi katta o‘lchamdagi kataloglar va katta ma’lumotlar hajmi bilan samarali ishlaydi. Aksincha, kichik hajmdagi disklar bilan ishlash samaradorligi katta emas. Bunda tezkor xotiraga bo‘lgan talablar juda katta: agar kompyuter xotirasi hajmi 128 Mbaytdan oshmasa, NTFS afzalliklaridan to‘liq hajmda foydalanib bo‘lmaydi.

FAT32 va NTFS fayl tizimlarida fayllarni fragmentat- siyalashning ta’siri nihoyatda jiddiy. Fragmentatsiyalash bilan belgilangan unumdorlikning pasayishi, FAT 16 tizimiga qaraganda yuqori, garchi bu avvalambor, ma’lumotlar hajmining o‘sishi bilan bog‘liq. Ayniqsa, qismlash muammosi NTFS tizimidan foydalanganda vujudga keladi. Kataloglarga disk maydonining kattagina hajmi ajratilganligi uchun, kataloglarni ham qismlash mumkin. Garchi NTFS tizimi qismlangan ma’lumotlar bilan deyarli qo‘shimcha xarajatlarsiz uddalagan bo‘lsa ham, qattiq disk o‘qish/ yozish moslamasi holatiga o‘tish bo‘yicha mexanik operatsiyalar bari bir ma’lumotlardan foydalanish tezligini kamaytiradi.

Windows NT/2000/XP oilasi operatsion tizimlari tarkibiga kiritilgan standart defragmetatsiyalash algoritmi optimal emas.

    1. Qattiq diskni o‘rnatish


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling