NTFS fayl tizimi. NTFS fayl tizimi (NTFile System - Windows NT fayl tizimi) Windows NT operatsion tizimi uchun yaratilgan. NTFS tizimida bo‘limning umumiy hajmiga jiddiy cheklanishlar yo‘q. Unda klaster o‘lchami va bo‘lim o‘lchami o‘zaro bog‘langan emas. Hajm jihatdan eng katta qattiq diskda klaster sektorga, ya’ni 512 baytga teng bo‘lishi mumkin.
NTFS tizimi FAT jadvali o‘rniga MFT (MasterFile Table - fayllarning umumiy jadvali) jadvalidan foydalanadi. Uni fayl sifatida qabul qilish mumkin. U o‘ziga qo‘yilgan murojaatni qo‘shgan holda mantiqiy disk fayllarining to‘liq katalogini o‘z ichiga oladi. MFT jadvali qayd qilingan o‘lcham yozuviga bo‘lingan (odatda 1 Kbayt). Har bir shunday yozuv alohida faylga to‘g‘ri keladi. MFT jadvali uchun disk boshidan hisoblangan maydonning qayd qilingan bo‘lagi (12%) ajratilgan. Diskning bu qismiga begona axborotlar yozilishi ta’qiqlangan. Shu sababli MFT jadvali qismlanishdan himoyalangan.
Uncha katta bo‘lmagan o‘lchamdagi fayllar bevosita MFT jadvalida xizmat ma’lumotlaridan so‘ng, ya’ni blok oxirida
saqlanadi. Faylning MFT jadvaliga sig‘magan tarkibi ma’lumotlar oqimi ko‘rinishida taqdim etilgan. Ma’lumotlar oqimi joylashuvi haqidagi axborot, shuningdek, ushbu faylga tegishli bo‘lgan MFT yozuvida saqlanadi (3.7-rasm).
MFT kengaytmasi uchun
rezervlangan maydon
Do'stlaringiz bilan baham: |