IDE vinchesterini o‘rnatish. Tizimli platada vinchesterni ulash uchun IDE-interfeysli bitta yoki ikkita 40 kontaktli
razyom mavjud. Ulash jarayoni 3.8-rasmda ko‘rsatilgan. Kabeldagi birinchi simni va tizimli platadagi razyomning birinchi kontaktining mosligini albatta tekshiring.
Bitta vinchesterni o‘rnatishda shleyfni birinchi IDE- interfeysga ulash kerak. Ikkinchi IDE-interfeysga qoidaga ko‘ra kompakt-disk uzatmasi (privod) ulanadi.
63
3.8-rasm. Tizimli plataga IDE shleyfining ulanishi.
Barcha zamonaviy vinchesterlar uchun 80 ta simli shleyf ishlatish talab qilinadi. Vinchester 40 ta simli shleyfni qo‘llasa, maksimal mumkin bo‘lgan tezlik bilan axborotni yubora olmaydi.
Vinchesterni o‘rnatishda birinchi bo‘lib, uning ish tartibini, ya’ni Master yoki Slave (Cable ish tartibi nihoyatda kam ishlatiladi)ni o‘rnatish kerak. Yagona tizim vinchesteri uchun Master ish tartibi o‘rnatiladi. 3.9-rasmda pinset yordamida vinchesterning ishlash tartibini aniqlovchi jamper o‘rnatilishi ko‘rsatilgan. Jamperlar kombinatsiyasining sxemasi har doim vinchesterning germobloki qopqog‘ida yoki hujjatlarida keltiriladi.
rasmda ko‘rsatilganidek, vinchesterga elektr manbayi razyomi va interfeysli shleyf ulanadi. Deyarli har doim shleyfning birinchi simi (qizil yoki qora rang) manba razyomiga yaqin turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |