Diskda bo‘limlarni tashkil qilish. Qattiq diskda yaratilgan bo‘limlar turli xil fayl tizimlarining quvvatlanishini ta’minlaydi, ulardan har biri diskning ma’lum bo‘limida joylashadi.
Har bir fayl tizimida klasterlar yoki xotiraning yagona bloklari deb ataladigan, mantiqiy element bo‘yicha fayl egallaydigan maydonni taqsimlashga imkon beradigan aniq bir usuldan foydalaniladi. Qattiq diskda bo‘limlar soni bittadan to‘rttagacha bo‘lishi mumkin, ulardan har biri bir yoki bir necha tipdagi fayl tizimlarini quvvatlaydi.
Bo‘limlar yaratilgandan so‘ng operatsion tizim vositalari yordamida yuqori darajali formatlashni bajarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |